XORAZM | Ixtisoslashtirilgan maktablar
1.54K subscribers
20.1K photos
1.35K videos
32 files
6.14K links
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligiga qarashli XORAZM viloyatidagi ixtisoslashtirilgan maktablar telegram sahifasi

facebook.com/ima.xorazm
Download Telegram
#FAXRIMIZ
#TABRIKLAYMIZ
#Urganch_shahar_1_son_IMI

⚡️Urganch shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatining ona tili va adabiyot fani o’qituvchisi

ASALXON YULDASHEVA

“Yilning eng yaxshi o‘zbek tili o‘qituvchisi”
tanlovining respublika bosqichida faxrli 4-o’rinni egallab

IJODKOR O’QITUVCHI nominatsiyasi sohibi bo‘ldi.

💥
Ustozimizni ushbu yutug’i bilan samimiy muborakbod etib, kelgusi faoliyatlariga omadlar tilab qolamiz!

🌐 Telegram | Facebook
Forwarded from Grantlar.uz
The Earth Prize: maktab, litsey va kollej oʻquvchilari uchun mukofot jamgʻarmasi 100 ming dollardan ortiq boʻlgan tanlov!

Tanlovda 13-19 yoshli oʻrta taʼlim muassasasi oʻquvchilari qatnashishi mumkin. Tanlov onlayn formatda va ingliz tilida boʻlib oʻtadi.

Ishtirokchilar ekologik barqarorlikka oid ijobiy oʻzgarish olib keladigan yechim taklif qilishi kerak boʻladi.

Mukofotlar:
– Mintaqaviy gʻolib (jami 7 ta): 12 500 dollar
– Yil pedagogi (3 nafar): 2500 dollar
– Yil mentori (3 nafar): 2500 dollar

Nomzodlar bu tanlovda qatnashish uchun 2024-yil 30-noyabrgacha roʻyxatdan oʻtishi kerak.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/the-earth-prize-maktab-litsey-va-kollej-oquvchilar-uchun-tanlov/

@grantlar
#Zakovat
#Yangibozor_IMI

Yangibozor tumanida "Besh tashabbus olimpiadasi"ning 2024-yilgi mavsumida umumta'lim maktablari o'quvchilari o'rtasida"Zakovat" intellektual o'yini o'tkazildi.

Ikki tur o'yin yakuniy natijalariga ko'ra

🥇Yangibozor tumani ixtisoslashtirilgan maktab-internati o'quvchilar jamoasi 1-o'rinni egallab g'olib bo'ldi.

⚡️Maktab-internatning "Jentelmenlar" jamoasini tabriklaymiz va hamisha omad yor bo'lishini tilaymiz!!!

🌐 Telegram | Facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Yangiliklar

“BBC News” O‘zbekistonni kuz ranglarida namoyish etdi

“BBC News” efirida “O‘zbekistonda fasllar” loyihasining davomi - “O‘zbekistonda kuz” nomli video hikoya ko‘rinishidagi navbatdagi reklama kampaniyasi taqdim etildi.

Ma’lumot uchun: “BBC News” xalqaro ommaviy axborot kanali hisoblanadi. “BBC” tarkibiga kiradi. Korporatsiyaning barcha telekanallari orasida eng mashhuri hisoblanadi.

🌐 Telegram | Facebook
#ona_tilim_faxrim

O'zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kunning 35 yilligi munosabati bilan:

🪄 Ogahiy nomidagi ijod maktabida 21-oktabr - O'zbek tili bayrami munosabati bilan 10-11-sinf o‘quvchilarining bilim darajasini sinovdan o‘tkazish maqsadida diagnostik test sinovi olindi. 18-oktabr kuni iste'dodli o'quvchilar ishtirokida "Eng yaxshi she'rxon" bellashuvi o'tkazildi. Unda o‘quvchilar "She'rxonlik", "G‘azalxonlik" va "Bahribayt" shartlari bo‘yicha o‘zaro bellashdilar.

🪄 Urganch shahar 1-son IMIda ona tili va adabiyot fani o’qituvchisi G.Rahimova rahbarligida 5-7-sinf oʻquvchlari oʻrtasida "O‘zbek tilim - faxrim, g‘ururim” mavzusida insholar tanlovi o’tkazildi. Shuningdek, maktab-internat kutubxonasi mudiri I.Ibragimova rahbarligida faol kitobxonlar bilan "Til - millat ko'zgusi" mavzusida tadbir tashkil qilindi.

🪄 Bog'ot tuman ixtisoslashtirilgan maktabida 5-A sinf o'quvchilari ishtirokida "Til va madaniyat" mavzusida qo'lda chizilgan rasmlar tanlovi o'tkazildi.

🌐 Telegram | Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Bogʻot_IM
#ona_tilim_faxrim

Bog'ot tuman ixtisoslashtirilgan maktabining o'qituvchi va o'quvchilari tomonidan bayram munosabati bilan tayyorlangan chellenj.

🎗Barchamizga bayram muborak bo'lsin!

🌐 Telegram | Facebook
#Xalqaro_hamkorlik
#Kasbiy_rivojlanish

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi hamda vazirlik tizimidagi Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi mutaxassislari Buyuk Britaniyada malaka oshirishayotgani haqida xabar
bergan edik.

📍Delegatsiya vakillari dastur davomida Cambridge Assessment International Education tashkiloti imtihonlarini ishlab chiqish bilan shug'ullаnuvchi Cambridge University and Assessment DC10 tashkilotida bo'lishdi.

👉
Unda tashkilot tomonidan dunyoning ko’plab mamlakatlarida tashkil etiladigan xalqaro imtihonlarning:

✔️tashkil etilish jarayonlari,
✔️imtihon materiallarining chop etilishi, saqlanishi,
✔️mazkur imtihon materiallarining xorijiy mamlakatlarga yetkazilishi jarayonlari bilan tanishishdi.


Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐
Youtube 🌐 Instagram
🔎
Veb-sayt 😄 Linkedin
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda
#Qoʼshkoʼpir_IM

⚡️ Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Qo'shko'pir tuman ixtisoslashtirilgan maktabi faoliyati Xorazm viloyat teleradiokampaniyasining "Najot bilimda" ko'rsatuvida yoritildi.

Ko'rsatuv davomida maktabda o'quvchilar uchun yaratilgan sharoitlar va maktab jamoasi haqida ma'lumot berildii.

📌Ko'rsatuvni tomosha qilishni tavsiya qilamiz.

🌐 Telegram | Facebook