XORAZM | Ixtisoslashtirilgan maktablar
1.58K subscribers
19.5K photos
1.28K videos
32 files
5.96K links
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligiga qarashli XORAZM viloyatidagi ixtisoslashtirilgan maktablar telegram sahifasi

facebook.com/ima.xorazm
Download Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Davlat_imtihoni

YAKUNIY DAVLAT ATTESTATSIYA IMTIHONLARI DAVOM ETMOQDA

⚜️Bugun Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi maktab va maktab-internatlarda 11-sinf o'quvchilari uchun FIZIKA fanidan Yakuniy davlat  attestatsiya  imtihoni bo'lib o'tdi.

🌐 Telegram | Facebook
#Qabul_2024

Qabulning 10-kuni

🔥 Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlariga 2024/2025-o‘quv yili uchun hujjatlar qabuli qizg'in davom etmoqda.

✔️ Yanada qulaylik yaratish maqsadida ota-onalarga farzandlarining hujjatlarini topshirishda amaliy yordam berish uchun Agentlik tizimidagi barcha maktablarda malakali mutaxassislardan tarkib topgan maxsus ishchi guruhlar faoliyati yoʻlga qoʻyilgan.

- Urganch shahar 1-son IMI
- Xiva shahar 1-son IMI,
- Xiva shahar 2-son IM,
- Hazoprasp IM

shtablaridagi jarayonlar fotosuratlarda.

🌐 Telegram | Facebook
Forwarded from Digital.edu
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from GrantGO
Ijodkorlik, media va dizayn sohasi vakillari uchun Rossiyada o'tkaziladigan ijodkor yoshlar festivali

Talablar
— Festivalda Rossiya va Markaziy Osiyodan (jumladan, O'zbekistondan) 18 yoshdan 35 yoshgacha bo'lgan ijodkor yoshlar ishtirok etishi mumkin;
— Dastur ijodkorlik, san'at va intellektual faoliyatning turli yo'nalishlarini o'z ichiga oladi.
— Ingliz va rus tilini dasturda qatnashish darajasida bilish lozim (sertifikat soʻralmaydi)

Foydali tomonlari
— Dasturda bepul qatnashish mumkin;
— Omsk shahrigacha aviachipta, turarjoy, ovqatlanish va mahalliy transport xarajatlari to'liq moliyalashtiriladi.

Oxirgi muddat
14.06.2024 12:00

Batafsil
https://grantgo.uz/go/06162

#tadqiqot_va_professional_rivojlanish #toʻliq_moliyalashtiriladi #Rossiya

Telegram | YouTube | Mentorlik
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#qabul_2024
#1_iyun_20_iyun

📣📣📣📣📣

🔔 HURMATLI OTA-ONALAR VA OʻQUVCHILAR!

⚡️IXTISOSLASHTIRILGAN TAʼLIM MUASSASALARI AGENTLIGI TIZIMIDAGI MAKTABLARGA HUJJATLAR QABULI DAVOM ETMOQDA!

🗺 Respublikamizdagi barcha Prezident, Ijod, Ixtisoslashtirilgan maktablarga hujjatlar qabuli 2024-yilning 20-iyun sanasigacha davom etadi.

🪪 Hujjatlar qabuli ariza.piima.uz sayti orqali ONLAYN tarzda amalga oshiriladi.

❗️Shuningdek, yanada qulaylik yaratish maqsadida Agentlik tizimidagi barcha maktablarda malakali mutaxassislardan tarkib topgan maxsus ishchi guruhlar faoliyati yoʻlga qoʻyilgan.

Oʻquvchilar va ularning ota-onalari oʻz hududlariga yaqin boʻlgan Prezident, ijod hamda ixtisoslashtirilgan maktablarning biriga borib u yerda tashkil etilgan ishchi guruh vakillaridan hujjat topshirish bilan bogʻliq masalalarda amaliy yordam soʻrashlari mumkin.

📝 Agentlik tizimidagi maktablar joylashuvlari hududlar kesimida:

🇺🇿 Qoraqalpog‘iston Respublikasi
🇺🇿 Andijon viloyati
🇺🇿 Buxoro viloyati
🇺🇿 Jizzax viloyati
🇺🇿 Navoiy viloyati
🇺🇿 Namangan viloyati
🇺🇿 Samarqand viloyati
🇺🇿 Sirdaryo viloyati
🇺🇿 Surxondaryo viloyati
🇺🇿 Toshkent viloyati
🇺🇿 Farg‘ona viloyati
🇺🇿 Xorazm viloyati
🇺🇿 Qashqadaryo viloyati
🇺🇿 Toshkent shahri

📺 Maktablarga onlayn ariza topshirish bo‘yicha video-qoʻllanma.

☎️ Call-markaz: 1206

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Prezident Shavkat Mirziyoyev “Muborak Qurbon hayitini nishonlash toʻgʻrisida”gi qarorni imzoladi.

Qarorga koʻra, 2024-yilda Qurbon hayitining birinchi kuni 16-iyun – yakshanbaga toʻgʻri kelishi munosabati bilan yurtimizda 16-iyun Qurbon hayiti bayrami sifatida nishonlanadi.

Qurbon hayitining birinchi kuni dam olish kuniga toʻgʻri kelishi munosabati bilan ushbu dam olish kuni 17-iyun – dushanba kuniga koʻchiriladi, 18-iyun – seshanba kuni barcha xodimlar uchun qoʻshimcha dam olish kuni boʻladi.

Mahalliy davlat hokimiyati organlari, masʼul vazirlik va idoralarga muborak Qurbon hayitini xalqimizning milliy anʼana va urf-odatlariga uygʻun holda oʻtkazish uchun tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirish, yurtdoshlarimiz uchun muborak Qurbon hayiti kunlarida moʻtabar ziyoratgohlar va tarixiy qadamjolarga ziyoratlarni tashkil etish maqsadida qulay sharoit va imkoniyatlar yaratish topshirildi.

🌐aokaxorazm.uz | 💬Facebook | Telegram |🌐Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM