XORAZM | Ixtisoslashtirilgan maktablar
1.57K subscribers
19.7K photos
1.3K videos
32 files
6.01K links
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligiga qarashli XORAZM viloyatidagi ixtisoslashtirilgan maktablar telegram sahifasi

facebook.com/ima.xorazm
Download Telegram
#Kitobxonlik

📖 Xiva shahridagi Prezident maktabida 5-sinflar o‘rtasida R.Kiplingning “Maugli” asari asosida “Namunali kitobxon sinf” tanlovi bo‘lib o‘tdi.

📖 Yangiariq tuman IMda kutubxona mudiri F.Matyoqubova 7-B sinf o'quvchilari bilan "Jaholatga qarshi ma'rifat" mavzusida davra suhbati o'tkazdi.

📖 Ogahiy ijod maktabi o‘quvchilari Viloyat axborot-kutubxona markaziga sayohat qilishdi. Markaz xodimlari skanerlash, raqamlashtirish hamda raqamlashtirilgan resurslarni qayta ishlash jarayoni bilan tanishtirdilar.

📖 Urganch shahar 1-son IMI kutubxonasida Mark Tven tavalludining 180 yilligi munosabati bilan ko‘rgazma tashkil qilindi va “Tom  Soyerning boshidan kechirganlari” asari bo‘yicha davra suhbati o‘tkazildi.

📖 Xiva shahar 1-son IMIda 8-9-sinf oʻquvchilari oʻrtasida Togʻay Murodning "Yulduzlar mangu yonadi" asari asosida "Yosh kitobxon" tanlovi oʻtkazildi.

📖 Tuproqqalʼa tumani IMning 6-A sinf oʻquvchilari bilan "Besh tashabbus " doirasida kitobxonlik tanlovi oʻtkazildi.

🌐Telegram | Facebook
#Kitobxonlik
#Xiva_shahar_2_son_IM

📚 Xiva shahar 2-son ixtisoslashtirilgan maktabida "KITOB YOʻLIMIZNI YORITGUVCHI MAYOQDIR" shiori ostida kitob marafoni boʻlib oʻtdi.

📖 Jarayon oʻquv soatlari tugagunga qadar davom etdi.

🌐 Telegram | Facebook
#Xiva_Prezident_maktabi
#Kitobxonlik

Xiva shahridagi Prezident maktabi o‘quvchilar va ularning ota-onalari uchun ajoyib bir tashabbusni amalga oshirdi!


📗Maktab va oila o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash va kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish maqsadida, 5-8-sinf o‘quvchilari ota-onalari ishtirokida Xudoyberdi To’xtaboyevning "Mungli ko‘zlar" romaniga bag‘ishlangan kitobxonlik tanlovi o‘tkazildi.

Tanlovda ota-onalar roman mazmuni, asosiy g‘oyalar va personajlar haqidagi bilimlarini namoyish etdilar. Bu tanlov o‘quvchilar uchun ham, ota-onalar uchun ham yangi bilim olish imkoniyatini yaratdi, hamda kitobxonlikka bo‘lgan qiziqishni oshirdi.

🌐 Telegram | Facebook