XORAZM | Ixtisoslashtirilgan maktablar
1.54K subscribers
20.4K photos
1.39K videos
32 files
6.24K links
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligiga qarashli XORAZM viloyatidagi ixtisoslashtirilgan maktablar telegram sahifasi

facebook.com/ima.xorazm
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda
#Qoʼshkoʼpir_IM

Xabaringiz bor
, Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi ta’lim muassasalari o‘quvchilari o‘rtasida “Robo-Coding” olimpiadasining (5-8-sinf o‘quvchilari) Xorazm viloyati hududiy bosqichi bo'lib o'tgan edi.

1️⃣-o'rinni egallagan Qo'shko'pir tuman ixtisoslashtirilgan maktabining robototexnika to'garagi rahbari Jasur Otamuratov, o'quvchilar - Sirojiddin Masharipov va Muhammad Sadullayevlar "Assalom, Xorazm" dasturida ishtirok qilishdi.

ASSALOM, XORAZM!

21.01.2025

📲@XorazmTELEKANAL✔️

🌐 Telegram | Facebook
#Zakovat
#Ogahiy_ijod_maktabi

🗓
Joriy yilning 21-yanvar sanasida Ogahiy nomidagi ijod maktabida buyuk qomusiy olim va mashhur davlat arbobi Mirzo Ulug'bek tavalludining 630 yilligi munosabati bilan "Zakovat quiz" bellashuvi o‘tkazildi.

🔘 Bellashuvda maktabning barcha sinflaridan tashkil topgan bilimdon, zukko o‘quvchilar jamoalari ishtirok etdilar. Bellashuvni maktabning terma jamoasi aʼzolari olib bordilar. Qatnashuvchilarga bir-biridan qiziqarli, soha va fanga oid bo‘lgan savollar taqdim qilindi.

📊 Ushbu yangicha yo‘nalishdagi turnir barchaga birdek manzur bo‘ldi.

🌐 Telegram | Facebook
#Kerakli

🔬 FIZIKAGA QADAM: Virtual laboratoriyalar endi BIZ bilan!


📢 Diqqat, fizika ixlosmandlari!
Endi tajribalar o‘tkazish uchun laboratoriyaga borish shart emas! Fan olimpiadalari markazi virtual laboratoriyalarni taqdim etadi.

❗️Virtual laboratoriyalar nega kerak?
• Real tajribalar o‘tkazish imkoniyati.
• Xatolarni tahlil qilish va qayta ishlash uchun qulaylik.
• Har bir mavzuni mustaqil o‘rganish imkoniyati.

🧪 Mavzular:
Mexanika va energiya saqlanish qonunlari.
To‘lqin va geometrik optika.
Molekulyar fizika va termodinamika.
Elektro-magnitizm (Elektrodinamika) .

📌 Barcha yoshdagilar uchun mos!
Tajribalarni ko‘rib chiqib, savollarga javob bering va fizikadagi bilimlaringizni mustahkamlang.

🔗 Virtual laboratoriyaga kirish 👈

⚡️ Unutmang, haqiqiy yutuqlar faqat harakat va amaliyot orqali keladi. Bilimlaringizni amalda sinab ko‘rishni unutmang!

BARCHA IMKONIYATLAR SIZ UCHUN!

🕊 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📺YouTUBE
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Urganch_shahar_1_son_IMI

🎥 Urganch shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatida "Maktab Prezidenti" va "Sardorlar" faoliyatidan qisqacha videorolik

🌐 Telegram | Facebook
📣📣📣📣📣

⚡️O‘QITUVCHILAR O‘RTASIDAGI RESPUBLIKA OLIMPIADASIGA RO‘YXATDAN O‘TISH UCHUN OZ FURSAT QOLDI

📣Xabaringiz bor, Respublika miqyosidagi ushbu olimpiadada ishtirok etish istagini bildirgan kimyo va fizika fani o‘qituvchilari uchun ro‘yxatdan o‘tish jarayoni yakunlanishiga sanoqli kunlar qoldi.

📆Ro‘yxatdan o‘tishning so‘nggi kuni: 1-FEVRAL.

📌Ushbu imkoniyat orqali o‘qituvchilar o‘z bilimlarini namoyish etib, Respublika olimpiasi ishtirokchisiga aylanadilar.

Batafsil: https://t.iss.one/Fan_olimpiadalari_M/5390 👈

SHOSHILING!

Barchangizni olimpiadada faol ishtirok etishga chaqiramiz!

🕊 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📺YouTUBE
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#No_comment

⚡️Xalqaro fan olimpiadalariga oʻquvchilarning intensiv tayyorgarlik mashgʻulotlaridan videolavha.

🕊 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📺YouTUBE
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Hilola Umarova
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Bugun Xalqaro taʼlim kuni!

Shu munosabat bilan kuni kecha xalqaro hamkorlarimiz UNICEF, UNESCO, UNDP, IHRT, Jahon banki kabi tashkilotlar, taʼlim ekspertlari bilan uchrashib, sohaning ertangi kuni, yangicha yondashuvlar va xalqaro tajribalar haqida gaplashdik.

Tadbirda mamlakatimiz taʼlim siyosati, erishilgan marralar, oldinda turgan vazifalarni tahlil qildik. Maktabgacha taʼlim tizimidagi qamrovning oshishi, “Taʼlim barcha uchun teng” tamoyili asosida inklyuziv sinflarning koʻpayishi, xalqaro fan olimpiadalaridagi natijalar, xalqaro tanlovlardagi yutuqlar, oʻquvchi va oʻqituvchilarimizning ragʻbatlantirilishi, taʼlim sohasiga xorijiy mutaxassislarning jalb etilishi – buning hammasi nazarimda ezgu maqsadlarimizni ifodalaydi.

Xalqaro taʼlim kuni bilan sohadagi barcha fidoyilar, maktabgacha va maktab taʼlimi oilasini tabriklayman!

@hilola_umarova