XORAZM | Ixtisoslashtirilgan maktablar
1.55K subscribers
19.9K photos
1.32K videos
32 files
6.07K links
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligiga qarashli XORAZM viloyatidagi ixtisoslashtirilgan maktablar telegram sahifasi

facebook.com/ima.xorazm
Download Telegram
#Shovot_IMI
#teatr_ibratxonadir

TEATR-IBRATXONADUR

📆 Shovot ixtisoslashtirilgan maktab-internatida "Turon" teatr to‘garagi a'zolari tomonidan sahnalashtirilgan dastur namoyishi bo'lib o'tdi.

🎬 Tadbirda 9-sinf o'quvchilari tomonidan sahna ko'rinishlari namoyish qilindi.

🌐 Telegram | Facebook
#Yangi_yil_bayrami_2025
#Shovot_IMI

YANGI YILGA YANGICHA RUH BILAN!

🎄Shovot tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internatida  ''YANGI YILGA YANGICHA RUH BILAN'' deb nomlangan tadbir o'tkazildi.

🌲Tadbirda maktab-internat o'quvchilari tomonidan turli xil ertak qahramonlarining  sahna ko'rinishlari, milliy hamda turli xil millatlarning raqslari va bayramona chiqishlar namoyish qilindi.

Maktab-internatining faol hamda reytinggi yuqori bo'lgan sinf o'quvchilari esdalik sovg'alar bilan taqdirlanishdi.

🌐 Telegram | Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Shovot_IMI
#grantlar

Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Shovot tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internati 11-sinf o'quvchisi

Ahmedov Ibratbek
dunyoning yetakchi universitetlaridan - 172 000 AQSH dollari miqdoridagi grantni qo'lga kiritdi.

🎓Oʻquvchimiz quyidagi xalqaro OTMlarga o'qishga kirdi:

🔹 Arizona state university - 64000$
🔹Rochester institute of technology -108 000$

📌
Ma'lumot o'rnida, Ibratbek IELTS 7.0 ballik hamda SAT 1360 ballik serifikatlarga ega.

🌐 Telegram | Facebook
#14_yanvar_Vatan_himoyachilari_kuni
#Shovot_IMI

XALQ VA ARMIYA BIR TANU BIR JON!

O'zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil topganligining 33 yilligi hamda 14-yanvar - "Vatan himoyachilari kuni" ga bag'ishlab Shovot tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internatida:

✔️13-yanvar kuni Xorazm viloyati harbiy orkestri hamda namunali qorovul o'z chiqishlarini namoyish qildi. Tashrif va konsert barchada katta taassurot qoldirdi.

✔️14-yanvar kuni ertalabki kutib olish tadbiri tashkil qilindi. Tadbirda maktab-internat o'quvchilari tomonidan she'r , kuy qo'shiqlar kuylandi hamda raqslar ijro qilindi.

🌐 Telegram | Facebook
#Shovot_IMI
#Behbudiy_150
#zakovat

MAHMUDXO'JA BEHBUDIY TAVALLUDINING 150 YILLIGI
NISHONLANMOQDA

✔️ Shovot tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internatida Mahmudxo'ja Behbudiy tavalludining 150 yilligi munosabati bilan maktab-internatning 5-,6-, va 7-sinf o'quvchilaridan iborat jamoalar o'rtasida "Zakovat" turnirining navbatdagi musobaqasi o'tkazildi.

✔️ Shuningdek, 23- yanvar kuni maktab-internat kutubxonasida 5-sinf o'quvchilari bilan davra suhbati tashkil etildi. Davra suhbatida maktab-internat kutubxonachisi Xolboyeva Barno o'quvchilarga buyuk allomaning hayoti va ijodi haqida muhim ma'lumotlarni berdi.

🌐 Telegram | Facebook
#Vatanparvarlik_oyligi
#Shovot_IMI

❇️ Shovot tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internatida "Vatanparvarlik oyligi" doirasida sportning
• shaxmat,
• futbol,
• basketbol,
• voleybol,
• stol tennisi,
• qurolni qismlarga ajratish va yig'ish shartlari bo'yicha maktab-internatning xodimlari va o'quvchilar o'rtasida qizg'in musobaqalar tashkil qilindi.

💥Unda ishtirok etish barchaga birday manzur bo'ldi.

🌐 Telegram | Facebook
#Shovot_IMI
#uchrashuv

PROKUROR VA YOSHLAR UCHRASHUVI


Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Shovot tumani ixtisoslashtirilgan maktab internatida prokuror va yoshlar uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

🪧 Unda O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi mas’ul xodimi A.Qo‘chqorov, tuman prokurori R.Masharipov, tuman yoshlar ishlari bo‘limi boshlig‘i I.Jumaboyev va maktab-internati Sardorlar harakati a'zolari, shuningdek, mahallalardagi faol yoshlar ishtirok etdi.

Uchrashuv jarayonida yoshlarning qiziqishlari, kelajakdagi maqsadi, muammo va takliflari bilan yaqindan o‘rtoqlashdilar. Yoshlarimiz tomonidan berilgan taklif va savollarning bir qismi joyida ijobiy yechim topgan bo‘lsa, yana bir qismi tegishli tashkilotlarga yo‘naltirilib, ijrosi nazoratga olindi. Bunday uchrashuvlar yoshlarni muammolarini tizimli hal etish, bandligini ta’minlash va bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishga zamin yaratadi.

🌐 Telegram | Facebook
#Dars_jarayoni
#Shovot_IMI

Shovot tuman IMIda OCHIQ DARSLAR HAFTALIKLARI o'tkazilmoqda:

🔘 Kimyo fani o'qituvchisi Sa'dullayeva Marhabo 9-sinflarda "Mis(II) xlorid va kaliy yodidning elektrolizi" mavzusidagi laboratoriya ishi o'tkazdi.

🔘 Ona tili va adabiyot o'qituvchisi Zuhra Atajonova tomonidan 6-"A"sinfda "Mustahkamlash" mavzusida ochiq dars bo‘lib o‘tdi.

🔘Geografiya fani o'qituvchisi Sariyeva Iroda tomonidan 7-D sinfida ochiq dars o'tkazildi. Mavzu: Avstralioyaning iqlimi, ichki suvlari, tabiat zonalari

🔘 Fizika fani o'qituvchisi Olimov Hamid 8-B sinfida ochiq dars o'tkazdi. Mavzu: Elektron maydon

🔘 Tarix fani o'qituvchisi Tojiboyev Dilmurod 6-"A" sinfida ochiq dars o'tkazdi. Mavzu: Afinada demokratiya

🔘 Ingliz tili o'qituvchisi Gulomova Gulnoz tomonidan 6-"B" sinfda ochiq dars tashkil qilindi.

🔘Ona tili va adabiyot o'qituvchisi Qo'chqarova Xurshida tomonidan 8-"A"sinfda adabiyot fanidan ochiq dars o'tkazildi. Mavzu: Said Ahmad ijodi. "Ufq"romanidan parcha tahlili.

🌐 Telegram | Facebook