Forwarded from Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
#New_Uzbekistan_university
#soʻragan_edingiz
❓ KUTISH RO‘YXATI (PENDING LIST)DA TURGAN TALABGORLAR O‘QISHGA QABUL QILINADIMI?
✅ Agentlik tizimidagi "Yangi O‘zbekiston" universitetiga o‘qishga imtihon topshirgan va shaxsiy kabinetida kutish ro‘yxati (pending list)da turgan talabgorlar imtihondan o‘tganini, ammo tanlagan yo‘nalishiga ajratilgan kvota cheklanganligi bois kutish statusida ekanini bildiradi.
💫 Kvota doirasida bo‘sh joylar mavjud bo‘lganda kutish ro‘yxatidagi talabgorlar ballar ketma-ketligi asosida yuqoridan pastga tartibida o‘qishga taklif etiladi.
📆 Ushbu talabgorlar statusi 15-avgustga qadar o‘zgarishi mumkin. Ko‘rsatilgan muddatga qadar shaxsiy kabinetingizni tekshirib borishni tavsiya etamiz.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
#soʻragan_edingiz
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
#New_Uzbekistan_university
⚡️“Yangi Oʻzbekiston” universitetida Tanishtiruv haftaligi muvaffaqiyatli yakunlandi
Universitetda birinchi kursga qabul qilingan talabalar uchun har yili an’anaviy tarzda Tanishtiruv haftaligi oʻtkazilib, talabalarni universitet hayoti va ta’lim jarayonlariga moslashtirish maqsad qilingan.
Tanishtiruv haftaligining oxirgi kunida “Talabalik muborak” deb nomlangan tadbir tashkil etilib, unda oʻtgan o‘quv yili davomida koʻplab yutuqlarga erishgan faol talabalar turli nominatsiyalarida taqdirlandi.
Shuningdek, Talabalar kengashi prezidenti inauguratsiyasi va hafta davomida tashkil etilgan turli intellektual oʻyinlar va sport musobaqalarida gʻolib boʻlgan 1-bosqich talabalari ham taqdirlandi.
Yangi oʻquv yili davomida talabalarimizning oʻqishlariga omad tilaymiz!