XORAZM | Ixtisoslashtirilgan maktablar
1.58K subscribers
19.6K photos
1.3K videos
32 files
6K links
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligiga qarashli XORAZM viloyatidagi ixtisoslashtirilgan maktablar telegram sahifasi

facebook.com/ima.xorazm
Download Telegram
#Agentlik_olimpiadasi
#Viloyat_bosqichi
#Qizlar_olimpiadasi
#2_kun

📍Urganch shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatida o‘tkazilayotgan "STEM fanlari olimpiadasi" va "Qizlar olimpiadasi"ning ikkinchi  bosqich test jarayonlaridan fotolavhalar.

🌐 Telegram | Facebook
#Agentlik_olimpiadasi
#Qizlar_olimpiadasi
#Viloyat_bosqichi
#2_kun

📍Urganch shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatida o‘tkazilayotgan "STEM fanlari olimpiadasi" va "Qizlar olimpiadasi"ning ikkinchi  bosqich test jarayonlari yakunlandi.

📝Hozirda hakamlar tomonidan o'quvchilarning ishlari tekshirilmoqda.

📈Natijalar tez orada e'lon qilinadi.

🌐 Telegram | Facebook
#Agentlik_olimpiadasi
#Xorazm
#2_kun

STEM OLIMPIADASINING AGENTLIK BOSQICHI


✳️ Xiva shahridagi Prezident maktabida Prezident va ixtisoslashtirilgan maktablar o‘quvchilari o‘rtasida STEM fan olimpiadasining Agentlik bosqichi o‘tkazilmoqda.

Bugun olimpiadada Fizika, Biologiya va Kimyo fanlarining laboratoriya va test jarayonlari hamda Matematika, Informatika va Science fanlarining test jarayonlari bo‘lib o‘tmoqda.

Fotosuratlarda test jarayonlaridan lavhalar

🌐 Telegram | Facebook
#Agentlik_olimpiadasi
#Xorazm
#2_kun

🔘 Prezident va ixtisoslashtirilgan maktablar o‘quvchilari o‘rtasida o'tkazilayotgan STEM fanlari olimpiadasi Agentlik bosqichida o'quvchilar Fizika, Biologiya va Kimyo fanlaridan laboratoriya topshiriqlarini bajardilar.

🌐 Telegram | Facebook
#4_Choraklik_summativ_baholash
#2_kun

🏢 Bugun Agentlik tizimidagi maktablarda IV chorak yakuni bo'yicha choraklik summativ baholash  (CHSB) sinovlarining 2-kuni onlayn shaklda davom etmoqda.

❗️Xorazm viloyatida jarayonlarni joylarga borib o'rganish va shaffoflikni ta'minlash uchun Agentlik Iqtidorli yoshlar bilan ishlash bo'limi yetakchi mutaxassisi F.F.Tuychiyev boshchilik qilmoqda.

Fotosuratlarda Qo'shko'pir tumani ixtisoslashtirilgan maktabi ChSB jarayonlaridan lavhalar.

🌐 Telegram | Facebook
#4_Choraklik_summativ_baholash
#2_kun

🏢 Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarda IV chorak yakuni CHSB sinovlari bo'lib o'tmoqda.

📸 Fotolavhalarda:

1. Urganch shahar 1-son IMI
2. Shovot tumani IMI
3.
Yangiariq tumani IM
4.
Tuproqqal'a tumani IM
5.
Xiva shahar 2-son IM
6.
Xonqa tumani IM
7.
Hazorasp tumani IM
8.
Bog'ot tumani IM
9.
Yangibozor tumani IMI
10.
Xiva shahar 1-son IMI

❗️3 smenada tashkil qilingan jarayonlarni Agentlik tomonidan masʼul etib belgilangan xodimlar joyiga chiqqan holda va onlayn tarzda kuzatib bormoqda.

🌐 Telegram | Facebook
#imtihon_2024
#ixtisoslashtirilgan_maktablar
#2_kun

Agentlik tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktablar uchun kirish imtihonlari Respublikamizning barcha hududlarida davom etmoqda

📊 Ma'lumot o‘rnida, 2024/2025-o‘quv yili uchun Agentlik tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktablarga jami 134 019 ta ariza kelib tushgan bo‘lib, hududlar kesimida:

📍Qoraqalpog‘iston Respublikasiga 9 235 ta;
📍Andijon viloyatiga 12 907 ta;
📍Buxoro viloyatiga 6 060 ta;
📍Farg‘ona viloyatiga 17 808 ta;
📍Jizzax viloyatiga 9 982 ta;
📍Namangan viloyatiga 12 652 ta;
📍Navoiy viloyatiga 2 989 ta;
📍Qashqadaryo viloyatiga 11 828 ta;
📍Samarqand viloyatiga 13 125 ta;
📍Sirdaryo viloyatiga 5 644 ta;
📍Surxondaryo viloyatiga 12 011 ta;
📍Toshkent shahriga 3 598 ta;
📍Toshkent viloyatiga 7 502 ta;
📍Xorazm viloyatiga 8 678 ta ariza to‘g‘ri kelmoqda.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bogʻot_IM
#Seminar
#2_kun

3-avgust kuni Bog'ot tuman ixtisoslashtirilgan maktabida yangi baholash tizimiga o‘tayotgan 8 ta umumta'lim maktablar uchun seminar treninglarning ikkinchi kuni bo‘lib o‘tdi.

"Mezonlarga asoslangan baholash tizimi" mavzusidagi seminardan ko'zlangan asosiy maqsad yangi baholash tizimiga o'tayotgan maktablarga amaliy ko'mak berishdan iborat.

Seminarda maktablar rahbariyati, metod birlashmalar va pedagoglar jamoasi ishtirok etdi.


🌐 Telegram | Facebook
#seminar
#2_kun

“MUVAFAQQIYATLI ISLOHOTLAR - YUQORI NATIJALAR” MAVZUSIDA SEMINAR-TRENING

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi
Bog'ot tuman ixtisoslashtirilgan maktabida Singapur davlatining MARSHALL CAVENDISH EDUCATION xalqaro ta'lim tashkiloti bilan hamkorlikda "Muvaffaqiyatli islohotlar - yuqori natijalar" shiori ostida amaliy o‘quv-seminarning tuman bosqichi davom qilmoqda.

▪️ Mazkur o‘quv-seminar 4 kun davom etadi va uning davomida qatnashchilar ta’lim tizimini rivojlantirish, o‘qitish metodologiyalari va boshqaruv jarayonlarini takomillashtirish bo‘yicha xalqaro tajribalar bilan tanishishadi. Ushbu seminarning asosiy maqsadi – tuman darajasidagi ta'lim muassasalarida yuqori natijalarga erishish uchun zarur bo‘lgan bilim va ko‘nikmalarni shakllantirishdir.

🌐 Telegram | Facebook
#2_Choraklik_summativ_baholash
#Xorazm
#2_kun

▫️ 2-chorak bo'yicha ChSB imtihonlarining 2-kuni 2-smenasida 9-sinf o'quvchilari onlayn imtihon topshirdilar.

📸 Fotosuratlarda:

Urganch shahar 1-son IMI
Bog'ot tumani IM
Tuproqqal'a tumani IM
Xiva shahar 1-son IMI
Xiva shahar 2-son IM

❗️ChSB imtihonlari adolatli va shaffof tarzda, uyushqoqlik bilan o‘tkazilmoqda. ZOOM platformasi orqali umumiy nazorat o'rnatilgan.

🌐 Telegram | Facebook
#2_Choraklik_summativ_baholash
#Xorazm
#2_kun

▫️ 2-chorak bo'yicha Choraklik summativ baholash imtihonlarining 2-kuni 3-smenasida 10-sinf o'quvchilari onlayn imtihon topshirdilar.

📸 Fotosuratlarda:

Urganch shahar 1-son IMI
Bog'ot tumani IM
Xiva shahar 2-son IM

➡️ Summativ baholash tizimi bilan pastdagi havolada tanishishingiz mumkin.
https://piima.uz/news/maktab-baholash-tizimida-inson-omili-minimallashtiriladi.

🌐 Telegram | Facebook
#Xiva_Prezident_maktabi
#Seminar
#2_kun

Xiva shahridagi Prezident maktabida fanlar bo‘yicha zamonaviy yondashuvlar asosida treninglar davom etmoqda.

Palvanova Muyassar:
"Kimyo fanida gamifikatsiyani qo‘llanishi" mavzusida samarali ma’ruza va amaliy ko‘rsatmalar taqdim etdi. U o‘quv jarayoniga o‘yin elementlarini kiritish orqali o‘quvchilarning qiziqishini oshirish va fanni yanada qiziqarli o‘rgatish usullari haqida so‘z yuritdi.

Davlatova Marhabo:
"Biologiya fanini o‘qitishda zamonaviy yondashuv" mavzusida interaktiv metodlar va ilg‘or pedagogik texnologiyalarni taqdim etdi. Ushbu yondashuvlar biologiya fanini samarali o‘qitishda katta ahamiyatga ega ekanligini ta’kidladi.

Ushbu treninglar o‘qituvchilarimizni yangi yondashuvlar va metodlar bilan qurollantirib, ta’lim sifatini yanada oshirishga xizmat qiladi. Bizning maktabimiz kelajak avlodni yetuk bilim va ko‘nikmalar bilan ta’minlash yo‘lida doimiy ravishda izlanishda davom etadi!

🌐 Telegram | Facebook