XORAZM | Ixtisoslashtirilgan maktablar
1.6K subscribers
19.3K photos
1.27K videos
32 files
5.9K links
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligiga qarashli XORAZM viloyatidagi ixtisoslashtirilgan maktablar telegram sahifasi

facebook.com/ima.xorazm
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#SCHOOL_PRESIDENT
#Shovot_IMI

Shovot tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internatida"MAKTAB PREZIDENTI" saylovi bo'lib o'tdi.

Saylov natijalarga ko'ra:

🏵 "MAKTAB PREZIDENTI" qilib 9-"A" sinf o'quvchisi Qasimboyev Jahongir 80 ta ovoz bilan saylandi.

Shuningdek,

✔️49 ta ovoz bilan 10-"A" sinf o'quvchisi Behruzbek Sa'dullayev
✔️ 46 ta ovoz bilan 11-"A" sinf o'quvchisi Mirjalol Quranboyev lar "MAKTAB PREZIDENTI YORDAMCHISI" bo'ldilar.

💫Ushbu o‘quvchilarimiz tengdoshlari orasida o‘zlarining namunali xulqi, a‘lo o‘qishi va tashabbuskor g‘oyalari bilan barchaga o‘rnak bo‘lishiga ishonamiz va kelgusidagi faoliyatlarida ulkan zafarlar tilab qolamiz!

🌐 Telegram | Facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Zakovat
#Qoʻshkoʻpir_IM

⚡️ Qo'shko'pir tuman ixtisoslashtirilgan maktabida o'quvchilarning bo'sh vaqtlarini mazmunli tashkil qilish maqsadida o'g'il bolalar o'rtasida "ZAKOVAT" intellektual o'yini o'tkazildi.

🥇 Tadbir yakuniga ko'ra maktabning 9-A sinf o'quvchilari g'oliblikni qo'lga kiritishdi.

🌐 Telegram | Facebook
#Tashrifdan_soʻng

Shu yilning 15-fevral kuni Prezidentimiz Andijon shahar 2-sonli ixtisoslashtirilgan maktab-internatiga tashrif buyurgan edi.

O‘quvchilar bilan suhbat jarayonida maktabning 9-sinf o‘quvchisi Madina Jahongirova kelajakda kimyogar bo‘lish orzusi borligini eshitgan Davlatimiz rahbari yoshlarni qo‘llab-quvvatlash uchun doim tayyor ekanligini va o‘quvchimizga imtiyoz asosida davlat grantidan kvota ajratilishini ta’kidladi.

Yuqorida aytib o‘tilgan topshiriq ijrosini ta’minlash maqsadida Toshkent kimyo-texnologiya instituti rektori, professor B.Usmonov Madinaxonni ushbu e’tirof bilan qutlab, Toshkent kimyo-texnologiya institutiga qabul qilinganlik haqidagi sertifikatni tantanali tarzda topshirdi.

Shuningdek, Toshkent kimyo-texnologiya instituti va Andijon shahridagi 2-sonli ixtisoslashgan maktab-internati o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#xalqaro_hamkorlik

Agentlikning mas’ul xodimlari hamda tizimdagi maktablarning bir guruh o‘qituvchilari Pekin shahrida tajriba orttirish uchun jo‘nab ketdi


Shu yilning 19-24-fevral kunlari Xitoyning Pekin shahridagi Beijing International School maktabida ozbekistonlik va xitoylik oqituvchilari ortasida tajriba almashish borasida trening tashkil etilmoqda.

Ushbu trening davomida maktab rahbarlari va o‘qituvchilari xalqaro maktabda STEM fanlarini o‘qitish bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini oshirib qaytishadi.

Bundan tashqari trening davomida maktab boshqaruvi borasida seminarlar, o‘quvchilarning oliy ta’limga tayyorgarligini oshirish bo‘yicha darslar rejalashtirilgan.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Ota_onalar_majlisi

OTA-ONALAR YIGʻILISHLARIGA KENG JAMOATCHILIK JALB QILINDI

Xabaringiz bor,
Prezident boshchiligida o‘tkazilgan videoselektorda “maktab-ota-ona-mahalla” zanjiri asosida o‘quvchilarining ta’lim-tarbiya masalalarini uzviy tashkil etish bo‘yicha mas’ullar oldiga aniq vazifalar belgilab berilgan edi. Kecha bir qancha maktablarda mahalliy hokimliklar va keng jamoatchilik mas'ul xodimlari hamkorligida ota-onalar yig'ilishlari bo'lib o'tdi. Jumladan:

Hazorasp tumani IMda tuman hokimining birinchi o'rinbosari J.Ro'zimov, imom-xatib, mahalla xodimlari ishtirokida;

Qo'shko'pir tumani IMda Chamanzor MFY raisi va maktab ma'muriyati ishtirokida;

Bog'ot tiumani IMda viloyat fermerlar uyushmasi raisi Q.Rajabov, tuman hokimi o'rinbosari I.Raximov, tuman soliq inspeksiyasi boshlig'i X.Jumaniyozov, Ekologik partiya tuman raisi U.Ibragimovlar ishtirokida;

Yangiariq tuman IMda maktab ma'muriyati ishtirokida

OTA-ONALAR MAJLISLARI o'tkazildi.


🌐 Telegram | Facebook
#E_lon
#Urganch_shahar_1_son_IMI

📣📣📣📣

Ertaga, 19-fevral soat 14:00 da

🎭 Urganch shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati faollar zalida "BO'ZQIR ARSLONI JALOLIDDIN" nomli sahnalashtirilgan spektaklga taklif qilamiz.


🌐 Telegram | Facebook
#Taklifnoma
#E_lon
#Ogahiy_ijod_maktabi

"VOHAMIZNING MANGU TIMSOLI" NOMLI TADBIRIMIZGA MARHAMAT

🔹
Hurmatli vohadoshlar! Sizlarni seshanba, 20-fevral soat 16:00 da Xiva shahrida joylashgan Ogahiy nomidagi ijod maktabida shoir Matnazar Abdulhakim tavalludining 76 yilligi munosabati bilan o‘tkaziladigan "Vohaning mangu timsoli" nomli adabiy tadbirga aziz mehmon bo‘lishga taklif etamiz.

🔸
Tadbirda Xorazm adabiy muhitining ulug‘ darg‘alaridan bo‘lmish shoirning qalam sehridan to‘yingan Xorazmcha nazmiy she'rlar, sahna ko‘rinishlari namoyish etiladi.

▪️Tadbirda, shuningdek, sana munosabati bilan o‘tkazilgan tanlovda g'oliblikni qo‘lga kiritgan ishtirokchilar tantanali taqdirlanadi.

➡️ Barcha aziz mehmonlarni kutamiz.

🔎 Manzil: Xiva shahar, Qiyot mahallasi, "A'lo" ko‘chasi 45-A uy

🌐 Telegram | Facebook
Forwarded from Ta'lim nazorati
Vazir jamg‘armasidan har oylik ustamaga daʼvogar pedagoglarni saralash imtihonlari boshlandi

Bugun, 19-fevral kuni maktabgacha va maktab ta'limi vaziri jamg‘armasi hisobidan 2024-yilda har oylik ustamaga daʼvogar pedagoglarning saralash imtihonlari bo‘lib o‘tmoqda.

Soat 10:00 da birinchi, soat 15:00 da ikkinchi navbat boshlanadi.

Bugun, Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan nomzodlarning dars beradigan umumtaʼlim fani bo‘yicha bilim darajasini baholash uchun test sinovlari o‘tkazilmoqda.

Navbatdagi ikkinchi bosqichda esa umumtaʼlim fanini bilish darajasini baholash bo‘yicha o‘tkazilgan test sinovlarida maksimal ballning 80 foizi yoki undan yuqori natija ko‘rsatgan nomzodlarning kasbiy mahoratini baholash uchun suhbat o‘tkaziladi.

❗️ Mazkur suhbat natijalariga ko‘ra eng yuqori ball to‘plagan malakali pedagog kadrlarga mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 5,5 baravari miqdorida har oylik ustama to‘lanadi.

Saralash imtihonlari uchun tanlab olingan pedagoglarga tuman (shahar) maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limlari tomonidan xabar berilgan.

Avvalroq "Vazir jamgʻarmasidan har oylik ustama olish uchun qanday natijalarga erishish lozim?" degan savolga javob berilgan edi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
XORAZMDA MAKTABGACHA VA MAKTAB TA’LIMI VAZIRI JAMG‘ARMASI HISOBIDAN HAR OYLIK USTAMAGA DA’VOGAR PEDAGOGLARNING SARALASH IMTIHONLARI BO‘LIB O‘TMOQDA

Bugun, 19-fevral kuni viloyatdagi Bilim va malakalarni baholash agentligi binosida Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri jamg‘armasi hisobidan 2024-yilda har oylik ustamaga daʼvogar pedagoglarning saralash imtihonlari bo‘lib o‘tmoqda.

Ayni damda “Boshlang‘ich ta’lim”, “Aniq va tabiiy fanlar”, “Xorijiy tillar”, “Ijtimoiy fanlar” va “Amaliy fanlar” yo‘nalishlari bo‘yicha 222 nafar pedagog kadrlarning bilim darajasini baholash uchun test sinovlari o‘tkazilmoqda.

Test jarayonlari shaffof va adolatli o‘tishi uchun belgilangan tartibdagi barcha choralar ko‘rilgan.

Ma'lumot uchun:
2024-yilda Vazir jamg‘armasidan oylik ustama oladigan pedagoglarning soni Respublika bo‘yicha 1250 nafar etib belgilandi (1150 ta kvota umumta'lim muassasalari pedagoglari uchun, 100 ta kvota Ixtisoslashgan ta'lim muassasalari pedagoglari uchun ajratilgan).

Telegram I Youtube I Facebook