XORAZM | Ixtisoslashtirilgan maktablar
1.55K subscribers
20K photos
1.34K videos
32 files
6.11K links
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligiga qarashli XORAZM viloyatidagi ixtisoslashtirilgan maktablar telegram sahifasi

facebook.com/ima.xorazm
Download Telegram
#olimpiada
#Bogʼot_IM
#tabriklaymiz

"AL-XORAZMIY AVLODLARI" OLIMPIADASI G‘OLIBLARI TAQDIRLANDI

🔹Viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi hamda Ichki ishlar boshqarmasi hamkorligida "Kibermadaniyatni yuksaltirish oyligi" doirasida o‘tkazilgan "Al-Xorazmiy avlodlari" onlayn olimpiadasining viloyat bosqichida

Bogʻot tuman ixtisoslashtirilgan maktabining
8-A sinf o‘quvchisi Atajanov Jamshidbek faxrli 🥇o‘rinni
7-B sinf o‘quvchisi O‘ktamov Shohjahon faxrli 🥈 o‘rinni egallagani haqida xabar berilgan edi.

✔️ 31-iyul kuni Xorazm viloyati IIB boshlig‘i polkovnik R.Sultanxodjayev ushbu oylik doirasidagi tanlovlarda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan jamoatchilik faollari va olimpiada g‘oliblarini qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirladi.

⚡️G‘olib o‘quvchlar va ularning ustozlari YUSUPOV DILMUROD va RO‘ZIBOYEV SIROJBEK larni ham ushbu muvaffaqiyat bilan tabriklaymiz. Maktab jamoasining kelgusidagi faoliyatiga omad va muvaffaqiyatlar yor bo'lishini tilab qolamiz!

🌐 Telegram | Facebook
#olimpiada_2024
#kutib_olish

⚡️TOSHKENTDA PARIJ-2024 SOVRINDORLARI VA ISHTIROKCHILARINI TANTANALI KUTIB OLISH MAROSIMI BOʻLIB OʻTDI

Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi rahbariyati va xodimlari, Agentlik tizimidagi poytaxtda joylashgan maktablar o’qituvchilari, jumladan, Bahodir Jalolov nomidagi boksga ixtisoslashtirilgan sport maktabining murabbiy va oʻquvchilari qahramonlarimizni kutib olish maqsadida Toshkent xalqaro aeroportida boʻlishdi.

Maʼlumot uchun, Vatanimiz sharafini himoya qilgan qahramonlarimiz yakunda 8 ta oltin, 2 ta kumush va 3 ta bronza, jami 13 ta medalni qo‘lga kiritib, tarixiy rekord natija qayd etishdi hamda umumjamoa hisobida ham 13-o‘rinni egallashdi.

Bahodir Jalolov nomidagi boksga ixtisoslashtirilgan sport maktabimizdan Vatanimiz nomini yanada yuksaklarga ko’taradigan mohir sportchilarimiz, jahon va Olimpiada chempionlari yetishib chiqishiga ishonamiz.

Telegram
| Facebook | Instagram | YouTube
#olimpiada
#Bogʻot_IM

Bugun Bogʻot tuman ixtisoslashtirilgan maktabida boshlangʻich sinf oʻquvchilari uchun "Qiziqarli matematika" olimpiadasi boʻlib oʻtdi.

Olimpiadada Prezident va ixtisoslashtirilgan maktablarga kirish istagida bo'lgan umumta'lim maktablarining 2-,3-,4-sinf o'quvchilari uchun matematika fanidan yoshiga mos darajadagi testlar berildi.

➡️ Shuningdek, o'quvchilar va ularning ota onalari maktabda yaratilgan sharoit va imkoniyatlar, qisqa muddatda erishilgan yutuqlar bilan yaqindan tanishtirildi.

🌐 Telegram | Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Robo_Coding
#Olimpiada

⚙️ 25-yanvar kuni  bo‘lib o‘tgan “Robo-Coding” olimpiadasining (9-11-sinf o‘quvchilari) Xorazm viloyati hududiy bosqichi videolavhalarda.

🌐 Telegram | Facebook