XORAZM | Ixtisoslashtirilgan maktablar
1.58K subscribers
19.6K photos
1.3K videos
32 files
6K links
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligiga qarashli XORAZM viloyatidagi ixtisoslashtirilgan maktablar telegram sahifasi

facebook.com/ima.xorazm
Download Telegram
#Bu_fakt

✔️ Matematikaga oid qiziqarli faktlar

▪️ Tarixdagi birinchi matematik ayol aleksandriyalik Gipatiya bo‘lgan.

🟰 «Teng» belgisi XVI asrda, manfiy sonlar esa faqat XIX asrga kelib ilk marta qo‘llanilgan.

🔘 Birdan yuzgacha bo‘lgan jami sonlar yig‘indisi 5050 ga teng.

🗯 Lahza nima? Bu bor-yo‘g‘i ibora emas, 0,01 soniyaga teng bo‘lgan vaqt o‘lchov birligi ekan.

🌐 Telegram | Facebook
Forwarded from Ta'lim nazorati
Test sinovlari nazoratchisi haqida asosiy ma’lumotlar! Ro‘yxatdan o‘tish davom etmoqda

Bilim va malakalarni baholash agentligi 2023-yilda test sinovlarida nazoratchi sifatida ishtirok etish istagida bo‘lgan nomzodlar uchun tanlov e’lon qilgan edi.

❇️Tanlov 3 bosqichda amalga oshiriladi.

📌 Tanlovda 25 yoshdan 45 yoshgacha bo‘lgan oliy ma’lumotli, ijtimoiy faol O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari ishtirok etishlari mumkin.

📆 Buning uchun talabgorlar 2023-yil 23-fevralga qadar my.dtm.uz saytining “Guruh nazoratchiligiga tanlov” bo‘limi orqali ro‘yxatdan o‘tishlari lozim.

Izoh: Talabalar, repetitorlar hamda o‘quv markazlarining direktorlari va o‘qituvchilari tanlovda ishtirok etishi mumkin emas.

Ushbu foaliyat bilan shug‘ullanmaydigan maktab o‘qituvchilari tanlovda ishtirok etishlari mumkin.

Guruh nazoratchisiga test sinovlarida ishtirok etganligi uchun qancha miqdorda va muddatda ish haqi to‘lanadi?
Guruh nazoratchisiga test sinovlarida ishtirok etganligi uchun to‘lov miqdori davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish jarayonlarini muvofiqlashtirish bo‘yicha Davlat komissiyasi tomonidan belgilanadi.
Guruh nazoratchilariga ish haqi har bir test sinovlari to‘liq yakunlanganidan so‘ng ikki oy ichida to‘lanadi.

Guruh nazoratchisining test sinovlarida ishtirok etgan davrida doimiy ish joyidagi maoshi saqlanib qolinadimi?
Talabgorlar asosiy ish joyidan bo‘sh vaqtida guruh nazoratchiligiga jalb etiladi.

Guruh nazoratchilari bilan qancha muddatga xizmat ko‘rsatish shartnomasi tuziladi?
Guruh nazoratchilari bilan xizmat ko‘rsatish shartomasi imzolangan kundan boshlab kalendar yili oxirigacha tuziladi.

Guruh nazoratchisida yashash joyiga yaqinroq bo‘lgan test sinovi o‘tkaziladigan hudud (bino)larni tanlash imkoniyati bormi?
Vaziyatdan kelib chiqqan holda ko‘rib chiqiladi. (Tanlash imkoniyati berilmaydi)

Yil davomida o‘tkaziladigan barcha test sinovlarida ishtirok etish majburiymi?
Majburiy emas

Oliy ma’lumotga ega, ammo vaqtincha ishsiz bo‘lgan shaxslar guruh nazoratchisi sifatida tanlovda qatnashishi mumkinmi?
Mumkin

Kanalga
ulanish👇
https://t.iss.one/uztdi
Adliya vazirligi tomonidan bolalar uchun maxsus huquqiy portal – bolahuquqlari.uz ishga tushirildi!

Mazkur portal bolalar hamda ota-onalarga moʻljallangan boʻlib, maʼlumotlar bolalar yoshiga mos ravishda, ular uchun tushunarli tarzda bayon qilingan.

🔰 Portal bolalarning boshlangʻich huquqiy koʻnikmalarga ega boʻlishi uchun quyidagi boʻlim va sahifalardan iborat:

🟢 Huquqiy maslahatlar olish uchun bolalarga moʻljallangan onlayn maslahatchi (ish kunlarida 09:00 – 18:00);
🟢 Huquqiy oʻyinlar va huquqiy darsxona;
🟢 Ota-onalar uchun huquqiy maslahatlar;
🟢 Konstitutsiyani oʻrganish va yuridik lugʻat;
🟢 Huquqiy mavzulardagi videoroliklar;
🟢 Davlat ramzlari haqida boshlangʻich tushunchalar.

🌐 Telegram | Facebook
Forwarded from Hilola Umarova
Mana so‘nggi 4 kun davomida Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi 10 mingdan ortiq maktab rahbarlari, ular orqali o‘qituvchilarga vazirlik oldiga qo‘ygan missiyalarni yetkazish maqsadida "Zamonaviy maktab liderlar nigohida" loyihasini amalga oshirdi.

Xo‘sh, Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi o‘z oldiga qanday vazifalar qo‘ymoqda?

Birinchi maqsad — vazirlik tizimidagi barcha ta'lim muassasalarida sog‘lom va xavfsiz muhitni shakllantirish;
Ikkinchi maqsad — zamonga moslasha oladigan, ta'limda innovatsiyalar qilishga qodir zamonaviy pedagog kadrlar uchun kasbiy rivojlanish muhitini yaratish;
Uchinchi maqsad — tizimda shaffoflikni ta'minlash maqsadida jamoatchilik, ota-onalar, o'qituvchilar va barcha manfaatli tomonlar bilan kommunikatsiya o‘rnatish.

“Liderlar haftaligini” boshlash avvalida bizda kuchli hayajon bor edi. Ijtimoiy tarmoqlarda treninglarda ishtirok etgan direktorlarning taassurotlarini o‘qir ekanman, qaysidir ma'noda oldimizga qo‘ygan maqsadga erishish uchun ilk qadamni to‘g‘ri qo‘yganimizga amin bo‘ldim.

Loyihamizning asosiy maqsadi nima edi? Jamoada sog‘lom muhit yaratib, bir maqsad atrofida birlashtira oladigan, shaffoflikni har narsadan ustun qo‘yadigan, zamon bilan hamnafas, jahon standartlaridan xabardor liderlarga aylanishiga turtki berish bilan birgalikda direktorlarning maktab ta'limini rivojlantirish bilan bog‘liq fikrlariga quloq tutish edi.

Albatta 4 kun bu juda kam, lekin bu ilk qadam va bu yo‘nalishdagi ishlar doimiy ravishda davom etadi. Biz esa ta'lim sifatini ko‘tarishda, sifatli tizim yaratishda fidoyi o’qituvchilar, biz bilan hamkorlikka tayyor ota-onalar hamda halol, jonkuyar, o‘z ishini sevadigan shijoatli maktab liderlariga suyanamiz. Vazirlik esa o‘z o‘rnida turli tashkilotlarning maktab faoliyatiga aralashuvlariga chek qo‘yish ustida doimiy ish olib boradi.

Unutmang, bugun biz ta'lim va tarbiya berayotgan bolalar ertaga bizning kelajagimizni quradi!
📆 14.02.2023 kuni 🕘09:00 dan 23:00 gacha ALITESTGROUP va YOSHLAR ISHLARI AGENTLIGI XORAZM VILOYATI BOSHQARMASI bilan hamkorlikda 14-FEVRAL - o‘zbek mumtoz adabiyotining buyuk namoyandasi, shoir va sarkarda Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 540 yilligi munosabati bilan "Siz Boburni bilasizmi?" shiori ostida onlayn olimpiada o'tkazilmoqda.

🔷 Olimpiadada ishtirok qilish uchun www.alitest.uz platformasidan ro'yxatdan o'tish shart!

🔷 Faqat bir marta ishlash imkoniyati beriladi!

🧑‍💻👨‍💻Olimpiada o'qituvchi va o'quvchilar uchun.

🎁 G'oliblar Xorazm viloyati Yoshlar ishlari agentligi tomonidan tagdirlanadi.

🔖 Hamma ishtirokchilarga o'z ballariga mos sertifikat beriladi!

@alitestuz 📊Online test natijalarini o'zingiz testni yakunlagandan keyin darhol bilishingiz mumkin 📈

🌎👉 www.alitest.uz

📲👉 @alitestuz

📲👉 @yoshlaragentligixorazm
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
ZAMONAVIY MAKTAB LIDERLAR NIGOHIDA
12.02.2023

⚡️ Xorazm viloyatida jami 543 nafar umumta’lim maktablari direktorlari uchun "Zamonaviy maktab liderlar nigohida" loyihasi doirasida Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligining viloyatdagi trenerlari tomonidan seminar-treninglar bo'lib o'tdi.

📲@XorazmTELEKANAL
✔️Xorazm hafta ichida

📲DASTURNING HD versiyasi👇
https://www.youtube.com/c/XORAZM24

💠@piima_xorazm
Forwarded from Eco-schools Uzbekistan
🙌 Xayrli tong!

Dushanba kunini yaxshi yangilikdan boshlaymiz: bugun ekota’lim oromgohlari boshlanadi!
Birinchisi Toshkentda o‘tkaziladi.

Uning dasturi tadbirlarga juda boy va qiziqarli, bizga qo‘shiling!

Soat 10:00 da shu yerda ko‘rishamiz!



🙌 Доброго утра!

Начнем понедельник с хорошей новости: сегодня стартуют эко-образовательные лагеря!
Первый пройдет в Ташкенте.

Программа очень насыщенная и интересная, присоединяйтесь!

Встречаемся в 10:00 здесь!

Zamin | Facebook | Instagram
Bugun,

13-fevral - Xalqaro radio kuni


2011-yili BMTning YuNESKO Bosh konferensiyasi oʻzining 36-sessiyasida 13-fevralni Xalqaro radio kuni deb eʼlon qildi. 

📻Radio deganda dunyodagi eng koʻp auditoriyaga ega kommunikatsiya vositasi tushuniladi. U katta imkoniyatlarga ega va kam xarajatlarni talab etuvchi, omma tomonidan tan olingan aloqa vositasidir.

Radio dunyoning eng chekka hududlarida joylashgan aholi qatlamlari: ayollar, yoshlar, nogironlar kabilarga yetib borib, bilim saviyasi hamda maʼlumotidan qatʼi nazar jamiyat ishlarida faol ishtirok etish, maʼlumotga ega boʻlish imkoniyatlarini oʻzida namoyon qiladi.

🎙Bundan tashqari, radio turli favqulodda vaziyatlar va tabiiy ofatlarda oʻta ahamiyatli vazifani oʻtaydi. Yangi-yangi texnologiyalar yordamida, mobil vositalar va kengpolosali aloqa hamda planshetli kompyuterlar koʻmagida radio bugungi kunda yanada takomillashib bormoqda.

🗣Respublika bolalar kutubxonasi Axborot xizmati

Telegram|You tube|Facebook|Instagram|Web sit
Forwarded from XORAZM YOSHLARI
🧠 IQ TEST yeching va kitob yuting!

🏆 Yoshlar ishlari agentligi Xorazm viloyati boshqarmasi va KHISO olimpiada maktabidan navbatdagi yutuqli tanlov!

👁‍🗨 15-fevral kuni soat 11:00 dan soat 22:00 gacha khiso.uz platformasida barcha uchun sovg‘ali IQ TEST o‘tkaziladi.

➡️ Testda qatnashish uchun @khiso_uz_bot orqali ro‘yxatdan o‘tish kerak.

⬇️ Barcha ishtirokchilar QR kodli sertifikat bilan taqdirlanadi!

❗️ Olimpiadalarda ishtirok etish mutlaqo bepul!

🎁 O‘qituvchilar, talabalar va o‘quvchilar o‘rtasida eng yaxshi natija egasilariga "Mantiqiy Matematika" kitobi bilan taqdirlanadi!

☸️ Testlarning yechimlari youtube kanalimizda tahlil qilinadi.

⚙️ Saytdan foydalanish bo‘yicha yo‘riqnoma bilan batafsil tanishib chiqing.

Bizning sahifalarimiz:
Telegram Facebook Instagram YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#turizm

⚡️Davlat muassasalari va jamoat xizmati xodimlari kasaba uyushmasi Xorazm viloyati kengashi tomonidan 2023-yil 11-fevral kuni Xiva shahrining Ichon qal'a obidasiga sayohat uyushtirildi.

📌 Ushbu sayohatda Urganch shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatidan 7 nafar ishchi xodim va pedagoglar ham qatnashib, madaniy hordiq chiqarib keldilar.

🌐 Telegram | Facebook