XORAZM | Ixtisoslashtirilgan maktablar
1.55K subscribers
20K photos
1.34K videos
32 files
6.11K links
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligiga qarashli XORAZM viloyatidagi ixtisoslashtirilgan maktablar telegram sahifasi

facebook.com/ima.xorazm
Download Telegram
#olimpiada
#tabriklaymiz
#Urganch_shahar_1_son_IMI
#Qoʻshkoʻpir_IM

5-may kuni Toshkent shahridagi Amity universitetida 3-8-sinf o‘quvchilari o‘rtasida Xalqaro IMAS 2024 olimpiadasi tashkil etildi.

👉🏼 IMAS olimpiadasi Tayvanda 2011-yildan beri o‘tkazilib kelinadi. Ushbu test o‘quvchilarni nafaqat matematika bo‘yicha iqtidorlarini sinash, balki ulardagi matematik ufqlarni kengaytirish qobiliyatini tekshirishga jalb etishda rag‘batlantiruvchi omillardan biri bo‘lib xizmat qiladi.

Yakuniy bosqichda har bir kategorya bo‘yicha g‘olib bo‘lgan o‘quvchilar Amity sovg‘alari, Tayvandan keltirilgan medallar va pul mukofoti bilan taqdirlandilar.

Ushbu olimpiadada:

✔️Urganch shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatining 6-01 sinf o'quvchisi O'KTAMBOYEVA ZARINA - 🥈 kumush medal sohibiga aylandi.

✔️Qo'shko'pir tuman ixtisoslashtirilgan maktabning 6-sinf o'quvchisi RAHIMBERGANOVA MUSLIMAXON - 🥉bronza medalini qo'lga kiritdi.

🌐 Telegram | Facebook
#Bogʼot_IM
#psixologik_faoliyat

🏢  Bog'ot tuman ixtisoslashtirilgan maktabining amaliyotchi psixologi Sh.Ollanazarova tomonidan 4- chorak davomida oʻquvchilar bilan
"Art-terapiya",
"Mulohaza",
"IQ testi",
"Uch bo'limli so'rovnoma" metodikalari oʻtkazildi, shuningdek, "Milliylik - millat ko'zgusi" mavzusida davra suhbati tashkil qilindi.

📸 Fotosuratlarda jarayonlardan lavhalar.

🌐Telegram | Facebook
#9_may_xotira_va_qadrlash_kuni
#Shovot_IMI
#Tuproqqalʻa_IM

Xotira – abadiy, qadr – muqaddas!


🎗 Ma‘lumki, "9-may Xotira va qadrlash kuni" 1999-yildan beri O‘zbekistonimizda keng nishonlanib kelmoqda. Ajdodlar ruhiga hurmat va ehtiromda bo‘lish har bir avlodning vazifasidir. Shu jumladan,

🏵 Shovot tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internati rahbar xodimlari hamda bir guruh o‘quvchi yoshlar tumandagi "Motamsaro ona haykali" va "Xotira maydoni"ga borishdi. Bu yerda urushda halok bo'lgan yurtdoshlarimizni xotirlashdi.

🏵 Tuproqqal'a tuman ixtisoslashtirilgan maktabining fidoiy ustozlari, ilmga chanqoq yoshlari tuman markazida joylashgan "Xotira maydoni"da gulchambar qo‘yish marosimini o‘tkazishdi. Maktab direktori L.Matyaqubova boshchiligida bir qator rahbar xodimlar va o‘quvchilar guldastalar bilan yodgorlik majmuasini ziyorat qilishdi.

🌐 Telegram | Facebook