XORAZM | Ixtisoslashtirilgan maktablar
2.57K subscribers
24.1K photos
1.64K videos
36 files
7.26K links
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligiga qarashli XORAZM viloyatidagi ixtisoslashtirilgan maktablar telegram sahifasi

facebook.com/ima.xorazm
Download Telegram
#Xonqa_IM
#Sertifikatlar

🏢Xonqa tuman ixtisoslashtirilgan maktabining bir qator o'quvchilari 2024-2025-o'quv yili davomida xalqaro darajadagi hamda umumta'lim fanini bilish darajasi bo'yicha milliy sertifikatlarni qo'lga kiritib kelmoqdalar.


📈IELTS sertifikatni qo'lga kiritgan o'quvchilar:

IELTS 7.0 10-sinf Nuraddinov Shohjahon
IELTS 7.0 10-sinf Yo'ldoshov Xasanboy
IELTS 7.0 10- sinf Yo'ldoshov Husanboy
IELTS 7.0 11-sinf Xudoyberganov Abror
IELTS 7.0 11- sinf Karimov Javohir
IELTS 6.5 11- sinf Raximberdiyeva Malika
IELTS 6.5 11- sinf Jumaniyozova Feruza
IELTS 6.5 11-sinf Saparmamatova Maftuna

📈 CEFR sertifikatini qo'lga kiritgan o'quvchilar:

❇️ CEFR B2 9- sinf Bahodirov Orzubek
❇️ CEFR B2 8-sinf Quvondiqov Akmalbek
❇️ CEFR B2 7-sinf Baxtiyorov Eldorbek
❇️ CEFR B2 11- sinf Iskandarova Zebiniso
❇️ CEFR B2 11- sinf Otaxonova Asaloy
❇️ CEFR B2 11- sinf Rahimova Shaydoxon
❇️ CEFR B2 11- sinf Yusufboyeva Mohidil
❇️ CEFR B2 10- sinf Sherimova Sevinchoy

📈 Umumta'lim fanini bilish darajasi bo'yicha milliy sertifikatni qo'lga kiritgan o'quvchilar:

✳️ Matematika 80.82% 11 sinf Rajabboyeva Xonzoda
✳️ Kimyo A+ 11- sinf Ahmedov Jo'shqin
✳️ Kimyo C+ 11-sinf Davletov Mirzohid
✳️ Matematika C 11-sinf Otaxonov Valibek

⚡️TEZ ORADA YANA BIR QATOR NATIJALAR BILAN SIZLARNI MAMNUN ETAMIZ❗️

🌐 Telegram | Facebook
2👍1
#Kitobxonlik

🔘 Xiva shahar 2-son ixtisoslashtirilgan maktabida sentabr oyi uchun mo'ljallangan asarlar asosida "YOSH KITOBXON" tanlovi bo'lib o'tdi.

🔘 8-oktabr kuni Urganch shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatida O'tkir Hoshimovning "Dunyoning ishlari" asari bo 'yicha 2 ta shart asosida "YOSH KITOBXON" tanlovi o'tkazildi.
10-oktabr kuni esa kutubxona mudiri I.Ibragimova tomonidan 5-6-sinf o'quvchilari bilan yozuvchi Ernest Xemingueyning "Chol va dengiz" asari bo'yicha ovozli o'qish hamda mazkur asar yuzasidan savol-javob o'tkazildi.

🔘Shovot tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internat kutubxonasida "Men sevgan adib" mavzusida davra suhbati bo'lib o'tdi.

🔘 Xiva shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati kutubxonachisi O.Jumaniyazova hamda tarbiyachi I.Jumaniyazovalar boshchiligida 8 B-sinf o'quvchilari ishtirokida "Kuntug'mush" dostoni borasida davra suhbati o'tkazildi.

🌐 Telegram | Facebook
👏1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Yangiariq_IM
#Jadidchilik

Tarixiy xotira, ma'naviy va ruhiy tarbiya - Yangi O'zbekiston poydevori


📰 O'zbekiston tarixida, madaniyatida, adabiyotida o'chmas iz qoldirgan Jadid bobolarimizni, ularning faoliyati, erishgan yutuqlari va amalga oshirgan islohotlarini yosh avlodga yanada yaqinroq tanishtirish maqsadida Yangiariq tuman ixtisoslashtirilgan maktabida amalga oshirilayotgan ishlar haqida videolavha.

🌐 Telegram | Facebook
🔥2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Amaliy_mashgʻulot
#Xiva_Prezident_maktabi

🇺🇿 Xiva shahridagi Prezident maktabi CHQBT fani o’qituvchisi R.Ruzimov 11-sinf o’quvchilariga AK-74 avtomatini noto’liq qismlarga ajratish va yig'ish mashg’ulotini o’tkazdi.

🌐 Telegram | Facebook
👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#loyiha_ishi
#Tuproqqalʻa_IM

🎞 Tuproqqal'a tuman ixtisoslashtirilgan maktabining

5-Green sinf o‘quvchilari tomonidan ingliz tili fanidan "The environment" mavzusidagi loyiha ishi
tayyorlandi.

🌐 Telegram | Facebook
👍51
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
E'LON

DXX akademiyasiga qabul boshlandi

2025/2026-o‘quv yili uchun “Amir Temur“ nomidagi O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati akademiyasida bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha kunduzgi ta’lim shaklida o‘qishga saralash bosqichi boshlandi.

🟢 O‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlar 2024-yil 10-oktabrdan 10-noyabrgacha Bilim va malakalarni baholash agentligining veb-sayti orqali ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.

Bizning sahifalarimiz:
🔹Telegram 🔹Facebook 🔹 Instagram 🔹YouTube
#Ona_tilim_faxrim
#Xiva_Prezident_maktabi

Xiva shahridagi Prezident maktabida "21-oktabr – Oʻzbek tili bayrami kuni”  hamda o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligiga 35 yil to‘lishi munosabati bilan "Qadring baland bo'lsin, ona tilim!" mavzusida davra suhbati o'tkazildi.

⚡️Ushbu jarayon qiziqarli fikr-mulohazalarga boy bo'ldi. O'quvchilar ona tilimizning nufuzini dunyo miqyosida ko'tarish va buning ahamiyati haqida asosli fikrlar bildirdilar. Tilimiz nufuzini ko'tarish uchun takliflar berdilar. Quvonarlisi shundaki, o'quvchilar bu jarayonni maktabdan boshlash g'oyasini ilgari surdilar.

Suhbatda maktabning ma'naviy - ma'rifiy ishlar bo'yicha direktor o'rinbosari A. Eshmetova, sinf tarbiyachisi M.Roximova, ona tili va adabiyot fani o'qituvchisi Sh.G'ulamovalar ishtirok etishdi.

🌐 Telegram | Facebook
#Davra_suhbati
#Xiva_shahar_2_son_IM

👧🏻 11-oktabr - "Xalqaro qizlar kuni!"

▫️Ushbu kun munosabati bilan 𝐗𝐢𝐯𝐚 𝐬𝐡𝐚𝐡𝐚𝐫 𝟐-𝐬𝐨𝐧 𝐢𝐱𝐭𝐢𝐬𝐨𝐬𝐥𝐚𝐬𝐡𝐭𝐢𝐫𝐢𝐥𝐠𝐚𝐧 𝐦𝐚𝐤𝐭𝐚𝐛𝐢𝐝𝐚 davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Maktabning Ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha direktor o'rinbosari Maqsuda Matyoqubova hamda maktabning xotin-qizlar yetakchisi Sayyora Salayevalar eng tashabbuskor o'quvchi qizlardan "Qizlar klubi" ni shakllantirishdi. Bo'lib o'tgan davra suhbatida qizlar o'z tashabbuslari bilan chiqishdi.

Jamoa tuzilgan reja asosida oktabr oyi uchun "𝘾𝙡𝙚𝙖𝙣 𝙖𝙧𝙚𝙖" (𝙏𝙤𝙯𝙖 𝙝𝙪𝙙𝙪𝙙) loyihasini amalga oshirishi belgilab olindi.


🌐 Telegram | Facebook
👍3
#kasbga_yònaltirish
#Shovot_IMI

⚡️SHOVOT TUMAN IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTAB-INTERNAT O'QUVCHILARI SANOAT KORXONASIDA

❇️10-oktabr kuni Shovot tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internatining 10-A sinf o'quvchilari, maktab-internat maslahatchisi D.Iskandarova, maktab-internat psixologi H.Yusupova hamda Z.Kalonovalar birgalikda Shovot tuman "Textile Finance Khorezm" MCHJ da bo'lishdi.

❗️O'quvchilarga dastlab texnika xavfsizligiga mas'ul xodim korxonaning texnika xavfsizlik qoidalari bilan tanishtirdi.

🏢Korxonaning sifat bo'yicha menejeri DUSHAMOV SARDOR korxonadagi ishlab chiqarish jarayonlarini xususan, paxta tolasidan ip ishlab chiqarishgacha bo'lgan jarayonlarni bosqichma-bosqich o'quvchilarga tushuntirib berdi hamda korxonaning yutuqlari haqida yaqindan tanishtirdi.

🌐 Telegram | Facebook