XORAZM | Ixtisoslashtirilgan maktablar
1.6K subscribers
19.3K photos
1.27K videos
32 files
5.91K links
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligiga qarashli XORAZM viloyatidagi ixtisoslashtirilgan maktablar telegram sahifasi

facebook.com/ima.xorazm
Download Telegram
Forwarded from T. K. Nurmetov || Shaxsiy blog (Tursunbek Nurmetov)
🟥🟥🟥

✔️VAZIR JAMG‘ARMASIGA DA'VOGAR PEDAGOGLARNI SARALASH IMTIHONLARIGA START BERILMOQDA.

🟢 Joriy yilning 19-fevral kuni soat 09:30 da Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri jamg‘armasi hisobidan 2024-yilning 9 oyi davomida har oylik ustama to‘lash uchun talabgor bo‘lgan Xorazm viloyatidagi 222 nafar pedagoglarga  Bilim va malakalarni baholash agentligi Xorazm viloyati binosida 1-bosqich imtihonlari bo‘lib o‘tadi.

📌Bino locasiyasi

🚀@T_Nurmetov
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from KHISO KHOREZM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#RASMAN

2026 yilda IOI xalqaro informatika olimpiadasi ilk bor O'zbekistonda o'tkaziladi hamda 100 ta IOI sport dasturchilari saralanadi.

🏆PIIMA huzuridagi maktab o'quvchilariga Xalqaro informatika olmpiadasiga munosib tayyorgarlik ko'rishlari uchun
robocontest.uz platformasida Mavzulashtirilgan algoritmlash kursi uchun maxsus promokod berildi.

🔥Promokod nomi: PIIMA

☝️😊Siz uchbu promokodni kiritish orqali qulay taklifga ega bo'lasiz.

Batafsil ma'lumot olish uchun
Tel: (95) 3401070

IOI kurslariga qatnashish uchun online ro'yxatdan o'tish.

Telegram:@roboticslab
#Yangiariq_IM
#hamkorlik

Xorijiy tillarni o'quvchilarga yanada chuqurroq o'rgatish maqsadida amalga oshirilayotgan ishlar doirasida chet eldan tashrif buyurgan bir guruh malakali pedagoglar shartnoma asosida yurtimizda faoliyat olib borishyapti.

📍Hindistondan tashrif buyurgan ingliz tili o'qituvchisi, fan doktori Mrs Leena Antony 2024-yil 16-fevral kuni Yangiariq tuman ixtisoslashtirilgan maktabida bo'ldi. Maktab tarixi, pedagoglar jamoasi, o'quv xonalari va dars jarayonlari bilan tanishib, maktabning bir guruh iqtidorli o'quvchilari bilan ingliz tilida dars jarayoni tashkillashtirdi.

Dars davomida o'quvchilar gapirish til ko'nikmalaridan foydalanib yangi metodlardan foydalanilgan qiziqarli interaktiv o'yinlarda faol ishtirok etishdi.

🤝 Kelajakda bunday uchrashuv va seminarlarni tez-tez tashkillashtirishga kelishildi.

🌐 Telegram | Facebook
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#SCHOOL_PRESIDENT
#Shovot_IMI

Shovot tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internatida"MAKTAB PREZIDENTI" saylovi bo'lib o'tdi.

Saylov natijalarga ko'ra:

🏵 "MAKTAB PREZIDENTI" qilib 9-"A" sinf o'quvchisi Qasimboyev Jahongir 80 ta ovoz bilan saylandi.

Shuningdek,

✔️49 ta ovoz bilan 10-"A" sinf o'quvchisi Behruzbek Sa'dullayev
✔️ 46 ta ovoz bilan 11-"A" sinf o'quvchisi Mirjalol Quranboyev lar "MAKTAB PREZIDENTI YORDAMCHISI" bo'ldilar.

💫Ushbu o‘quvchilarimiz tengdoshlari orasida o‘zlarining namunali xulqi, a‘lo o‘qishi va tashabbuskor g‘oyalari bilan barchaga o‘rnak bo‘lishiga ishonamiz va kelgusidagi faoliyatlarida ulkan zafarlar tilab qolamiz!

🌐 Telegram | Facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Zakovat
#Qoʻshkoʻpir_IM

⚡️ Qo'shko'pir tuman ixtisoslashtirilgan maktabida o'quvchilarning bo'sh vaqtlarini mazmunli tashkil qilish maqsadida o'g'il bolalar o'rtasida "ZAKOVAT" intellektual o'yini o'tkazildi.

🥇 Tadbir yakuniga ko'ra maktabning 9-A sinf o'quvchilari g'oliblikni qo'lga kiritishdi.

🌐 Telegram | Facebook
#Tashrifdan_soʻng

Shu yilning 15-fevral kuni Prezidentimiz Andijon shahar 2-sonli ixtisoslashtirilgan maktab-internatiga tashrif buyurgan edi.

O‘quvchilar bilan suhbat jarayonida maktabning 9-sinf o‘quvchisi Madina Jahongirova kelajakda kimyogar bo‘lish orzusi borligini eshitgan Davlatimiz rahbari yoshlarni qo‘llab-quvvatlash uchun doim tayyor ekanligini va o‘quvchimizga imtiyoz asosida davlat grantidan kvota ajratilishini ta’kidladi.

Yuqorida aytib o‘tilgan topshiriq ijrosini ta’minlash maqsadida Toshkent kimyo-texnologiya instituti rektori, professor B.Usmonov Madinaxonni ushbu e’tirof bilan qutlab, Toshkent kimyo-texnologiya institutiga qabul qilinganlik haqidagi sertifikatni tantanali tarzda topshirdi.

Shuningdek, Toshkent kimyo-texnologiya instituti va Andijon shahridagi 2-sonli ixtisoslashgan maktab-internati o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#xalqaro_hamkorlik

Agentlikning mas’ul xodimlari hamda tizimdagi maktablarning bir guruh o‘qituvchilari Pekin shahrida tajriba orttirish uchun jo‘nab ketdi


Shu yilning 19-24-fevral kunlari Xitoyning Pekin shahridagi Beijing International School maktabida ozbekistonlik va xitoylik oqituvchilari ortasida tajriba almashish borasida trening tashkil etilmoqda.

Ushbu trening davomida maktab rahbarlari va o‘qituvchilari xalqaro maktabda STEM fanlarini o‘qitish bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini oshirib qaytishadi.

Bundan tashqari trening davomida maktab boshqaruvi borasida seminarlar, o‘quvchilarning oliy ta’limga tayyorgarligini oshirish bo‘yicha darslar rejalashtirilgan.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Ota_onalar_majlisi

OTA-ONALAR YIGʻILISHLARIGA KENG JAMOATCHILIK JALB QILINDI

Xabaringiz bor,
Prezident boshchiligida o‘tkazilgan videoselektorda “maktab-ota-ona-mahalla” zanjiri asosida o‘quvchilarining ta’lim-tarbiya masalalarini uzviy tashkil etish bo‘yicha mas’ullar oldiga aniq vazifalar belgilab berilgan edi. Kecha bir qancha maktablarda mahalliy hokimliklar va keng jamoatchilik mas'ul xodimlari hamkorligida ota-onalar yig'ilishlari bo'lib o'tdi. Jumladan:

Hazorasp tumani IMda tuman hokimining birinchi o'rinbosari J.Ro'zimov, imom-xatib, mahalla xodimlari ishtirokida;

Qo'shko'pir tumani IMda Chamanzor MFY raisi va maktab ma'muriyati ishtirokida;

Bog'ot tiumani IMda viloyat fermerlar uyushmasi raisi Q.Rajabov, tuman hokimi o'rinbosari I.Raximov, tuman soliq inspeksiyasi boshlig'i X.Jumaniyozov, Ekologik partiya tuman raisi U.Ibragimovlar ishtirokida;

Yangiariq tuman IMda maktab ma'muriyati ishtirokida

OTA-ONALAR MAJLISLARI o'tkazildi.


🌐 Telegram | Facebook