XORAZM | Ixtisoslashtirilgan maktablar
1.55K subscribers
20.2K photos
1.35K videos
32 files
6.15K links
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligiga qarashli XORAZM viloyatidagi ixtisoslashtirilgan maktablar telegram sahifasi

facebook.com/ima.xorazm
Download Telegram
#Yangiariq_IM
#Urganch_shahar_1_son_IMI
#olimpiada
#tabriklaymiz

📊 "ULUG‘BEK IZDOSHLARI" olimpiadasining 4-mavsum finali - "YOZGI MAKTAB-2024" natijalariga ko'ra, taqdirlash marosimi Toshkent shahridagi Turin Politexnika universitetida bo'lib o'tdi.

🏆 G‘oliblar mos ravishda planshetlar, smartfon, simsiz quloqchin va SmartWatch soatlari bilan taqdirlanishdi.
📔 Shuningdek, har bir ishtirokchiga sertifikat, maxsus kitob va esdalik sovg‘alari taqdim etildi.

Ushbu olimpiadada Xorazm viloyatidagi Agentlik tizimidagi maktablarimizdan:

🥇Yangiariq tuman ixtisoslashtirilgan maktabi
o'quvchisi (7-8-sinflar o'rtasida) Toirov Tohirjon faxrli I O'RINni,

🥉Urganch shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati o'quvchisi (5-6-sinflar o'rtasida) Abdalniyozov Shohjahon faxrli III O'RINni egalladi.

💫O'quvchilarmizni ushbu muvaffaqiyatlari bilan tabriklaymiz va kelgusi olimpiada va tanlovlarda ham faqat g'oliblikni qo'lga kiritishlarini tilaymiz!

Muvaffaqiyat - yozni ham oʻz ichiga oladi!

🌐 Telegram | Facebook
#Xonqa_IM
#Bizning_shunday_oʼquvchilarimiz_bor

MUDDATIDAN OLDIN TALABA BO'LISHDI

🔰
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Xonqa tuman ixtisoslashtirilgan maktabi 11- sinf o'quvchilari

Otaxonov Yahyobek,
Ko'palboyev Jaloladdin va
Otanazarova Mo'tabarxon
Toshkent Xalqaro Vestminster Universitetidan qabul xatlari olishdi.

O'quvchilarimizning kelgusidagi o'qish va ishlarida bundanda yuqori natijalarga erishishini tilab qolamiz!


🌐 Telegram | Facebook
#Yangiariq_IM
#Bitiruvchi_2024

🔰Yangiariq tuman ixtisoslashtirilgan maktabining 62 nafar 11-sinf o'quvchilari 2024-2025-o'quv yili uchun o'zlari tanlagan yo'nalishlarga hujjat topshirib, ayni kunlarda kirish sinovlarini muvaffaqiyatli topshirishmoqda.

🪧
Maktabda o'zgacha an'anaga aylangan mandat ballarining ABITURIYENT-2024 taxtasiga tushish jarayoni bitiruvchi sinf o'quvchilari tomonidan ko'tarinki kayfiyatda o'tkazilyapti.

🧑‍🎓Suratlarda - aniq fanlar yo'nalishi bo'yicha yuqori ball to'plagan (Fizika 29 to'g'ri javob, Matematika 27 to'g'ri javob) faxrli o'quvchilar va ularga mas'ul o'qituvchilar: fizika fani o'qituvchisi Abdullayev Qahramon hamda matematika fani o'qituvchisi Nazarov Jamshid ustozlar
.

🌐 Telegram | Facebook
Forwarded from T. K. Nurmetov || Shaxsiy blog (Tursunbek Nurmetov)
❤️‍🔥❤️‍🔥❤️‍🔥 💙💙💙

👨‍💻APro platformasi orqali Informatika fanidan o‘tkazilayotgan olimpiadaning tuman/shahar bosqichi 23.07.2024-yil, soat 10-00 da boshlanadi.

✔️II bosqich ishtirokchilari ertaga soat 9:30 dan kechikmagan holda o‘zlarining tuman/shaharlarida belgilangan joyga borishlari kerak bo‘ladi.

✈️@T_Nurmetov
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Tabriklaymiz
#tavallud_kun

⚡️Xiva shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati direktori Raximov Rasulbek Bakdurdiyevichni bugungi tavallud ayyomi bilan samimiy muborakbod etamiz.

▫️Hurmatli Rasulbek Bakdurdiyevich! Sizning yosh avlod ta'lim-tarbiyasi uchun qilib kelayotgan mehnatlaringiz tahsinga sazovordir! Ma'rifat ziyosini sochishdan hech qachon charchamang. Maktab-internat rahbari vazifasida Sizga yangi marralarni zabt etib yurish nasib bo'lsin!

Sizga uzoq umr, tan sihatlik, oilaviy tinchlik, kuch-quvvat, yosh avlodni qo'llab-quvvatlash, yetuk inson qilib tarbiyalash yo'lidagi ma'suliyatli, shu bilan birga sharafli ishlaringizda ulkan zafarlar tilaymiz. Oilangiz va yaqinlaringiz baxtiga hamisha sog'-salomat bo'ling.

Tug'ilgan kuningiz muborak bo'lsin!

🌐 Telegram | Facebook
#eslatma

🔔 IXTISOSLASHTIRILGAN TAʼLIM MUASSASALARI AGENTLIGI TIZIMIDAGI MAKTABLARNING YAKUNIY IMTIHON JAVOBLARI TEZ KUNLARDA EʼLON QILINADI

📆 4-, 5-, 6-iyul kunlari boʻlib oʻtgan ixtisoslashtirilgan maktablarining imtihon natijalari shu yilning 26-iyul kuni;

📆 7-iyul kuni boʻlib oʻtgan Prezident maktablariga kirish imtihonlarining birinchi bosqich natijalari shu yilning 24-iyul kuni;

📆 9-, 10-iyul kunlari boʻlib oʻtgan tayanch ixtisoslashtirilgan maktablarining imtihon natijalari shu yilning 29-iyul kuni;

📆 10-iyul kuni boʻlib oʻtgan ijod maktablariga 3-bosqich kirish imtihonlarining natijalari esa shu yilning 27-iyul kuni eʼlon qilinishi rejalashtirilmoqda.

🌐 Imtihon natijalari Agentligimizning rasmiy sahifalarida eʼlon qilinadi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Prezident maktablarining 1-bosqichdagi test natijalari e’lon qilindi

Imtihon natijalarini Cambridge Assessment International Education tashkilotining rasmiy veb-sahifasi orqali aniqlash mumkin:

https://www.cambridgeinternational.org/presidential-schools-pre-selection-results-July-2024/


👉 @xushnudbek 👈