XORAZM | Ixtisoslashtirilgan maktablar
1.82K subscribers
22.4K photos
1.54K videos
32 files
6.72K links
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligiga qarashli XORAZM viloyatidagi ixtisoslashtirilgan maktablar telegram sahifasi

facebook.com/ima.xorazm
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Aziz yurtdoshlar, 21 — 27-mart kunlari “Teatr tomoshalari haftaligi” doirasida “Ochiq eshiklar kuni” e’lon qilinadi.

Shuningdek, davlat teatrlarida tashkil etilayotgan barcha tadbirlarga tashrif buyurish mutlaqo bepul.

21 — 27-mart kunlari yurtimiz bo'ylab o‘tkazilayotgan “Teatr tomoshalari haftaligi” doirasida barcha teatrlarda dekoratsiya va libos ko‘rgazmasi, ijodiy uchrashuvlar, mahorat darslari hamda spektakl va teatrlashtirilgan konsert dasturlari namoyish etiladi.

Ma'lumot uchun: Prezidentning PQ-4038-son qarori hamda YUNESKO huzuridagi Xalqaro teatr institutining IX kongressida, 27-mart Xalqaro teatr kunini O‘zbekistonda keng nishonlanash ta’sis etilgan bo'lib, har yili 21 — 27-mart kunlari “Teatr tomoshalari haftaligi” o'tkaziladi.

❗️ Eslatma: O‘zbekistonda jami 41 ta teatrlar mavjud.

🎭 Yurtimizdagi teatrlar ro‘yxati
#Live

Asosiy olimpiadaning IV (respublika) bosqichiga start berildi

🔴 Bugun butun yurtimiz bo'ylab olimpiada jarayonlari bo'lib o'tmoqda:

📍
Qoraqalpog‘iston Respublikasida matematika, o‘zbek tili, qoraqalpoq tili va adabiyoti, rus tili va adabiyoti, qozoq tili, fanlaridan,
📍 Surxondaryo viloyatida tarix, informatika va axborot texnologiyalari, geografiya, tojik tili fanlaridan,
📍 Toshkent shahrida ko‘zi ojiz va zaif ko‘ruvchi maxsus maktab-internatlari o‘quvchilari o‘rtasida ona tili va adabiyot, matematika, tarix, rus tili va adabiyoti fanlaridan Asosiy olimpiadaning IV (respublika) bosqichi tashkil etilmoqda.

Olimpiada natijalariga ko'ra g‘oliblikni qo’lga kiritgan o'quvchilar Vazirlar Mahkamasining 562-son qaroriga muvofiq g‘oliblikni qo'lga kiritgan fanidan OTMlarga kirish imtihonlarida maksimal bal beriladigan imtiyozga ega bo‘ladilar.


✔️Shuningdek, g'olib o‘quvchilar va ularning ustozlari belgilangan tartibda pul mukofotlari bilan taqdirlanadi.

Barcha ishtirokchilarga omad tilaymiz!

olympiad.uzedu.uz
🚀 Telegram | 🎬Youtube | 🔵Facebook | 📷Instagram
#Live
#teatr_festivali

⚡️Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarning o‘quvchilar teatr jamoalari o‘rtasida “Teatr – ibratxonadir” shiori ostida teatr festivali boshlandi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
#Teatr_ibratxonadir
#Xiva_Prezident_maktabi

⚡️Bugun Toshkent shahridagi Muqimiy nomidagi teatrda bo‘lib o‘tayotgan "Teatr- ibratxonadir" festivalida Xiva shahridagi Prezident maktabi jamoasi

🎭 Mahmudxo'ja Behbudiyning "Padarkush yohud o'qimag'on bolaning holi" dramasini sahnalashtirishadi.

⭐️ Jamoa a'zolariga omad tilaymiz!

🌐 Telegram | Facebook
#Teatr_ibratxonadir
#Ogahiy_ijod_maktabi

🎭 "Teatr-ibratxonadir" shiori ostida Toshkent shahrida o'tkazilayotgan festivalda 26-mart kuni Ogahiy nomidagi ijod maktabining iste'dodli o'quvchilaridan tashkil topgan jamoa "Jaloliddin Manguberdi" spektakli bilan ishtirok etadi.

💫 Jamoaga festivalda jo'shqinlik va muvaffaqiyatlar tilab qolamiz.

🌐 Telegram | Facebook