XORAZM | Ixtisoslashtirilgan maktablar
1.6K subscribers
19.4K photos
1.27K videos
32 files
5.92K links
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligiga qarashli XORAZM viloyatidagi ixtisoslashtirilgan maktablar telegram sahifasi

facebook.com/ima.xorazm
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Bahor_keldi_seni_soʼroqlab
#Zulfiyaxonim_108

💠 Bog'ot tuman ixtisoslashtirilgan maktabi 6-B sinf o'quvchisi Sultonova Oysanam tomonidan ijro etilgan Zulfiyaxonimning quyidagi she'rini siz azizlarga taqdim etamiz.

🌐 Telegram | Facebook
#New_Uzbekistan_University

✳️ Bugun Urganch shahridagi 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatida "Yangi O'zbekiston" universiteti xodimlari Murodbek Islomov va Javohir Saidibragimovlar tomonidan targ‘ibot dasturi o'tkazildi.

⚡️Tadbirni Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi Xorazm viloyati hududiy bo'limi boshlig'i Sarvar Abdullayev kirish so'zi bilan ochib berdi.

💢 Universitetga iqtidorli o'quvchilarni jalb qilish, muassasa faoliyati bilan o'quvchilarni tanishtirish maqsadida tashkil qilingan ushbu uchrashuv davomida o'quvchilar ulkan marralarni zabt etishda poydevor boʻla oladigan ta'lim maskani faoliyati toʻgʻrisida muhim ma'lumotlarga ega boʻlishdi.

♻️ Uchrashuv qizg'in kechdi va bitiruvchilar o'zlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javob oldilar. Eng faollarga esdalik sovg'alari topshirildi.

📍Bugungi tadbir viloyatning 9 ta hududidan jamlangan bitiruvchilar uchun o'tkazildi. Targ'ibot dasturi ertaga Xiva shahridagi Prezident maktabida bo'lib o'tadi.

🌐 Telegram | Facebook
#Bahor_ilhomlari

BAHORGA ALYOR

Bahor, sening kelganing rostmi?
Boshqachadir tongning sururi.
Zamin uzra taralgan ifor,
Boshqachadir yurak huzuri.

Bahor, sening kelganing rostmi?
Bo‘lib masrur baxtga belanchak.
Seni intiq kutgan dillarda,
Ko'ngillarda gul ochsin chechak.

Bahor, sening kelganing rostmi?
Nega ketding buncha hayallab.
Ag‘yorlaring qishmidi, yozmi?
Yo qadringni sezding ataylab.

Bahor, sening kelganing rostmi?
Og'ir izlar qoldi ortimda.
Unutaylik kelgin barini,
O‘chsin sitam damlar yodimdan.

Bahor, sening kelganing rostmi?
Yo‘qolmasin dillarning shahdi,
Tugamasin illo hech qachon.
Yashash ishqi, yashamoq zavqi!

Bahor, sening kelganing rostmi?

01.03.2023

® Xorun Muso,
Ogahiy nomidagi ijod maktabining tarbiyachi-pedagogi

🌐
Telegram | Facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Biz_sen_bilan_Turkiya

🇹🇷 Turkiyada bo'lib o'tgan kuchli zilzila va uning qoldirgan vayronasi barcha yuraklarni larzaga keltirdi. Turk qardoshlarimiz bu tabiiy ofat tufayli farzandidan, ota-onasidan, yaqinlaridan ayrildi. Uysiz, boshpanasiz qolishdi...

♦️ Xiva shahar 2-son ixtisoslashtirilgan maktabi jamoasi va o'quvchilari Turkiya xalqiga o'z hamdardligini bildirgan holda ushbu rolikni tayyorlashdi.

Marhamat, tomosha qiling.

🌐
Telegram | Facebook
Xiva shahridagi Prezident maktabi oʻquvchisi “Ibrat tillar” loyihasida ishtirok etib qaytdi

⚡️ Maktabning 11-"Green" sinf oʻquvchisi

Abrorbek Niyazmetov “Ibrat tillar” oromgohiga
(Ibrat Language Camp) yoʻllanmani qoʻlga kiritib, bir hafta davomida Toshkent viloyati Boʻstonliq tumanida boʻlib oʻtgan loyihada ishtirok etdi.

📌Maʼlumot uchun, ishtirokchilarni loyihaga qabul qilish ikki bosqichli sinov asosida amalga oshiriladi.

🌐 Telegram | Facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Zulfiyaxonim_108

📹
Yangibozor tumani ixtisoslashtirilgan maktabi o'quvchilari Zulfiya tavalludining 108 yilligi munosabati bilan tayyorlagan nazmiy videolavha.

⚜️Maktab qizlaridan ham Zulfiyaxonimdek go'zal qalb egalari chiqishini tilab qolamiz.

🌐 Telegram | Facebook
#Dars_jarayoni

🇸🇱 Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Urganch shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatida ochiq darslar haftaligi davom etmoqda!

🔰1-mart kuni biologiya fani o'qituvchisi Nina Qalandarova 8-03 sinf o'quvchilariga "Vitaminlar" mavzusida ochiq dars o'tdi.

💬 Dars "Biz sog'lom turmush tarzi tarafdorimiz" shiori ostida o'tdi.

📌 Yangi mavzu rolli o'yinlar orqali yoritib berildi. Darsning mustahkamlash qismida Word wall dastur asosida o'quvchilar viktorina o'yin mashqlarini bajarishdi.

🔗 Dars yakunida "Sizda avitaminoz bormi?" testi o'tkazilib, natijalarga qarab, o'qituvchi tomonidan tavsiyalar berildi.

🌐 Telegram | Facebook