XORAZM | Ixtisoslashtirilgan maktablar
1.55K subscribers
20K photos
1.32K videos
32 files
6.08K links
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligiga qarashli XORAZM viloyatidagi ixtisoslashtirilgan maktablar telegram sahifasi

facebook.com/ima.xorazm
Download Telegram
#Urganch_shahar_1_son_IMI
#Loyiha_ishi

📍Urganch shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati 8-03 guruh o'quvchilari biologiya fanidan "Hujayra modelini yasash" mavzusidagi loyiha ishida 3 guruhga bo'lingan holda o'simlik, hayvon va bakteriya hujayralari modelini yasadilar.

👩‍💻O’qituvchi: Nina Qalandarova

🌐 Telegram | Facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Urganch_shahar_1_son_IMI

🎥 Urganch shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab- internati tashkil topganligining 2 yilligi munosabati bilan o’tkazilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirdan lavhalar.

🌐 Telegram | Facebook
#Urganch_shahar_1_son_IMI
#SAT

Urganch shahar ixtisoslashtirilgan maktab-internatining bir guruh iqtidorli o'quvchilari SAT sertifikatlarinini qo'lga kiritishdi.

🌐 Telegram | Facebook
#Seminar
#Urganch_shahar_1_son_IMI
#Maktab_maslahatchisi

26-dekabr kuni Urganch shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatida seminar-trening  bo’lib o’tdi.

⚡️Seminar "Yangi O'zbekiston" universiteti talabalari:

Urganch shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati sobiq bitiruvchilari M.Sevinchoy, U.Shahrizoda, S.Sanjar va

Shovot tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internati sobiq bitiruvchisi Zaripov Dilmurod hamda

2022-yilgi EYUF ("El-Yurt Umidi") stipendiyasi g‘olibi, Cesar Ritz Colleges Universiteti magistranti O’tkirova Bonu tomonidan o'tkazildi.

🌐 Telegram | Facebook
#Urganch_shahar_1_son_IMI
#Qabul_xatlari

📍 Urganch shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati o‘quvchilari xalqaro universitetlarga o‘qishga kirishni boshlab yuborishdi.

11-01-sinf o‘quvchisi Gulbahor Ruzmetova va
11-02-sinf o‘quvchisi Suhrob Qobulov - COLORADO STATE UNIVERSITY dan qabul xatlari olishdi.

📍 Ma'lumot o'rnida,
Gulbahor - IELTS 7.5 ballik hamda SAT 1380 ballik sertifikatga ega.

Suhrob - IELTS 6.5 ballik hamda SAT 1160 ballik sertifikatga ega.

🌐 Telegram | Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Ota_onalar_majlisi
#Urganch_shahar_1_son_IMI

📍Urganch shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatida 5-6-sinf o’quvchilarininng ota-onalari uchun 2024-2025-o’quv yilining 1-yarim yillik yakuni yuzasidan yig'ilish bo'lib o'tdi.

💥Yig’ilish yakunida o’quv yilining birinchi yarim yilligi natijasi bo’yicha yuqori ko’rsatgich ko’rsatgan o’quvchilarning ota-onalari maktab ma’muriyati tomonidan TASHAKKURNOMA bilan taqdirlandilar.

🌐 Telegram | Facebook
#Urganch_shahar_1_son_IMI
#Kutubxona_faoliyati

📖 Qishki ta'tilda o‘quvchilarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o'tkazish va ularning kitobxonlik madaniyatini oshirish maqsadida Urganch shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati kutubxona mudiri I.Ibragimova rahbarligida faol kitobxonlar Xorazm viloyat Bolalar kutubxonasida tashkil etilgan "Ma'naviyatli yoshlar - yurtimiz iftixori" mavzusidagi davra suhbatida qatnashishdi.

🎯Tadbirga O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi viloyat bo‘limi bosh mutaxassisi, taniqli shoir Boltaboy Bekmetov tashrif buyurdi. B.Bekmetov adabiyotga qanday kirib kelgani, ijodiy faoliyati to‘g‘risida so‘zlab berdi va o‘z ijodidan namunalar o‘qidi.

O‘quvchilar ustoz ijodkorning suhbatlari va sheʼrlaridan bahramand boʻlishdi, o‘zlari ham shoir she'rlaridan parchalar aytishdi, shu bilan birga o'z ijodlaridan ham namunalar o'qib, ijod yuzasidan tavsiyalar olishdi.

🌐 Telegram | Facebook
#14_yanvar_Vatan_himoyachilari_kuni
#Urganch_shahar_1_son_IMI

🇺🇿
Urganch shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatida Qurolli Kuchlari tashkil topganligining 33 yilligi hamda 14-yanvar - "Vatan himoyachilari kuni" munosabati bilan:

✔️13-yanvar kuni “Uch avlod uchrashuvi” o’tkazildi. Unda Mudofaa ishlari boshqarmasi Faxriylar kengashi raisi o’rinbosari B.Masharipov, Urganch shahar 53008-Harbiy qism komandirining tarbiyaviy ishlar bo’yicha o’rinbosari, kapitan O.O’razaliyevla o‘quvchilar bilan davra suhbati olib borishdi.

✔️14-yanvar kuni maktab-internat xotin-qizlari tomonidan erkak pedagog va ishchi-xizmatchilar va taʼlim olayotgan o‘g‘lonlarni kutib olish jarayoni tashkil qilindi.

✔️Shuningdek, "Mening armiyam - mening faxrim" shiori ostida ma'naviy-ma'rifiy tadbir bo'lib o'tdi. Tadbirda maktab-internatining Dilnoza Raximova rahbarlik qilayotgan 7-03 sinf o‘quvchilari faol qatnashdi. O'quvchilar tomonidan tayyorlangan sahna ko'rinishlar, raqs, kuy-qo'shiqlar ijro etildi.

🌐 Telegram | Facebook
#Urganch_shahar_1_son_IMI
#Kasbga_yoʻnaltirish

URGANCH SHAHAR 1-SON IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTAB-INTERNAT O'QUVCHILARI ISHLAB CHIQARISH KORXONASIDA

Ixtisoslashtirilgan  ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Urganch shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatining 10-01- sinf o'quvchilari maktab maslahatchisi R.Quryazova va maktab psixologi L.Atajanovalar boshchiligida  "BAHMAL GROUP" MCHJda bo'lishdi.

🔖O'quvchilar bu yerdagi ishlab chiqarish bosqichlari, korxona mahsulotlarining eksport qilish ishlari bilan yaqindan tanishdilar. O‘zlarini qiziqtirgan barcha savollariga javob olishdi.

📌 Ma'lumot uchun, "Urganch Bahmal MCHJ " korxonasi to’qimachilik mahsulotlari ishlab chiqaradi.

🌐 Telegram | Facebook
#Urganch_shahar_1_son_IMI
#Uchrashuv

REKTOR VA YOSHLAR UCHRASHUVI

🏫  Urganch shahar 1-son  ixtisoslashtirilgan maktab-internatida TATU Urganch fililali rektori Ismoilov Shukrulloh Xabibulla o’g’li bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

▫️Rektor o'quvchilarning qiziqishlari, kelajakdagi maqsadlari haqida yaqindan suhbatlashdi.

📍TATU Urganch filiali haqida o’quvchilarga batafsil ma'lumot berildi, u yerda talabalar uchun yaratilgan sharoitlar va qulayliklar video orqali namoyish qilindi.

🌐 Telegram | Facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Urganch_shahar_1_son_IMI

🎥 Urganch shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatida "Maktab Prezidenti" va "Sardorlar" faoliyatidan qisqacha videorolik

🌐 Telegram | Facebook
#Urganch_shahar_1_son_IMI
#Kasbga_yoʻnaltirish

🕹 2025-yil 24-yanvar kuni Urganch shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati 10-02-sinf o'quvchilari shahardagi yirik ishlab chiqarish obyektlaridan biri bo'lgan "DARITAL SHOES"MCHJ bilan imzolangan hamkorlik memorandumi doirasida ishlab chiqarish korxonasiga borishdi va u yerdagi shart-sharoitlar, ish jarayonlari bilan tanishdilar.

🌐 Telegram | Facebook
#dars_jarayoni
#Urganch_shahar_1_son_IMI

🎯
Urganch shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatida maktab direktori G’.Axmedov rahbarligida ta’lim sifatini oshirish, yangi innavatsion texnalogiyalarning joriy qilinishini kuzatish va qo’llab-quvvatlash maqsadida dars mashg’ulotlari kuzatildi.

📌 Kuzatiladigan darslar RANDOM usulida tanlab olinadi.


🌐 Telegram | Facebook