XORAZM | Ixtisoslashtirilgan maktablar
2.56K subscribers
23.9K photos
1.62K videos
33 files
7.18K links
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligiga qarashli XORAZM viloyatidagi ixtisoslashtirilgan maktablar telegram sahifasi

facebook.com/ima.xorazm
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Malaka_sinovi
#Ishtirokchilar_fikri
#Shovot_IMI

XORAZMLIK O'QITUVCHIMIZDAN 100 FOIZLIK NATIJA


Xorazm viloyati Shovot tuman Ixtisoslashtirilgan maktab-internatining ingliz tili fani o'qituvchisi Gulnoz G'ulomova bugungi attestatsiya sinovlarida eng yuqori 100 balni qo'lga kiritib oliy malaka toifasini saqlab qoldi.

Boshqarmaning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram I Youtube I Facebook I Instagram I Web-sayt
🔥143💯1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Shovot_IMI

📽SHOVOT TUMAN IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTAB-INTERNATIga video sayohat.

🌐 Telegram | Facebook
👍2🔥2
#Psixolog_faoliyati
#Shovot_IMI

Shovot tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internati psixologi Hilola Yusupova tomonidan o'tkazilgan
• "KAKTUS",
• "DARAXT",
• "SOYABON VA TAYOQCHA",
• "OLMA VA OLCHA"
metodikalari,
✓''IJOBIY SO'ZLAR YOMG'IRI'',
✓ "QADRIYATLAR",
"O'RGIMCHAK TO'RI" trening mashg'ulotlaridan lavhalar.

🌐 Telegram | Facebook
🔥2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Plogging
#Shovot_IMI

🌱 ZERO WASTEPOKIZA KELAJAK SARI BIR QADAM!

23-aprel kuni Shovot tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internatida ekologik ong va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish maqsadida "ZERO WASTE" loyihasi doirasida maktab-internat "Yashil iqtisodiyot" sardorlari hamda 7-"A" sinf o'quvchilarining ko'ngillilar jamoasi a'zolari bilan birgalikda PLOGGING tadbiri o'tkazildi.

♻️ PLOGGING — bu yugurish va atrof-muhitni tozalashni birlashtirgan foydali mashg‘ulot bo‘lib, o‘quvchilar uni katta ishtiyoq bilan bajardilar.

Tadbir davomida:
✓ Maktab-internat atrofi hamda istirohat bog'i tozalandi;
✓ Ekologik tarbiya bo‘yicha suhbatlar o‘tkazildi;
✓ Sog‘lom hayotga intilish targ‘ib qilindi
;


❗️Biz birgalikda nafaqat tanamizni, balki tabiatni ham sog‘lom saqlaymiz!

🌐 Telegram | Facebook
👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Ochiq_eshiklar_kuni
#Shovot_IMI

📣📣📣

Joriy yilning 26-aprel va 2-may kunlari Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Shovot tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internatida "Ochiq eshiklar kuni" boʻlib oʻtadi.

Ochiq eshiklar kunida:

Maktabdagi oʻqitish tizimi va metodikasi haqida taqdimot qilinadi;
Oʻquvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar hamda imkoniyatlar bilan tanishtiriladi;
Koʻrgazmalar (oʻquvchilarning dars jarayoni va noakademik toʻgaraklardagi amaliy ishlaridan namunalar) oʻtkaziladi;
Maktab hududi boʻylab ekskursiya uyushtiriladi.


📞 Batafsil ma'lumot uchun: +998904318238
       
       Manzil: Shovot tumani, Komiljon Otaniyozov ko‘chasi 65-uy

🌐 Telegram | Facebook
👍2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Ochiq_eshiklar_kuni
#Shovot_IMI

Shovot tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internatida ‘’Ochiq eshiklar kuni‘’ o'tkazildi.

🔰 Tadbir davomida tumandagi umumta'lim maktablarining 4-sinf o‘quvchilari hamda ularning ota-onalari hamda maktabga tashrif buyurdilar.

Maktab-internat sardorlari bu yerda yaratilgan yaratilgan sharoitlar, sinf xonalari, yotoqxona, oshxona, laboratoriya xonalari, robotexnika, kutubxona, shaxmat va boshqa to'garaklar bilan kelganlarni tanishtirdilar.


🌐
Telegram | Facebook
👍2
#Shovot_IMI

Yong'in xavfsizligi bo'yicha amaliy seminar o'tkazildi

🚒 Shovot tuman ixtisoslahtirilgan maktab-internatida Favqulodda vaziyatlar vazirligi mutaxassislari ishtirokida yong'in xavfsizligi bo‘yicha amaliy seminar tashkil etildi.

🔥Tadbir davomida o‘quvchilarga yong'in paytida to‘g‘ri harakat qilish tartiblari, evakuatsiya qoidalari hamda dastlabki yong'in o‘chirish vositalaridan foydalanish usullari o‘rgatildi.

🧯 Xavfsizlik — har birimizning ishimiz!

🌐 Telegram | Facebook
👍1🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Ochiq_eshiklar_kuni
#Shovot_IMI

Ochiq eshiklar kuni

🚪 2-may kuni Shovot tuman ixtisoslashtirilgan maktab—internatida  “Ochiq eshiklar kuni” o‘tkazildi!

🏫Ushbu kun davomida mehmonlarimiz — ota-onalar, umumiy o'rta ta'lim maktablar bitiruvchilari hamda ularning ustozlari maktab faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.

Videoda tadbirdan lavhalar bilan tanishing!

🌐 Telegram | Facebook
👍4
#Shovot_IMI
#xalqaro_hamkorlik

Xalqaro onlayn uchrashuv — yangi imkoniyatlar sari!

🇬🇧 Shovot tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internatida "El-yurt umidi" jamg'armasi bilan hamkorlikda Buyuk Britaniyaning nufuzli WARWICK universiteti tomonidan ZOOM platformasi orqali onlayn seminar tashkil etildi.

Uchrashuv davomida o‘quvchilar xalqaro ta'lim imkoniyatlari, universitetdagi ta'lim yo'nalishlari, universitet shart-sharoitlari bilan tanishdilar.

🌐 Telegram | Facebook
👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Shovot_IMI
#Uchrashuv

⚜️Ta'lim fidoiylari bilan uchrashuv


Shovot tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internatda ta’lim sohasidagi yetuk mutaxassislar ishtirokida ilmiy-amaliy uchrashuv va trening mashg‘ulotlari bo‘lib o‘tdi.

Tadbir mehmonlari:
👨‍🏫 Mirfozil Mirzahmedov — O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan o‘qituvchi, taniqli matematik olim, ko‘plab darsliklar muallifi
👩‍🏫 Iroda Soibova — xalqaro darajadagi trener, pedagogika sohasidagi yuqori malakali mutaxassis, ko‘plab darsliklar muallifi


Tadbirda maktab-internat 9-10-11-sinf o'quvchilari ishtirok qilishdi. Qiziqrarli va foydali kechgan uchrashuv davomida o'zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.

🌐 Telegram | Facebook
👍7
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#9_may_xotira_va_qadrlash_kuni
#Shovot_IMI
#Sayohat

9-MAY – XOTIRA VA QADRLASH KUNI

Shovot tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internati o‘quvchilari yurtimiz tarixidagi eng muhim sanalardan biri — Xotira va Qadrlash kuni munosabati bilan xotira maydoniga sayohat uyushtirishdi.

🇺🇿 Bu sayohat davomida yoshlarimiz yurti, xalqining ozodligi va tinchligi yo‘lida jon fido qilgan ajdodlarimiz xotirasini yod etishdi, yurtparvarlik va vatanparvarlik ruhini chuqur his etdilar.

🕊 Ajdodlar xotirasi – muqaddas! Ushbu muqaddas sana bizni o‘tmishga hurmat, bugunga shukronalik, ertangi kunga esa mas’uliyat bilan qarashga undaydi.


🌐 Telegram | Facebook
👍3
#Tarbiyachilar_faoliyatidan
#Shovot_IMI

"Muchal yoshing muborak!"

🎉 Shovot tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internatida 5-sinf o‘quvchilari va tarbiyachilari tomonidan milliy an’analarimizga tayangan holda "Muchal yoshing muborak" nomli ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tadbir davomida muchal yili, uning mazmun-mohiyati, xalqimiz urf-odatlaridagi o‘rni haqida qiziqarli ma’lumotlar berildi. O‘quvchilar sahna ko‘rinishlari, she’rlar, kuy-qo‘shiqlar orqali tomoshabinlarga bayramona kayfiyat ulashishdi.

Ushbu tadbirda 5-sinf o'quvchilarining ota-onalari ham qatnashdilar.

🌐 Telegram | Facebook
👍1👏1
#dars_jarayoni
#Shovot_IMI

Shovot tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internatida IV chorak davomida bir qator ochiq darslar tashkil qilindi. Jumladan:


✓7-B sinfda adabiyot fanidan o'tkazilgan darsda o'quvchilar A.P.Chexovning hayoti va ijodi bilan tanishdilar hamda uning mashhur “Xameleon” hikoyasi ustida tahliliy ish olib bordilar. O'qituvchi: X.Qo'chqarova

✓Rus tili o'qituvchisi R.Rahimboyeva tomonidan 7-A sinfda "Андижан" mavzusida ochiq dars o'tkazildi.

✓G.Hasanova tomonidan 5-A sinfda matematikadan "Misollar yechish" mavzusida ochiq dars tashkil qilindi.

✓Ingliz tili o'qituvchisi G.Gulamova tomonidan 6-A sinfda ochiq dars o'tkazildi. Mavzu: Shopping

✓Fizika o'qituvchisi X.Matsofoyev tomonidan 10-B sinfda "Zanjirning bir qismi uchun Om qonuniga oid masalalar yechish" va "O'tkazgichlarni parallel va ketma-ket ulash" mavzularida darslar o'tkazildi.

✓S.Nurmetova 5-B sinfda rus tili fanidan o'tkazgan ochiq darsida turli xil interfaol metodlardan va tarqatma materiallardan foydalandi.

🌐 Telegram|Facebook
🔥2
#Shovot_IMI

Shovot tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internatining 9-"A"sinf o'quvchisi

✔️Saidabdullayev Saidabror

ITS -2025 9-sinf o'quvchilari o'rtasida kimyo, biologiya, fizika, matematika, ingliz tili o'tkazilgan olimpiadaning fizika fani yo'nalishida 1 va 2- respublika bosqichlarida faol qatnashib, ikkala bosqichda ham faxrli I o'rinni egalladi.


👏 Saidabrorni ushbu yutug'i bilan tabriklab, keyingi o'qishlarida ulkan zafarlar tilaymiz!

🌐 Telegram | Facebook
👍7🔥4
#Soʼnggi_qoʼngʼiroq
#Shovot_IMI

"Ilm — eng buyuk sharaf!"


🔔 Kecha Shovot tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internatida "Ilm — eng buyuk sharaf" shiori ostida hayajonli va unutilmas daqiqalarga boy "So'nggi qo'ng'roq" tadbiri bo‘lib o‘tdi!

Tadbir davomida ijodiy chiqishlar, musiqiy sahnalar va samimiy so‘zlar barchaning qalbini to‘lqinlantirdi.

Yutuqlarga erishgan namunali o‘quvchi yoshlar hamda ularning fidokor ota-onalari tashakkurnoma va faxriy yorliqlar bilan taqdirlandi.

Yoshlarimizga ulkan zafarlar, yorqin kelajak va bardavom muvaffaqiyatlar tilaymiz! Sizlar bilan faxrlanamiz!

🌐 Telegram | Facebook
👍5
#Shovot_IMI
#Sertifikatlar

❗️Shovot tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internati oʻquvchilari 2024-2025-oʻquv yilida:

—  53 ta IELTS,
—  11 ta CEFR,
—  29 ta MILLIY,
—  20 ta SAT,


Jami hisobda 1️⃣1️⃣3️⃣ ta xalqaro va milliy sertifikatlarni qoʻlga kiritishdi.

🌐 Telegram | Facebook
👍10
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#qabul_2025
#Shovot_IMI

SHOVOT TUMANI IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTAB-INTERNATI
quyidagi sinflarga qabul e'lon qiliadi.

👉 5-SINF Aniq fanlar yo'nalishiga - 48 nafar;
👉 9-SINF Aniq fanlar yo'nalishiga - 3 nafar;

❗️Shoshiling, o'rinlar soni chegaralangan.

🌐 Telegram | Facebook
👍4
#Bitiruvchi_2025
#Shovot_IMI

🎓 11-"A" sinf

🏢Shovot ixtisoslashtirilgan maktab-internatining aniq fanlarga ixtisoslashgan 11-"A" sinfini 2024–2025 o‘quv yilida 21 nafar o‘quvchi tamomlamoqda.

Ular ichidan 9 nafar iqtidorli yoshlar turli xalqaro va mahalliy nufuzli universitetlarga muddatidan oldin talaba sifatida qabul qilindi!

📊Bu sinfda shu kunga qadar jami 17 ta IELTS, 8 ta SAT, 19 ta MILLIY SERTIFIKAT hamda 2 ta CEFR sertifikatlari mavjud.

Bu yutuqlar – bilimga chanqoqlik, mehnatsevarlik va orzular sari qat’iyat bilan yurish natijasi! Siz bilan faxrlanamiz!

🌐 Telegram | Facebook
4👍1
#Shovot_IMI
#Bitiruvchi_2025

🎓 11-"B" sinf

🏢 Shovot ixtisoslashtirilgan maktab-internatining aniq fanlarga ixtisoslashgan 11-"B" sinfini 2024–2025 o‘quv yilida 20 nafar o‘quvchi tamomlamoqda.

Ular ichidan 8 nafar iqtidorli yoshlar turli xalqaro va mahalliy nufuzli universitetlarga muddatidan oldin talaba sifatida qabul qilindi!

📊Bu sinfda shu kunga qadar jami 16 ta IELTS, 11 ta SAT, 9 ta MILLIY SERTIFIKAT hamda 3 ta CEFR sertifikatlari mavjud.

Bu yutuqlar – bilimga chanqoqlik, mehnatsevarlik va orzular sari qat’iyat bilan yurish natijasi! Siz bilan faxrlanamiz!

🌐 Telegram | Facebook
4👏2🤩1
#Shovot_IMI

Yana bir faxrli yutuq!

Shovot tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internatining 11-"B" sinf o‘quvchisi Bekchanov Diyorbek xalqaro miqyosdagi muhim yutuqqa erishdi!

🇨🇳 U Xitoyning nufuzli oliygohlaridan biri — Harbin Institute of Technology (Shenzhen) universitetiga 100% to‘liq grant (100% Tuition) asosida talabalikka qabul qilindi!

📌 Ma'lumot o'rnida, Diyorbek IELTS 6.5 hamda SAT 1340 sertifikatlariga ega. Bundan tashqari, AQSH ning nufuzli universitetlaridan ham qabul xatlarini olgan

Diyorbekni ushbu yutug‘i bilan chin dildan tabriklaymiz va unga kelgusi ta’lim yo‘lida ulkan zafarlar tilaymiz!

🌐 Telegram | Facebook
🔥124🎉1