XORAZM | Ixtisoslashtirilgan maktablar
1.58K subscribers
19.5K photos
1.29K videos
32 files
5.97K links
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligiga qarashli XORAZM viloyatidagi ixtisoslashtirilgan maktablar telegram sahifasi

facebook.com/ima.xorazm
Download Telegram
#ijod_maktabi
#qabul_2024
#1_iyundan_20_iyungacha

📣📣📣📣📣

❗️IJOD MAKTABLARI 2024/2025-OʻQUV YILI UCHUN QABUL EʼLON QILADI!

⚡️ Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Ijod maktablariga 2024/2025-o‘quv yili uchun hujjatlar qabuli 1-iyundan – 20-iyunga qadar ONLAYN shaklda ariza.piima.uz sayti orqali amalga oshiriladi.

Ijod maktablariga qanday hujjatlar talab etiladi?
🗂Talabgorning
:
tugʻilganlik toʻgʻrisidagi guvohnomasi;
fotosurati (oxirgi 2 oyda olingan);
ota-onasi yoki uning o‘rnini bosuvchi shaxsning pasport ma’lumotlari va telefon raqamlari (doimiy ishlab turgan telefon raqamlari) aniq va bexato kiritilishi lozim.

Ijod maktablariga nechanchi sinflarga qabul qilinadi?
Ijod maktablariga 6-sinfni tugatgan oʻquvchilar 7-sinfga qabul qilinadi.

📍IJOD MAKTABLARI:
🕊 Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi
🕊 Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi
🕊 Is’hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi
🕊 Ibroyim Yusupov nomidagi ijod maktabi
🕊 Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi
🕊 Ogahiy nomidagi ijod maktabi
🕊 Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi
🕊 Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabi
🕊 Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi

📌 Qabul jarayoniga oid yangiliklarni ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz orqali kuzatib boring.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bizning_faxrimiz
#Urganch_shahar_1_son_IMI

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Urganch shahar 1-son ixtisoslashtirilgan  maktab-internatining bir guruh o'quvchilari Milliy va Xalqaro sertifikatlarni qo'lga kiritib aprel oyidagi natijalarni yangilamoqdalar.

Jumladan,

⚡️
10-02 sinf o'quvchisi Sharipov Javohir matematika va ingliz tili fanlari bo'yicha SAT sertfikatidan 1450 ball;

⚡️10.02 sinf o'quvchisi Qobulov Suhrobbek IELTS dan 6.0 ball;

⚡️10.02-sinf o'quvchisi Reyimboyev Javoxir Multi-level imtihonidan B2 sertifikati;

⚡️10.01-sinf o'quvchisi Jumanazarov Diyorbek Multi-level imtihonidan B2 sertifikati;

⚡️10.03-sinf o'quvchisi Xodjayeva Raisa Multi-level imtihonidan B2 sertifikati;

⚡️11.03-sinf o'quvchisi Raximiy Umidbek Multi-level imtihonidan B2 sertifikati;

⚡️9.01-sinf o'quvchisi Alimboyev Alimbek Multi-level imtihonidan B2 sertifikati qo'lga kiritishdi.

💫O'quvchilarimizni yutug'i bilan tabriklab, keyingi o'qishlarida muvafaqiyatlar tilaymiz!


🌐 Telegram | Facebook
#Tadbir
#Xonqa_IM

🎵Xonqa tumani ixtisoslashtirilgan maktabida "May - ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar oyligi" hamda "Besh tashabbus" tadbirlari doirasida maktabning musiqa fani o‘qituvchisi Hamdambek Rahimov rahbarligidagi musiqa yo‘nalishidagi to‘garak a'zolari tomonidan "San'atning bebaho durdonalari" nomli badiiy-musiqiy tadbir o‘tkazildi.

🪕Tadbirda ixtisoslashtirilgan maktabning 5-6-7-sinflari hamda 10-sinf o‘quvchilari tomonidan milliy qo‘shiqchiligimiz durdonalaridan "Aliqambar", "Tanovor", "Lazgi" kuy va qo‘shiqlari, "Go‘ro‘g‘li" turkum dostonlaridan "Avazxon" dostoni ijro qilindi. Shuningdek, o‘quvchi qizlar tomonidan dutor kuylari va milliy raqslar, xalq folklor qo‘shiqlaridan laparlar ijro qilindi.

🎤 Tadbirni 10-D sinf o‘quvchisi Sevinchoy Qilicheva olib bordi.

🌐 Telegram | Facebook