XORAZM | Ixtisoslashtirilgan maktablar
1.58K subscribers
19.6K photos
1.3K videos
32 files
5.98K links
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligiga qarashli XORAZM viloyatidagi ixtisoslashtirilgan maktablar telegram sahifasi

facebook.com/ima.xorazm
Download Telegram
⚡️ Diagnostik test sinovlari yo‘lga qo‘yildi

Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari formatidagi namunaviy test topshiriqlari asosida diagnostik test sinovlari yo‘lga qo‘yildi.

📚 Diagnostik test sinovlari orqali abituriyentlar o‘z bilimlarini sinab ko‘rishlari va test materiallari (test topshiriqlari kitobi va javoblar varaqasi) bilan ishlash ko‘nikmasiga ega bo‘lishlari mumkin.

📍 Diagnostik test materiallari har hafta barcha hududlarga yetkaziladi va talabgorlar test materiallarini agentlikning hududlardagi vakillaridan olib ketishlari mumkin bo‘ladi.

👨🏻‍💻 Mazkur xizmatdan foydalanish istagini bildirgan talabgorlar my.dtm.uz sayti orqali diagnostik test materiallariga buyurtma berishlari mumkin.

Bilimni baholash agentligining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Loyiha_ishi
#Bobur_540_yilligi

📹 Urganch shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati 5-01 sinf o'quvchilari tomonidan Adabiyot fanidan "Loyiha ishi" bo'yicha "Zahiriddin Muhammad Bobur ruboiylarini oilada o'rganamiz" mavzusida tayyorlangan videorolik.

🌐 Telegram | Facebook
#Adabiy_tadbir
#Omon_Matjon_80_yilligi
#Matnazar_Abdulhakim
#Jarayon

XORAZM SO‘Z DARG'ALARI ADABIY TADBIRI O‘TKAZILDI

🔸 Fevral oyi umuman olganda adabiyot bayrami, so‘z bayrami desak yanglishmagan bo‘lamiz. Qadimdan o‘z an’analari, madaniy o‘chmas merosiga ega bo‘lgan vohada, so‘zning qanday ulug‘ kuchga ega ekanligini ko‘rsata olgan, Muhammad Erniyozbek o‘g‘li Ogahiy bobomizning yuksak salohiyati, uning ijodiy kamoloti orqali ongu shuurimizga kirib borgan.

🔹Ogahiy bobomizdan so‘ng Xorazm adabiy muhitida o‘chmas iz qoldira olgan Omon Matjon va Matnazar Abdulhakim kabi mangulik timsoli bo‘lgan darg‘alarimizni har qadamda xotirlash, ularni e’zozlash har birimizning burchimizdir.

🔻Joriy yilning 17-fevral sanasida o‘z nomi bilan adabiyotga daxldor bo‘lgan Ogahiy nomidagi ijod maktabida Omon Matjon va Matnazar Abdulhakim tavalludi munosabati bilan “Xorazmning so‘z darg‘alari” nomli adabiy tadbir o‘tkazildi.

➡️ Ushbu tadbirga Xiva shahar hokimining o‘rinbosari Jaloliddin Sharipov, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Xorazm viloyat bo‘limi rahbari Gavhar Ibodullayeva, Xorazm Ma'mun akademiyasi ilmiy xodimlari, Milliy gvardiyasi Qo‘riqlash Xiva shaharlararo boshqarmasidan bir guruh xodimlar, Respublika ma'naviyat va ma'rifat markazi Xiva shahar bo‘linmasi xodimlari, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a'zosi publitsist, yozuvchi Shuhrat Matkarimov, shoir Matnazar Abdulhakimning farzandi Muzaffar Abdulhakimovlar ishtirok qildilar.

🔶 Tadbir avvalida hokim o‘rinbosari Jaloliddin Sharipov so‘zga chiqib ikki zabardast shoirimizning yuksak ijodiy fazilatlari haqida gapirib o‘tdi.

❇️ Shundan so‘ng adabiy tadbirda maktab o‘quvchilari tomonidan tayyorlangan sahna chiqishlari, ijodkorlarning ijod namunalaridan she'rlar taqdim qilindi. Ayniqsa, Omon Matjon qalamiga mansub "Ardaxiva" dramasi va Matnazar Abdulhakimning "Darsdan so‘ng" she'ri asosida sahnalashtirilgan chiqishlar tomoshabinlarda katta taassurot qoldirdi.

🔘Tadbir davomida maktab direktori Rasulbek Raximov, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Xorazm viloyat bo‘limi rahbari Gavhar Ibodullayeva, publitsist Shuhrat Matkarim, Muzaffar Abdulhakimov va filologiya fanlari nomzodi, Ogahiyshunos olima Madina Matyoqubovalar tadbir haqida va Xorazm adabiyotining yetuk darg'alari bo‘lmish ikki shoir hayoti haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdilar.

🎼 Tadbir yakunida maktabning musiqa to‘garagi rahbarlari tomonidan tayyorlangan musiqiy chiqish taqdim qilindi.

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram|
#Bu_fakt

😊 Bugungi kunda ijtimoiy tarmoqlarda va messenjerlarda kundalik muloqotda foydalaniladigan smayllar 40 yillar avval paydo bo’lgan.

🔺Dastlabki smaylning tarixi juda oddiy. 1979-yilda elektron tarzda uzatilgan hissiyotni aks ettiruvchi belgi Kevin Makkenziga tegishli. U quyidagi ko’rinishda bo’lgan -)

🔻U odam qiyofasiga kam o’xshagani uchun uchun, oradan uch yil o’tib, 1982-yilda Skott Falman yaratgani mana bu ko’rinishda bo’lgan :–)

✔️ Shu smayl me’yor bo’lib qolgan. Demak, Smaylning muallifi dasturchi Skott Falman hisoblanadi.

🌐 Telegram | Facebook
⚡️ Nufuzli xalqaro olimpiadalarga saralashning ikkinchi bosqichiga start berlmoqda. 

Xorazm viloyatidan 5 nafar o‘quvchi  (shulardan bir nafari Bog‘ot tumani ixtisoslashtirilgan maktabi o'quvchisi) mazkur olimpiadada
ishtirok etmoqda.

🔻Quyidagi havola orqali jarayonni to'liq onlayn tarzda kuzatib borishingiz mumkin.

https://youtube.com/video/DHk5hjmpfmI/livestreaming