XORAZM | Ixtisoslashtirilgan maktablar
2.58K subscribers
24.1K photos
1.64K videos
36 files
7.26K links
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligiga qarashli XORAZM viloyatidagi ixtisoslashtirilgan maktablar telegram sahifasi

facebook.com/ima.xorazm
Download Telegram
#imtihon_2024
#ijod_maktablari

📣DIQQAT, E’LON 📣

📆 Ijod maktablarining kirish imtihonlari ikkinchi bosqichi ertaga, 29-iyun kuni barcha ijod maktablarining binosida boshlanadi!

😀 Ijod maktablarining 2-bosqich imtihonlariga ruxsatnomani yuklab olish uchun talabgorning ariza.piima.uz saytiga kiritilgan telefon raqamlariga sms-xabarnoma yuborildi.

⬇️Ruxsatnomani yuklab olish uchun talabgor ariza.piima.uz saytiga kirib, “Shaxsiy kabinet”ga o’z ID raqamini kiritishi kerak.

📌 Maʼlumot oʻrnida:
Imtihonning 2- bosqichi ya'ni ijodiy suhbatda talabgorning ijodiy ishlari portfolio (ijodiy ishlar to‘plami, gazeta va jurnallarda nashr etilgan ijod namunalari, yon daftarcha, televideniye va radio eshittirishlar, respublika miqyosidagi tadbirlarda chiqishlarining video tasviri) baholash mezonlariga asosan inobatga olinadi.

📝Talabgor uchun eslatma:

🪪 shaxsni tasdiqlovchi hujjat – tug‘ilganlik to‘g‘risida guvohnomaning asl nusxasi hamda ariza.piima.uz saytidan yuklab olingan ruxsatnomani olib kelishi talab etiladi.

Quyidagi holatda talabgor imtihonga kiritilmaydi:

tug‘ilganlik to‘g‘risida guvohnoma va ariza.piima.uz saytidan yuklab olingan ruxsatnomasiz kelsa.

📶 Eslatib oʻtamiz:

✏️Ijod maktablariga imtihonlar uch bosqichda o‘tkaziladi:

1️⃣ birinchi bosqich – ijodiy matn yaratish uchun 60 daqiqa;
2️⃣ ikkinchi bosqich – ijodiy suhbat uchun 10 daqiqagacha;
3️⃣ uchinchi bosqich – test sinovlari uchun 85 daqiqa vaqt beriladi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2
#imtihon_2024
#ijod_maktablari

⚡️ Ayni paytda Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi ijod maktablarida 2-bosqich ijodiy suhbat imtihonlari bo‘lib o‘tmoqda.

🗣Maʼlumot oʻrnida, imtihonning 2-bosqichi ya’ni ijodiy suhbatda talabgorning ijodiy ishlari portfolio (ijodiy ishlar to‘plami, gazeta va jurnallarda nashr etilgan ijod namunalari, yon daftarcha, televideniye va radio eshittirishlar, respublika miqyosidagi tadbirlarda chiqishlarining video tasviri) baholash mezonlariga asosan inobatga olinadi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
#Kutubxona_faoliyati
#seminar

📚 Bugun Xiva shahridagi Ogahiy nomidagi ijod maktabida viloyatdagi Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligiga qarashli maktab va maktab-internatlarning kutubxona mudirlari ishtirokida seminar o'tkazildi.

✔️ Seminarni Agentlikning o‘quv jarayonini metodik ta'minlash va darsliklarni ishlab chiqish bo‘limi boshlig‘i Sulaymon Nazarov olib bordi.

Yig‘ilish davomida:
maktab kutubxonasida qo‘llaniladigan hujjatlarni yuritish,
o‘quvchilar o‘rtasida badiiy adabiyotlarning targ‘iboti,
darslik va o‘quv qo‘llanmalarni xatlovdan o‘tkazish, 
o‘quvchilarga darsliklarni tarqatish,
elektron adabiyotlardan foydalanish tartibi kabi masalalar muhokama qilindi.


🌐 Telegram | Facebook
👍1
#Butunjahon_yoshlar_festivali
#Prezident_maktablari_paviloni

⚡️KUTIB OLING PIIMANOID!

Toshkent shahrida Butunjahon yoshlar festivali doirasida Yoshlar shaharchasi tashkil etilib, “Prezident maktablari” paviloni ochilgani haqida
xabar bergan edik.

Bugun ushbu pavilonda Prezident, ijod hamda ixtisoslashtirilgan maktablarimiz mutaxassislari tomonidan yaratilgan Agentlikning ilk gumanoid roboti – PiimaNoidning birinchi taqdimoti boʻlib oʻtdi.

PimaNoidni yaratishda Agentlik tizimidagi barcha – 205 ta maktab jamoasi oʻz hissasini qoʻshdi. Ya’ni har bir maktabimiz zamonaviy 3D printerlar bilan jihozlangan boʻlib, taʼlim maskanidagi mutaxassislar hamda o‘quvchilar robotning oʻzlariga taqsimlangan qismlarini ushbu zamonaviy qurilma yordamida chop etishdi va markazga yuborishdi.

Shuni ham aytib oʻtish kerakki, ushbu loyiha doirasida joriy yilning aprel oyida Agentlik mutaxassislari tomonidan barcha hududlarda oʻquv-seminarlari tashkil etilib, oʻqituvchilar, robototexnika toʻgaraklari rahbarlarining bilim va malakalari oshirildi.

Hozirgi vaqtda PiimaNoid harakatlanadi, ingliz tilida muloqot qiladi. Keyingi bosqichlarda robot yanada takomillashtirilib, oʻzbek tilidagi topshiriqlarni ham bajarishi yoʻlga qoʻyiladi. Qolaversa, uni oʻzbek tilida gapirtirish ham rejalashtirilgan.

Aytishimiz mumkinki, PimaNoid sinov jarayonlaridan muvaffaqiyatli oʻtdi va endilikda uning nusxalarini barcha maktablarimiz oʻzlarining zamonaviy 3D printerlardan foydalanib mustaqil yaratish imkoniga ega.

PiimaNoid Butunjahon yoshlar festivali ishtirokchilarida katta qiziqish uygʻotganini inobatga olgan holda ushbu robot haqida keyinchalik yanada batafsil maʼlumot berishni rejalashtirdik.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM