XORAZM | Ixtisoslashtirilgan maktablar
2.57K subscribers
24.1K photos
1.64K videos
36 files
7.26K links
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligiga qarashli XORAZM viloyatidagi ixtisoslashtirilgan maktablar telegram sahifasi

facebook.com/ima.xorazm
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Xiva_Prezident_maktabi
#Eco_school

🌎 Ecoignite Treningi: Yashil Kelajak Uchun Birgalikda!


Xiva shahridagi Prezident maktabida Ecoignite treningi muvaffaqiyatli yakunlandi!

🌿 Viloyatimizning turli hududlaridan 50 dan ortiq o'quvchi va o'qituvchilar iqlim muammolari haqida o'rganish, tajriba almashish va amaliy ishlar qilish uchun yig'ildi. Tadbir xalqaro o'qituvchilar va talabalar tomonidan ma'lumotlarga boy nutqlar bilan boshlandi. Tanaffusidan so'ng, ishtirokchilar guruhlarga bo'linib, ifloslanish, iqlim advokatsiyasi va iqlim ta'limi bo'yicha muhokamalar olib bordilar.


♻️ Tadbirning eng katta yutug'i – eco-liderlar va o'qituvchilar har oyda birgalikda chiqindilarni qayta ishlash materiallarini to'plashga kelishib oldilar. Bu esa uzoq muddatli barqarorlikka qadam tashlashni anglatadi.

Shuningdek, eng faol talabalarga maxsus sovrinlar taqdim etildi! 🏆

Birgalikda, biz iqlimni himoya qilish va yashil kelajak yaratish yo'lida katta o'zgarishlarni amalga oshiramiz! 🌍💚

🌐 Telegram | Facebook
#dars_jarayoni
#Urganch_shahar_1_son_IMI

🎯
Urganch shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatida maktab direktori G’.Axmedov rahbarligida ta’lim sifatini oshirish, yangi innavatsion texnalogiyalarning joriy qilinishini kuzatish va qo’llab-quvvatlash maqsadida dars mashg’ulotlari kuzatildi.

📌 Kuzatiladigan darslar RANDOM usulida tanlab olinadi.


🌐 Telegram | Facebook
👍2
#Dars_jarayoni
#Shovot_IMI

Shovot tuman IMIda
OCHIQ DARSLAR HAFTALIKLARI o'tkazilmoqda:

🔘 Kimyo fani o'qituvchisi Sa'dullayeva Marhabo 9-sinflarda "Mis(II) xlorid va kaliy yodidning elektrolizi" mavzusidagi laboratoriya ishi o'tkazdi.

🔘 Ona tili va adabiyot o'qituvchisi Zuhra Atajonova tomonidan 6-"A"sinfda "Mustahkamlash" mavzusida ochiq dars bo‘lib o‘tdi.

🔘Geografiya fani o'qituvchisi Sariyeva Iroda tomonidan 7-D sinfida ochiq dars o'tkazildi. Mavzu: Avstralioyaning iqlimi, ichki suvlari, tabiat zonalari

🔘 Fizika fani o'qituvchisi Olimov Hamid 8-B sinfida ochiq dars o'tkazdi. Mavzu: Elektron maydon

🔘 Tarix fani o'qituvchisi Tojiboyev Dilmurod 6-"A" sinfida ochiq dars o'tkazdi. Mavzu: Afinada demokratiya

🔘 Ingliz tili o'qituvchisi Gulomova Gulnoz tomonidan 6-"B" sinfda ochiq dars tashkil qilindi.

🔘Ona tili va adabiyot o'qituvchisi Qo'chqarova Xurshida tomonidan 8-"A"sinfda adabiyot fanidan ochiq dars o'tkazildi. Mavzu: Said Ahmad ijodi. "Ufq"romanidan parcha tahlili.

🌐 Telegram | Facebook
👍3
#Bugun

BMT minbaridan nutq so'zlagan birinchi o'zbek diplomatini bilasizmi?

1992-yil (bundan 33 yil oldin) – Birlashgan Millatlar Tashkiloti Xavfsizlik Kengashi o'zining 737-qarorini ovozga qo'ymasdan qabul qildi va Bosh Assambleyaga O'zbekiston Respublikasini Birlashgan Millatlar Tashkilotiga qabul qilishni tavsiya etdi.

Ma'lumot o'rnida qayd etish joizki, BMT tashkil topgan vaqtda O'zbekiston SSSR tarkibida edi. O'zbekiston SSRning BMT faoliyatida ilk bor ishtirok etishi 1950-yildan boshlanadi. Aynan shu yili O'zbekiston SSR Tashqi ishlar ministri, professor Abdusamad Boboxo'jayev BMT Bosh Assambleyasining V sessiyasida respublika nomidan nutq so'zlaydi va BMT minbaridan nutq so'zlagan birinchi o'zbek diplomati sifatida tarixda qoldi.


Vatanimiz tarixidagi 29-yanvar sanasi bilan bog'liq ayrim voqealar bayoni. Batafsil: https://uza.uz/posts/682490

🌐 Telegram | Facebook
🇺🇿 Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur ijodiga qiziquvchilar diqqatiga!

🇺🇿 O‘zbekiston bolalar tashkiloti umumiy o‘rta ta’lim maktablarining o‘quvchilari o‘rtasida “Kichik mutafakkirlar” Respublika tanlovini e'lon qiladi.

🇺🇿 Tanlovda 5-11-sinf o‘quvchilari ishtirok etish imkoniga ega bo‘ladi.

📄Tanlov Nizomi bilan bu yerda tanishing.

🏆 Tanlovda ishtirok etib, g‘oliblar safidan joy oling!

📱 Telegram 🔹Instagram 📱 Facebook  📱  YouTube  📱 LinkedIn
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Xiva_shahar_2_son_IM
#Sertifikatlar

🏢 Xiva shahar 2-son ixtisoslashtirilgan maktab
o'quvchilari 2024-yil sentabr oyidan boshlab hozirgacha bo'lgan davr davomida xalqaro darajadagi hamda umumta'lim fanini bilish darajasi bo'yicha milliy sertifikatlarni qo'lga kiritib kelmoqdalar. Qo'lga kiritilgan sertifikatlar soni 16 taga yetdi.

📉
IELTS sertifikati:


✔️ IELTS 6.5 –  11-sinf Otaboyev Sirojiddin

📉
CEFR sertifikati:

✔️CEFR B2- Razzaqov Behruz 11- sinf
✔️CEFR B2- Bekturdiyev Shoxruz 10- sinf
✔️CEFR B2- Usmonova Dilnura 10- sinf
✔️CEFR B2- Egamova Yulduzoy 10- sinf

✔️CEFR B2- Sobirjanov Abror 10- sinf
✔️CEFR B2- Ravshanbekova Charosxon 9- sinf
✔️CEFR B2- Polvonnazarova Diyora 9- sinf

✔️CEFR B2- Ro'zmetova Oymonjon 9- sinf
✔️CEFR B2- Masharipov Alisher 9- sinf
✔️CEFR B2- Nazirboyev Nurnazir 9- sin
f

📉U
mumta'lim fanini bilish darajasi bo'yicha milliy sertifikatlar:

Ona tili va adabiyoti fanidan :

✔️11-sinf o'quvchisi Maqsudbekova Shaxzoda - B 88.72%
✔️ 11-sinf Shomurotova Dilnura - C+ 80.06%
✔️ 11-sinf Axmedova Maqsuda - C 71.32%
✔️ 10-sinf Otajanova Diyona - B 89.48%
✔️ 10-sinf Baxtiyorova Sabrina - B+ 96.38%


⚡️TEZ ORADA YANA BIR QATOR NATIJALAR BILAN SIZLARNI MAMNUN ETAMIZ❗️

🌐 Telegram | Facebook
🔥11👍1🤓1
#Yangibozor_IMI
#Tanlov
#Tabriklaymiz

GʻOLIBLAR ANIQLANDI!

▪️
Xabaringiz bor, qishki ta’til mobaynida o‘quvchi-yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish maqsadida Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi huzuridagi Respublika “Barkamol avlod” bolalar maktabi tomonidan “Barkamol avlod”da qishki ta’til” shiori ostida “Yangi yil tarovati” ko‘rik-tanlovi o‘tkazilgan edi.

➡️ Mazkur tanlovning "Tasviriy san'at" yo'nalishi go‘liblari orasida Yangibozor tumani ixtisoslashtirilgan maktab-internati o'quvchisi Jumanazarova Feredey ham bor.

➡️13-17 YOSH BO‘YICHA:

🥇I-o‘rin - Navoiy viloyati Nurota tumani ishtirokchsi Qobilov Aziz,
🥈II-o‘rin - Xorazm viloyati Yangibozor tumani ishtirokchisi Jumanazarova Feredey,
🥉III-o‘rin - Andijon viloyati Andijon shahar ishtirokchisi Oʼrmonova Dilafruz.


👏 Maktab-internatning 7-sinf o'quvchisi Jumanazarova Feredeyni va ustozlarini ushbu yutuq bilan tabriklaymiz!

🌐 Telegram | Facebook
👍3