XORAZM | Ixtisoslashtirilgan maktablar
1.55K subscribers
20K photos
1.35K videos
32 files
6.12K links
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligiga qarashli XORAZM viloyatidagi ixtisoslashtirilgan maktablar telegram sahifasi

facebook.com/ima.xorazm
Download Telegram
#Tabriklaymiz
#tavallud_kun

▫️Bugun Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassassalari agentligi tizimidagi Urganch shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati direktori Axmedov G'ulomjon Jumanazarovichning tug'ilgan kuni.

G'ulomjon Axmedov zamonaviy ta'lim jarayonini tashkil etish hamda yosh avlodni barkamol etib tarbiyalashda muvaffaqiyatli faoliyat olib bormoqda. Iqtidorli o'quvchilarning ilm-fanni egallashga bo'lgan intilishlarini rivojlantirish borasida olib borayotgan ishlari tahsinga sazovordir.

⚡️Ustozga mustahkam sog'lik, oilaviy xotirjamlik, kasbiy va ilmiy ishlarida yuksak zafarlar yor bo'lishini tilab qolamiz.

🌐 Telegram | Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Shaxmat
#Tabriklaymiz
#Xiva_shahar_2_son_IM

🏢 Xiva shahar 2-son ixtisoslashtirilgan maktabning Shaxmat to'garagi rahbari Jasurbek Boyjonov shaxmat bo'yicha Xorazm 1-ligasida muvaffaqiyatli ishtirok etib, oliy ligaga yo'llanma oldi!

🏆 Ushbu yutuq bilan Jasurbek Boyjonovni tabriklab, keyingi oliy ligada ham omad yor boʻlishini tilab qolamiz.

🌐 Telegram | Facebook
#Viloyat_Hokimi_Olimpiadasi
#Tabriklaymiz

7-dekabr kuni "Viloyat hokimi olimpiadasi"ning 13-turi Shovot tumanida -6-sinf va 7-8-sinf o‘quvchilari uchun matematika fanidan o‘tkazildi.

💥6 nafar g'oliblarning 5 nafari Agentlik tizimidagi ta'lim muassasalari o'quvchilaridir.

✔️MATEMATIKA 5-6-sinf:

🥈Sharipov Salohiddin -2-o'rin va 4 mln- Yangiariq tumani IM
🥉Og'aboyev Shamsiddin -3-o'rin va 3 mln- Yangiariq tumani IM

✔️MATEMATIKA 7-8-sinf:

🥇Tayirov Tohirjon -1-o'rin va 5 mln- Yangiariq tumani IM
🥈Shavkatov Amirbek -2-o'rin va 4 mln- Yangiariq tumani IM
🥉Xolmetov Kamoliddin - 3-o'rin va 3 mln- Yangibozor tumani IMI

❗️Eslatib o'tamiz, Informatika (sport dasturlashi) boʻyicha Hokim olimpiadasi 13-turi 21-dekabrda oflayn tarzda XORAZM IT PARK binosida o‘tkaziladi.

🌐Telegram|Facebook
#Tabriklaymiz
#Bizning_shunday_oʻqituvchilarimiz_bor
#Urganch_shahar_1_son_IMI

🏢 Urganch shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatining ingliz tili fani o'qituvchisi

✔️ Babajanova Mahfuza IELTS dan 7.5 ballni qo’lga kiritdi.

LISTENING: 7.5
READING: 8.5
WRITING: 7.0
SPEAKING: 6.5

Ustozimizni ushbu natija bilan tabriklab, kelgusi ishlarida ulkan parvozlar tilab qolamiz.

🌐 Telegram | Facebook
#Urganch_1_son_IMI
#tabriklaymiz

⚡️Bugun Urganch shahar 1-son Ixtisoslashtirilgan maktab-internati ochilganligining 2 yilligi munosabati bilan bayram tadbiri boʻlib oʻtdi.

Tadbirda viloyat MMTB Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari faoliyatini muvofiqlashtirish shoʻbasi mudiri Yulduz Atadjanova ham ishtirok qildi.

Badiiy kechada oʻquvchilar maktab-internatni madh qiluvchi she'r va qoʻshiqlar, turli qiziqarli sahna koʻrinishlarini namoyish qilishdi. Bundan tashqari, har bir sinf tomonidan ushbu bayram munosabati bilan bir-biridan chiroyli koʻrgazmalar taqdim qilindi.

Tadbirga oʻtgan o‘quv yilidagi sobiq bitiruvchilar ham taklif qilingan boʻlib, ular ham kechada faol ishtirok qilishdi hamda maktabda kechgan davrlari va talabalik taassurotlari bilan oʻrtoqlashdilar.

🌐 Telegram | Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Tabriklaymiz
#tavallud_kun

⚡️Bugun Xiva shahar 2-son ixtisoslashtirilgan maktabining faol va talabchan, fidoyi va jonkuyar direktori Kuryazova Muborak Sultonboyevnaning tug'ilgan kuni!

Hurmatli Ustoz! Tavallud kuningiz munosabati bilan Sizga sihat-salomatlik, sharafli faoliyatingizda muvaffaqiyatlar va ulkan zafarlar tilaymiz. Doimo sog‘likda, muhabbatda, go’zal tabassumda, el ardog'ida va xayrli ishlarning boshida bo'ling! Ta'lim rivoji yo'lida aslo charchamang!

Yangi yoshingiz yangi imkoniyatlar va yutuqlar olib kelsin!

🌐 Telegram | Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Ogahiy_ijod_maktabi
#Tabriklaymiz

🏢
Muhammad Rizo Ogahiy nomidagi ijod maktabining Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash ishlari boʻyicha direktor oʻrinbosari

Kadamov Tohirjon - Buxoro davlat pedagogika instituti harbiy taʼlim fakulteti boshlig‘i podpolkovnik J.Turayev tomonidan "Harbiy taʼlim fakulteti" koʻkrak nishoni bilan taqdirlandi.


⚡️Ushbu yutuq bilan ustozimizni samimiy tabriklaymiz.

🌐 Telegram | Facebook
#Urganch_shahar_1_son_IMI
#Tabriklaymiz

🌐 Urganch shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatining 9-02 sinf o’quvchilari:

📍Abdullayeva Dilnura;
📍
Jumaboyeva Zubayda

AQSH elchixonasi tomonidan Urganch shahrida ayol va qizlar uchun tashkil qilingan O‘z-o‘zini himoya qilish - "Self-defense camp" loyihasida qatnashib, diplom va kubok bilan taqdirlanishdi.

🌐 Telegram | Facebook
#Tabriklaymiz
#Bogʻot_IM
#kitobxonlik

“YOSH KITOBXON” TANLOVINING 15-19 YOSH TOIFASI BO‘YICHA XORAZM VILOYATI BOSQICHI YAKUNLANDI

📚5-fevral sanasida ziyoli yoshlarning sevimli musobaqalaridan biri – “Yosh kitobxon” tanlovining Xorazm viloyat bosqichi o‘tkazildi.
Batafsil: gov.uz/yoshlar

Tanlovning 15-19 yosh toifasida Bogʻot tuman ixtisoslashtirilgan maktabining 9-sinf o‘quvchisi Farhodova Maftuna faol ishtirok etib, faxrli 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi va planshet, diplom bilan taqdirlandi.

📖 Kitobxon o‘quvchimizning ota-onasi va maktab jamoasini ushbu yutuq bilan samimiy muborakbod etamiz!

🌐 Telegram | Facebook