XORAZM | Ixtisoslashtirilgan maktablar
1.58K subscribers
19.5K photos
1.28K videos
32 files
5.97K links
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligiga qarashli XORAZM viloyatidagi ixtisoslashtirilgan maktablar telegram sahifasi

facebook.com/ima.xorazm
Download Telegram
#Akademik_va_yoshlar_uchrashuvi
#Qoʼshkoʼpir_IM

⚡️Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi  Qo'shko'pir tuman ixtisoslashtirilgan maktabi o'quvchi yoshlari bilan Xiva shahridagi Ma'mun akademiyasida  8-noyabr kuni Akademik Behzod Sodiqovich Yuldashev xotirasiga bag'ishlangan "Akademik va yoshlar: Ilm-fan taraqqiyotini yoshlar yaratadi! " mavzusida ilmiy-ijodiy uchrashuv tashkil qilindi.

Uchrashuvda Fanlar akademiyasi Matematika instituti laboratoriya mudiri, fizika-matematika fanlari doktori Abdulla Azamov va Fanlar akademiyasi fizika-matematika va texnika bo'limi rahbari, fizika-matematika fanlari doktori Baxramov Sagdulla Abdullayevichlar ishtirok qilishdi.

📎 Uchrashuvdan maqsad: Akademiklarni yoshlar orasida tanitish, ularning faoliyatlari, ilmiy ishlarini keng targ'ib etish, yosh olimlar, tadqiqotchi va iqtidorli talabalar orasida zamonaviy bilimlarni egallash, ilm olishga bo'lgan qiziqishlarini oshirishdan iborat

 🌐 Telegram | Facebook
#Qoʼshkoʼpir_IM
#Konstitutsiya_32

🇺🇿  “Konstitutsiya – baxtimiz qomusi” shiori ostida maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar, insho va diktant tanlovlari boʻlib oʻtmoqda.

📍 Qo‘shko‘pir tumani IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABI -

https://t.iss.one/qushkupirPIIMAschool
#tadbir
#Qoʼshkoʼpir_IM

⚡️ Qo'shko'pir tuman ixtisoslashtirilgan maktabida Muhammad Rizo Ogahiy tavalludining 215 yilligiga bag'ishlab "NAZM ICHRA BIR GAVHAR" deb nomlangan tadbir bo'lib o'tdi.

O'quvchilar olgan bilimlarini sinovdan o'tkazish va yanada mustahkamlash maqsadida ikkala sinf o'quvchilari o'rtasida ZAKOVAT o'yini ham tashkillashtirildi.

🌐 Telegram | Facebook
#milliy_sertifikat
#IELTS
#Qoʼshkoʼpir_IM

⚡️Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Qo'shko'pir tuman ixtisoslashtirilgan maktabining bir guruh o'quvchilari 2024-2025-o'quv yilida dastlabki milliy va xalqaro sertifikatlarni qo'lga kiritishdi.

👏 O‘quvchilarning kelgusidagi o'qish va ishlarida ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz.

🌐 Telegram | Facebook