XORAZM | Ixtisoslashtirilgan maktablar
1.82K subscribers
22.5K photos
1.55K videos
32 files
6.74K links
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligiga qarashli XORAZM viloyatidagi ixtisoslashtirilgan maktablar telegram sahifasi

facebook.com/ima.xorazm
Download Telegram
#jarayon

🤖 "ROBO-CODING" OLIMPIADASI!

🗺 Xabar berganimizdek, Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarining oʻquvchilari oʻrtasida Robo-kodlash (“Robo-Coding”) olimpiadasining hududiy bosqichi oʻtkazilmoqda.

📝Hududiy bosqichda har bir maktabdan quyi 5-8-sinflardan hamda yuqori 9-11-sinflardan 2 ta jamoa shakllantirilib mazkur olimpiadada ishtirok etmoqda.

📆 Har bir hududdan yuqori va quyi sinflardan 1 tadan gʻolib jamoa ishtirok etadigan Agentlik bosqichi 2024-yilning 5-6-yanvar kunlari Toshkent shahrida boʻlib oʻtadi.

🚀 Barcha jamoalarga ushbu olimpiadada omad tilab qolamiz!

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
🟥🟥🟥 🟥🟥🟥

Diagnostik test sinovlari yo‘lga qo‘yildi

👍 Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari formatidagi namunaviy test topshiriqlari asosida diagnostik test sinovlari yo‘lga qo‘yildi.

📚 Diagnostik test sinovlari orqali abituriyentlar o‘z bilimlarini sinab ko‘rishlari va test materiallari (test topshiriqlari kitobi va javoblar varaqasi) bilan ishlash ko‘nikmasiga ega bo’lishlari mumkin.

📍 Diagnostik test materiallari har hafta barcha hududlarga yetkaziladi va talabgorlar test materiallarini agentlikning hududlardagi vakillaridan olib ketishlari mumkin bo‘ladi.

😘 Xorazm viloyati

🏡 Nomi: Bilim va malakalarni baholash agentligi Xorazm viloyati bo‘limi binosi.

🏠 Manzil: Хоrаzm viloyati, Urgаnсh tumani, Yuqоri dо‘rmаn, Yuqoriovul MFY, O‘zbekiston shox ko‘chasi, 2/2-uy

👩‍❤‍👨 Mo‘ljal: Urganch tumani 48-maktab yon tomoni

🗺 Geolokatsiya: https://maps.app.goo.gl/BfduhjD4ggRHwWe97

👨‍💻 Mazkur xizmatdan foydalanish istagini bildirgan talabgorlar my.uzbmb.uz sayti orqali diagnostik test materiallariga buyurtma berishlari mumkin.

App Store 📱 iOS Download

Google Play🛒 Android Download
#jarayon
#robocoding

🤖 "ROBO-CODING" OLIMPIADASI!

🗺 Xabar berganimizdek, Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarining oʻquvchilari oʻrtasida Robo-kodlash (“Robo-Coding”) olimpiadasining hududiy bosqichi oʻtkazilmoqda.

🔺 Xorazm viloyatidagi jarayonlar Xiva shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatida bo‘lib o‘tmoqda. Unda jami 22 ta jamoa o‘zaro bellashmoqda.

📸 Jarayondan fotoreportaj

🚀 Jamoalarga omad tilab qolamiz!

🌐Telegram | Facebook
#XUSHXABAR
#17_DEKABR_OGAHIY_TAVALLUD_TOPGAN_KUN
#IJOD_MAKTABIMIZ_ENDILIKDA
#ÒZBEKISTON_ADABIYOTI_VA_SAÑATI_GAZETASIDA

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Muhammad Rizo Ogahiy nomidagi ijod maktabi ustoz va o'quvchilarining ijod namunalari bugun O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 31 yilligi bayram kunida O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi muassisligidagi Respublikamiz ijodkorlarining bosh nashri "O'zbekiston adabiyoti va san'ati" gazetasining 2023-yil 8-dekabrdagi N:48-49 sonida "BIZ ISTIQLOL BOLALARIMIZ" sarlavhasi ostida, to'liq bir sahifada bosilib chiqdi.

📌 Dilbandlarimiz ijodini yoritib berganliklari uchun "O'zbekiston adabiyoti va san'ati" gazetasi tahririyatiga va ijod makrabimiz oliy toifali ona tili va adabiyot fani o'qituvchisi Muhabbat Jumaniyazovaga o'z minnatdorchiligimizni bildiramiz va yanada baland ijodiy muvaffaqiyatlar tilaymiz.

Ogahiy ijod maktabi rasmiy axborot sahifalari

👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram
#GAZETA_SAHIFALARIDA

⚡️O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi muassisligidagi "O'zbekiston adabiyoti va san'ati" gazetasining 2023-yil 8-dekabrdagi N:48-49 sonida quyidagilarni o'qishingiz mumkin:

🔸"Shoir, muarrix, tarjimon" maqola. M. Jumaniyazova - Ogahiy nomidagi ijod maktabi ona tili va adabiyot fani o'qituvchisi;

🔸"Aziz diyorim", "Kitob" she'rlar. A. Maqsudova - ijod maktabi 7-sinf oʻquvchisi;

🔸"Tun qo'ynida" she'r. F. Maxsudbekova - ijod maktabi 7-sinf o'quvchisi;

🔸"Qo'rqaman, Ona" she'r. M. Ro'zimatova - ijod maktabi 9-sinf o'quvchisi;

🔸Turkum she'rlar. M. Boynazarova - ijod maktabi 11-sinf o'quvchisi;

🔸"Biz Ogahiy avlodimiz" she'r. H. Jumanazarova- ijod maktabi 11-sinf o'quvchisi;

🔸"Dard", "Baxt" drabllar. O. Nurmamatova - ijod maktabi 8-sinf o'quvchisi;

🔸"Deraza ortidagi oy", "Teskari haqiqat", Bezovta shamol" qatra hikoyalar. K. Bahodirova - ijod maktabi 11-sinf o'quvchisi
.

Ogahiy ijod maktabi rasmiy axborot sahifalari

👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram