XORAZM | Ixtisoslashtirilgan maktablar
2.13K subscribers
23.4K photos
1.6K videos
32 files
6.99K links
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligiga qarashli XORAZM viloyatidagi ixtisoslashtirilgan maktablar telegram sahifasi

facebook.com/ima.xorazm
Download Telegram
#Xonqa_IM

TAʼZIYA

Bugun, 2025-yil 29-mart kuni qadrli va sevimli ustoz, ko‘p yillik tajribali pedagog, xalq taʼlimi sohasida 40 yildan oshiq fidokorona mehnat qilib kelgan, rahbarlik lavozimlarida ko‘p yillar davomida samarali ishlagan, bugungi kungacha Xonqa tuman ixtisoslashtirilgan maktabida maktab maslahatchisi lavozimida faoliyat yuritib kelgan jonkuyar va fidoyi ustozimiz Jabborov O‘ktambek Fayzullayevich 63 yoshida olamdan o‘tdilar.

Xorazm viloyati Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi jamoasi va Xonqa tuman ixtisoslashtirilgan maktabi jamoasi marhum ustozimizning oila aʼzolari va yaqinlariga chuqur taʼziya bildiradi.

Ustozning oxiratlari obod bo‘lsin!

Janoza namozi bugun soat 16:00 da o'qiladi.
#Kun_qahramoni
#Xonqa_IM

Xonqa tuman ixtisoslashtirilgan maktab o‘qitivchisi

Rajabova Guljaxon Matrzayevna -
Ona tili va adabiyot (oʻzbek sinflar uchun) fani bo‘yicha 80 ball bilan kun qahramoni bo‘ldi.

🌐 Telegram | Facebook
#Tayinlov
#Xonqa_IM

▫️ Erkinova Ullijon Qahramon qizi - Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Xonqa tumani ixtisoslashtirilgan maktabiga Maktab maslahatchisi lavozimiga tayinlandi.

Ullijon Erkinova tayinlovga qadar Xiva shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatida Maktab maslahatchisi lavozimida faoliyat olib borgan.

U.Erkinovaga yangi jamoadagi ushbu masʼuliyatli vazifani bajarishda ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz.

🌐 Telegram | Facebook
#Muhammad_Yusuf_71
#Bogʻot_IM
#Xonqa_IM

Betakror shoir Muhammad Yusuf tavalludining 71-yilligi munosabati bilan:


Xonqa tuman ixtisoslashtirilgan maktabida bayram tadbiri tashkillashtirildi. Tadbirda o‘quvchilar shoirning hayot yo‘li, ish faoliyati, yaratgan asarlari haqida ma'lumotlar berib, go‘zal she'rlaridan namunalar ijro etdilar.

Bog'ot tuman  ixtisoslashtirilgan maktabida 6-sinf o'quvchilari tasviriy san'at darsida "Muhammad Yusuf siymosi" mavzusida adibning portretini chizishdi, shuningdek, maktabda adabiy-maʼnaviy tadbir ham tashkil etildi.

🌐 Telegram | Facebook
#Ochiq_eshiklar_kuni
#Xonqa_IM

💢 Xonqa tuman ixtisoslashtirilgan maktabida ushbu dargohga qiziqish bildirgan o'quvchilar va ularning ota-onalari uchun "Ochiq eshiklar kuni" o‘tkazildi.

✔️ Kelganlarga ekskursiya orqali maktab hududi tanishtirildi. Shuningdek, tajribali ustozlar tomonidan laboratoriya xonalari, muvaffaqiyatli o'quvchilar, maktabning yutuqlari haqida maʼlumotlar berildi.

🌐 Telegram | Facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Xonqa_IM
#OAV_biz_haqimizda

Najot bilimda | Xonqa tuman ixtisoslashtirilgan maktabi o‘qituvchilari va o‘quvchilari faoliyati, bugungi kunda ushbu maktabda olib borilayotgan taʼlim-tarbiya jarayoni, erishilayotgan yuqori natijalar.
#xorazmMTRK

🌐 Telegram | Facebook
#Xonqa_IM
#Ochiq_eshiklar_kuni

Xonqa tuman ixtisoslashtirilgan maktabida o'tkazilgan navbatdagi "Ochiq eshiklar" kunida tumandagi umumtaʼlim maktablari o‘quvchilariga ixtisoslashtirilgan maktabning aʼlochi va jamoatchi, faol o‘quvchilari tomonidan "O‘quvchi - o‘quvchiga" tamoyili asosida ushbu maskandagi taʼlim-tarbiya jarayoni, imkoniyatlar, qo‘lga kiritgan yutuqlar haqida maʼlumotlar berildi.

Tadbir davomida mehmon o‘quvchilar maktab bo‘ylab sayohat qilishdi va sinflarda o‘tkazilayotgan to‘garak jarayonlari bilan ham tanishdilar.

🌐 Telegram | Facebook
#Amaliy_mashgʻulot
#Xonqa_IM

Xonqa tuman ixtisoslashtirilgan maktabining 8-sinf o'quvchilari biologiya fani o'qituvchisi Muazzamxon Bekchanova boshchiligida dars davomida "Inson organizmida transport va immun sistemasini taminlovchi qon aylanish sistemasi va qonning tarkibi" mavzusini nazariy o'rganib bo'lgach, amaliyot bilan mustahkamlash maqsadida "Toshkent-Shifo" xususiy klinikasida amalaiy mashgulot o'tkazishdi.

🩸Bu yerda o'quvchilar qonning qismlarini sentrafugada plazma va shakilli elementlarga ajralishi, qon guruhlarini hamda Rh omilni aniqlash kabi labaratoriya ishlarini kuzatib, o'zlari ham amaliy ish jarayonlarida ko'nikma hosil qilishdi.

🌐 Telegram | Facebook
#Muddatidan_oldin_talabalik
#Xonqa_IM

Xonqa tuman ixtisoslashtirilgan maktabining 11-sinf o'quvchisi

Xudayberganov Abrorbek
muddatidan oldin xalqaro toifadagi Westminster universitetining talabasi bo'ldi.

Shuningdek, Abrorbek "Yangi O'zbekiston" universitetidan ham 1 yillik grant dasturi uchun qabul xati qabul qildi.

❗️
Eslatib o'tamiz, o'quvchimiz ingliz tili bilish bo'yicha xalqaro IELTS sertifikati 7 ball, xalqaro matematika SAT sertifikatining 1300 ball sohibi.

Abrorbekka keyingi o'qish faoliyatida omad tilab qolamiz!

🌐 Telegram | Facebook
#Xonqa_IM
#Soʼnggi_qoʼngʼiroq

🔔 Bugun Xonqa tuman ixtisoslashtirilgan maktabida "Ilm - eng buyuk sharaf" shiori ostida "So‘nggi qo‘ng‘iroq" tadbiri o‘tkazildi.

Tadbirda Xonqa tuman maktabgacha va maktab taʼlimi bo‘limi mudiri S.Ramazonov, faxriy mehmon F.Sobirovlar qatnashib o‘quvchilarni qutlashdi.

O‘quv yili davomida o‘tkazilgan fan olimpiadalarida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan 28 nafar o‘quvchilarga "Faxriy yorliq"lar, farzand tarbiyasida o‘rnak bo‘lgan ota-onalarga Xorazm viloyati hokimi, viloyat Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi, tuman MMTBning "Tashakkurnoma"lari, o‘quv yili davomida yutuqlarga erishgan 12 nafar fidoiy ustozlar "Maqtov yorlig‘i" bilan taqdirlandilar.

♦️ Maʼlumot uchun, 2024-2025-o‘quv yilida maktabning 11-sinfini 58 nafar, 9-sinfini esa 96 nafar o‘quvchilar bitirmoqda.

🌐 Telegram | Facebook
#Xonqa_IM
#Sertifikatlar

❗️Xonqa tumani ixtisoslashtirilgan maktabi oʻquvchilari 2024-2025-oʻquv yilida :

— 23 ta IELTS,
— 40 ta CEFR,
— 60 ta MILLIY,
— 17 ta SAT,


Jami hisobda 1️⃣4️⃣0️⃣ ta xalqaro va milliy sertifikatlarni qoʻlga kiritishdi.

🌐 Telegram | Facebook
#Intellektual_olimpiada
#Xonqa_IM

💢 Bugun Xonqa tuman ixtisoslashtirilgan maktabida o'quvchi yoshlarning aqliy qobiliyatlarini charxlashga mo'ljallangan "Intellektual olimpiada"ning 1-bosqich "Zakovat" o'yini bo'lib o'tdi.

O'yinda jami 5 ta jamoa qatnashdi, alohida mahalla va Urganch shahar 1-son IMI jamoasi ham qatnashgani alohida ahamiyatga ega.

🌐 Telegram | Facebook