XORAZM | Ixtisoslashtirilgan maktablar
1.59K subscribers
19.4K photos
1.27K videos
32 files
5.92K links
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligiga qarashli XORAZM viloyatidagi ixtisoslashtirilgan maktablar telegram sahifasi

facebook.com/ima.xorazm
Download Telegram
#Al_Xorazmiy_olimpiadasi

🔰Prezident taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi maktab o‘quvchilari o‘rtasida Al Xorazmiy nomidagi olimpiada o‘tkazildi.

👫Ushbu olimpiada ixtisoslashtirilgan hamda Prezident maktabining 7-8-sinf o‘quvchilari o‘rtasida bo‘lib o‘tdi.

📌Eslatib o‘tamiz, olimpiadaning viloyat bosqichida ixtisoslashtirilgan maktablarda 6 nafardan, tayanch ixtisoslashtirilgan va Prezident maktablaridan 3 nafardan o‘quvchi ishtirok etdi.

Bu olimpiada ikkinchi yil o‘tkazilayotgan bo‘lib, yangi tashkil etilgan 168 ta maktablarning o‘quvchilari ilk bora ishtirok etishmoqda.

Ushbu olimpiadadan ko‘zlangan maqsad Respublika iqtidorli yoshlarini saralab, xalqaro olimpiadalarga tayyorlashdir.
Natijalarga ko‘ra:

1️⃣ Buxoro viloyati
2️⃣ Namangan viloyati
3️⃣ Toshkent viloyati
4️⃣ Xorazm viloyati
5️⃣ Andijon viloyati
eng yuqori natijalarni ko‘rsatgan.

👇Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
⭕️ YO'L QOIDASI - UMR FOYDASI

⚡️Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Urganch shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatida "YO'L QOIDASI - UMR FOYDASI", "O'QUVCHILAR ORASIDA JINOYATCHILIK VA HUQUQBUZARLIK PROFILAKTIKASI" mavzularida targ'ibot tadbiri o'tkazildi.

👮‍♂️ Unda IIO'FMB XPB VYEMB inspektori O.Xayitboyev, Xorazm viloyati IIB YHXB katta inspektori Sh.Bobojonov ishtirok qilib, o'quvchilarga mavzu yuzasidan tushuntirish targ'ibot ishlari olib borildi.

Xorazm viloyati hududiy bo‘limi
#Choraklik_summativ_baholash_imtihonlari
#Jarayon

🏢
Prezident ta'lim muassasalari agentligi tasarrufidagi Ogahiy nomidagi ijod maktabida 2-chorak yakuni yuzasidan ChSB imtihonlari bo’lib o’tmoqda...

Choraklik summativ baholash imtihonlari joriy yilning 24-dekabrgacha davom etadi.

📸 Ushbu jarayondan foto lavhalar.

🌐 Telegram | Facebook
HARBIY QISMDA BIR KUN

🏛 Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Hazorasp ixtisoslashtirilgan maktabi o'quvchilari O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 14-dekabr kunidagi F-92 sonli "O'zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 31 yilligini hamda Vatan himoyachilari kunini nishonlashga tayyorgarlik ko'rish va o'tkazish chora tadbirlari to'g'risida"gi farmoyishi ijrosini ta'minlash maqsadida "Milliy armiyamiz- Yangi O'zbekistonning mustahkam qalqonidir" shiori ostida 9203-harbiy qismga sayohat qilishdi.

Sayohat davomida o'quvchilar askar va zobitlarga yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishishdi.

🌐 Telegram | Facebook
📣📣Yuqori sinf o‘quvchilari diqqatiga!

⚡️Yangi O‘zbekiston” universitetida “Qishki maktab” loyihasiga qabul boshlanmoqda.
🔹“Yangi O‘zbekiston” universiteti bilan tanishish;
🔹o‘zini talaba sifatida sinab ko‘rish;
🔹yangi yilda dam olish kunlarini maroqli o‘tkazish;
🔹chet ellik va mahalliy professorlardan mahorat darslarini tinglash;
🔹o‘zi uchun kelajakda foydali tavsiyalar olish xohishida bo‘lgan yuqori sinf o‘quvchilarini “Qishki maktab” loyihasiga taklif etamiz.

Qishki maktab” loyihasida qatnashish uchun sizdan nimalar talab etiladi?

❗️ O‘zingiz haqingizda umumiy ma’lumotlarni va “What makes you feel inspired?” mavzusida qisqa motivatsiya xatini havola orqali to‘ldiring: https://forms.gle/UwGLRu9uDNQApFme6

👉 Batafsil

📆 Ariza topshirish muddati: 26-dekabr 23:59 gacha
27-dekabr kuni javoblar e'lon qilinadi

🔁 English

#qishki_maktab #winter_school

⬇️ Biz Ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook
🔊🔊DIQQAT, DIQQAT!!!

💥 Xabaringiz bor, Prezident ta'lim muassasalari agentligi Xorazm viloyati hududiy bo‘limi kirib kelayotgan 2023-yil munosabati bilan "ENG ORIGINAL TABRIK" tanlovini e'lon qilgan edi.

🎉🎉 MARHAMAT, TABRIKLARNI TOMOSHA QILING VA OVOZ BERING!

❗️Ovoz berish 29-dekabr kuni soat 17:00 ga qadar davom etadi.

📊 Yig‘ilgan ovozlar natijasiga ko‘ra 3 ta o‘rin g‘oliblari aniqlanadi.

🏆 Tanlov g‘oliblari 30-dekabr kuni e'lon qilinadi va hududiy bo'lim tomonidan taqdirlanadi.

🌐
Telegram | Facebook