XORAZM | Ixtisoslashtirilgan maktablar
2.59K subscribers
24.1K photos
1.63K videos
35 files
7.23K links
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligiga qarashli XORAZM viloyatidagi ixtisoslashtirilgan maktablar telegram sahifasi

facebook.com/ima.xorazm
Download Telegram
#Taqdirlash

Xabaringiz bor, 2023-yilda maktab o'quvchilarini xalqaro olimpiadalarga tayyorlash, ularning ilm-fanga bo'lgan qiziqishlarini yanada oshirish maqsadida “Viloyat hokimi olimpiadasi” tashkil qilinib, ochiq, adolatli va shaffof tarzda, yuqori saviyada o'tkazildi. Bugun mazkur olimpiada g'oliblarini taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi.

Viloyat hokimi Jo'rabek Raximov “Viloyat hokimi olimpiadasi”ning yakuni sifatida tashkil etilgan "HOKIM KUBOGI" da g‘olib bo‘lgan 10 nafar (6 nafari Agentlik tizimidagi maktablardan) o'quvchilarga diplom va qimmatbaho sovg'alarni topshirdi.

💥 Shuningdek, tadbirda olimpiadaning joriy yildagi bellashuvlariga start berildi.

🌐 Telegram | Facebook
👍3
#Viloyat_Hokimi_Olimpiadasi
#Tabriklaymiz

"Viloyat hokimi olimpiadasi"da 2-mavsum boshlandi!


Yangi mavsumning ilk olimpiadasi Urganch shahrida o‘tkazildi!

Olimpiadada jami 205 nafar o‘quvchi qatnashdi.

💥 Agentlik tizimidagi ta'lim muassasalaridan 5 nafar ishtirokchilar olimpiada g'olibi bo'ldilar:

🔴 Matematika 5-6-sinflar:

Yangiariq tumani IM:
🥇Rahmonov Firdavs - 1- o'rin va 5 mln

Tuproqqal'a tumani IM:
🥈Xudayberganova Go‘zalxon - 2-o'rin va 4 mln

Qo‘shko‘pir tumani IM:
🥉Rahimberganova Muslimaxon - 3-o'rin va 3 mln

🔴 Matematika 7-8-sinflar:

Yangiariq tumani IM:
🥈Toyirov Tohirjon - 2-o'rin va 4 mln

Yangibozor tumani IM:
🥉Muradboyev Bunyod - 3-o'rin va 3 mln

G‘olib bo‘lgan o‘quvchilarimizni qutlab,  yanada yaxshi o‘qishlariga tilak bildiramiz.

❗️Keyingi turdan navbatma-navbat kimyo, biologiya, fizika va informatika fanlari ham qo‘shiladi.

🌐 Telegram | Facebook
👍4
Vazir Xilola Umarovani yaqindan taniysizmi?

Bugun biz Xilola Umarova haqidagi ayrim ma’lumotlarni bir joyga jamlab, kuzatuvchilarimizga ulashishni lozim topdik.

Unda siz asli Germaniyada tug'ilgan Umarovaning yoshligi qanday kechgani, talabalik davri, Prezident maktabiga kirolmagan qizi hamda vazir lavozimiga tayinlangunga qadar bosib o'tgan yo'li haqida ayrim qiziq ma'lumotlar bilan ham tanishasiz.

Batafsilhttps://xalqtaliminfo.uz/post/597

Telegram I Facebook I YouTube
👍2
Sobiq bosh vazir o‘rinbosari, jurnalist Erkin Samandar vafot etdi

O‘zbekiston bosh vazirining sobiq o‘rinbosari, jurnalist, yozuvchi, shoir va dramaturg Erkin Samandar 89 yoshda edi.

👉 https://kun.uz/34667527

Kun.uz rasmiy kanali
👍1
#Bugun

15-aprel – Butunjahon san'at kuni


🎨 Butunjahon san'at kuni har yili 15-aprelda o'tkaziladigan xalqaro tasviriy san'at bayramidir. Bayram 2012-yildan beri nishonlanadi.
Butunjahon san'at kuni Xalqaro san'at assotsiatsiyasi tomonidan yaratilgan. Bu g‘oya Gvadalaxarada bo‘lib o‘tgan 17-Bosh assambleyada taklif qilingan va qo‘mita uni bir ovozdan ma’qullagan. Bayram sanasi buyuk italiyalik rassom, haykaltarosh, yozuvchi, mutafakkir, faylasuf, matematik va ilmiy novator Leonardo da Vinchining tug'ilgan kuni bo'ldi.

Butunjahon san'at kuni san'atning azaldan dunyoga olib kelgan qadriyatlarini targ'ib qilishga qaratilgan.

🌐 Telegram | Facebook
👍41
#Sayohat
#Urganch_1_son_IMI

🇺🇿 Sayohat haftaligi doirasida Urganch shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatining 6-02 sinf o'quvchilari bayram kunlari bo'sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida Xiva Ichan Qal'a bo‘ylab sayohatga chiqdilar.

📝 Sayohatga sinf rahbari, ingliz tili fani o'qituvchisi Mahfuza Bobajanova rahbarlik qildi.


🌐 Telegram | Facebook
👍2🔥2