XORAZM | Ixtisoslashtirilgan maktablar
1.58K subscribers
19.4K photos
1.28K videos
32 files
5.93K links
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligiga qarashli XORAZM viloyatidagi ixtisoslashtirilgan maktablar telegram sahifasi

facebook.com/ima.xorazm
Download Telegram
#Tarbiyachilar_faoliyatidan
#Xiva_Prezident_maktabi

🟢 8-sentabr kuni Xiva shahridagi Prezident maktabida 5 ta muhim tashabbus doirasida pedagog-tarbiyachilar tomonidan Yakshanba - dam olish kunida o'quvchilarning bo'sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo'yicha quyidagi ishlar amalga oshirildi:

🎤 O'quvchilarning tanqidiy fikrlash qobiliyatlarini rivojlantiruvchi interaktiv o'yinlar o‘tkazildi.

📽 O'quvchilar buyuk sarkarda Jaloliddin Manguberdi haqidagi "Mendirman Jaloliddin" nomli tarixiy serialning 1-qismini tomosha qilishdi.

⚽️ Ochiq sport maydonida sinflar o'rtasida "Futbol" musobaqasi bo'lib o'tdi.

🏐 Ochiq sport majmuasida "Volleybol" musobaqasi tashkil etildi.

🔵 O'quvchilar turar joyida shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilgan holda tozalik kuni bo'lib o'tdi.

📖 O'quvchilar ustozlar tomonidan berilgan uyga vazifalarni bajarishlari nazorat qilindi.

🌐 Telegram | Facebook
#Bizning_shunday_oʻquvchilarimiz_bor
#SAT_result

⚡️Oʻquvchimiz SAT imtihonida yuqori natija koʻrsatdi

🤩 Xiva shahridagi Prezident maktabining 11-sinf oʻquvchisi Yusufboy Yusupov 1550 ballik natija bilan SAT sertifikatiga ega boʻldi.

🗣Ma’lumot uchun, SAT sertifikati xalqaro miqyosda tan olingan bo‘lib, dunyoning nufuzli universitetlariga o‘qishga kirish va grantlar yutib olishning asosiy mezonlaridan biri hisoblanadi.

SAT (Scholastic Aptitude Test) akademik baholash testi bo‘lib, 1926-yildan buyon o‘tkazib kelinmoqda. Baholash mezoni 400-1600 ball shkalasida bo‘ladi.

💫Oʻquvchimizning kelgusidagi oʻqish va ishlarida omad va ulkan zafarlar tilaymiz!

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#oʻquvchilar_oʻqishini_koʻchirish
#transfer_piima_uz

🔔 OTA-ONALAR DIQQATIGA!

🤩 Agentlik tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktablarda 2024/2025-o‘quv yilida oʻquvchilarning oʻqishini bir hududdan boshqa hududga ko‘chirishga zarurat tug‘ilayotgan bo‘lsa, Agentlikka ariza yuborishni yanada soddalashtirish, qoʻshimcha qulaylik yaratish maqsadida transfer.piima.uz platformasi ishlayotganini eslatib oʻtamiz.

📆 Arizalarni joriy yilning 10-sentyabr sanasidan Respublikamizning barcha hududlaridan turib mazkur platforma orqali Agentlikka tez va oson yuborishingiz mumkin.

Arizalar https://transfer.piima.uz/application manzili orqali qabul qilinishini ma’lum qilamiz.

📝Ariza topshirish jarayonlari quyidagicha:
O‘quvchining ota-onasi yoki ularning o‘rnini bosuvchi qonuniy vakilining familiyasi, ismi va otasining ismi, telefon raqami to‘liq kiritilishi;
arizaning qisqacha mazmuni (o‘qishini ko‘chirish sababi);
o‘quvchining familiyasi, ismi va otasining ismi, tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomasining seriya va raqami, o‘qiyotgan maktabi, sinfi, yo‘nalishi, o‘qishini ko‘chirmoqchi bo‘lgan maktabi;
ko'chirishga asos bo'luvchi hujjat (PDF formatda) nusxasi yuklash talab etiladi.

❗️ESLAB QOLING!

Platforma orqali ariza yuborilganidan keyin avtomatik shaklda taqdim etiladigan KALIT SOʻZ saqlab qoʻyilishi kerak! Ushbu kalit soʻz yordamida arizangiz holatini tekshirib koʻrishingiz mumkin.

⚠️ Belgilangan hujjatlar arizaga ilova qilinmasa ariza rad etilishiga sabab boʻladi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Transfer
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM