XORAZM | Ixtisoslashtirilgan maktablar
1.55K subscribers
20K photos
1.34K videos
32 files
6.11K links
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligiga qarashli XORAZM viloyatidagi ixtisoslashtirilgan maktablar telegram sahifasi

facebook.com/ima.xorazm
Download Telegram
“Yangi O‘zbekiston” universiteti professorining ikkita ixtirosi Buyuk Britaniyada patentlashtirildi!

💥 Raqamli texnologiyalar maktabi Informatika departamenti professori doktor M. Uvazening ikkita ixtirosi Buyuk Britaniya Hukumati tomonidan patentlashtirildi.

⌚️Professorning birinchi ixtirosi soat shaklida bo‘lib, u orqali Altsgeymer kasalligi bilan og'rigan bemorlar o'zlarining salomatlik holati haqida xabardor bo'lib borishlari mumkin.

📸 Ikkinchi ixtiro esa kameralarda maxsus tizim orqali biror shaxs yoki jismning xususiyatini batafsil aniqlashda yordam beradi.

🎗 Professorimiz ilmiy faoliyatida muvaffaqiyatlar tilaymiz!

🔁 English

#patent #altsgeymer #UK

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook
⚡️ Davlat xavfsizlik xizmati akademiyasiga nomzodlarni ro‘yxatga olish boshlandi

2024-2025-o‘quv yilida Amir Temur nomidagi O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati akademiyasiga bakalavriat ta’lim yo‘nalishi kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha nomzodlarni saralab olish uchun talabgorlarni ro‘yxatga olish boshlandi.

👨🏻‍💻 Davlat xavfsizlik xizmati akademiyasiga nomzodlarni saralash test sinovlarida ishtirok etish istagini bildirgan talabgorlar my.uzbmb.uz sayti orqali joriy yilning 10-noyabriga qadar onlayn ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.

🔰 Nomzodlarni saralab olish Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-apreldagi 241-son qaroriga muvofiq amalga oshiriladi va nomzodlar mazkur qaror bilan tasdiqlangan nizomning 3-bandida belgilangan talablarga javob berishlari lozim.

Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
💥“Эл-юрт умиди” жамғармаси 2023 йилги навбатдаги 2-очиқ стипендия танловида сиз ҳам фаол иштирок этинг!

🔰Танловга оид барча маълумотлар “Эл-юрт умиди” жамғармасининг www.eyuf.uz сайти орқали батафсил эълон қилиб борилади. Номзодлар учун барча зарур маълумотлар Жамғарманинг Онлайн ҳужжат топшириш платформасида батафсил ёритиб берилган: https://admission.eyuf.uz.
Қўшимча саволларга жавобларни
(71 203 14 41, 71 203 00 47,
71 203 00 48, 71 203 00 53) телефон рақами ёки
Жамғарманинг https://t.iss.one/EYUF_Admission_2023bot расмий бот канали орқали шунингдек, [email protected] электрон почта манзили орқали олиш мумкин.

“Эл-юрт умиди” жамғармаси юртимизнинг умиди, ишончи ва таянчи бўлган Сиз ёшларни ўз танловларида кутиб қолади!

Eyuf.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#vatan_tayanchi_otryadi
#Urganch_shahar_1_son_IMI

🏵 Joriy yilning 6-oktabr kuni Urganch shahar Mudofaa ishlari bo‘limi tomonidan shaharda  joylashgan maktablardagi "Vatan tayanchi" bolalar va o‘smirlar harbiy vatanparvarlik xarakati a’zolariga "Va’da berish" ma’rosimi tashkil etildi.

🎫 Jaloliddin Manguberdi nomidagi harbiy akademik litseyida "Vatan tayanchi" otryadi a’zolariga guvohnomalar tarqatildi.
Tadbirda Xorazm viloyati Mudofaa ishlari boshqarmasi boshlig‘ining o’rinbosari mayor U.Mamadjanov, Xorazm viloyati Mudofaa ishlari boshqarmasi faxriylar bilan ishlash bo’yicha kengash raisi iste’fodagi podpolkovnik A.Jumaniyozov, Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i M.Marimovlar va Yoshlar ishlari Agentligi vakillari qatnashdilar.

✔️ Urganch shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatining 20 nafar o'quvchisi ushbu otryadga a'zo bo'lib, ko'krak nishon va guvohnomaga ega bo'lishdi.

🌐
Telegram | Facebook
Forwarded from Ogahiy ijod maktabi
#Diqqat
#Tanlov_natijalari
#1_oktabr

⚡️ 1-oktabr - O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan Ogahiy nomidagi ijod maktabi Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligining viloyatimizdagi Prezident, Ijod va ixtisoslashtirilgan maktab hamda maktab-internatlari o'quvchilari uchun "Ustozimga dil izhorim" nomli tanlovga nazm, rasm va videorolik yo‘nalishlari bo‘yicha ko'plab ijodiy ishlar kelib tushdi.

👨‍💻 Hakamlar hay'ati tomonidan har bir ishtirokchining ishlari e'tiborga olinib, eng munosiblarini aniqladik. Demak, g‘oliblarimiz bilan tanishing

NAZM

🥇10-ishtirokchi, Bobonazarova Mahfuza - Shovot tuman ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchisi
🥈13-ishtirokchi, Zaribboyeva Jasmina - Ogahiy nomidagi ijod maktabi o‘quvchisi
🥉8-ishtirokchi, Botirova Gulsevar - Hazorasp tuman ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchisi


RASSOMCHILIK

🥇8-ishtirokchi, Qutliyev Lazizbek - Shovot tuman ixtisoslashtirilgan maktabi o‘quvchisi
🥈13-ishtirokchi, Sobirova Dinora - Yangibozor tuman ixtisoslashtirilgan maktabi o‘quvchisi
🥈5-ishtirokchi, Baxromboyeva Maftuna - Yangibozor tuman ixtisoslashtirilgan maktabi o'quvchisi
🥉4-ishtirokchi, Po'latova Ruxshona - Xiva shahar 2-son ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchisi
🥉10-ishtirokchi, Sobirov Muntazir - Ogahiy nomidagi ijod maktabi o‘quvchisi


VIDEOROLIK
(jamoaviy ishtirok uchun)


🥇8-ishtirokchi, Xonqa tuman ixtisoslashtirilgan maktabi
🥈30-ishtirokchi, Shovot tuman ixtisoslashtirilgan maktabi
🥉46-ishtirokchi, Yangibozor tuman ixtisoslashtirilgan maktabi

VIDEOROLIK
(yakka tartibda ishlangan)


🥇39-ishtirokchi, Qadamova Bashorat - Ogahiy nomidagi ijod maktabi o‘quvchisi
🥈28-ishtirokchi, Otaboyeva Mumtozxon - Ogahiy nomidagi ijod maktabi o‘quvchisi
🥉25-ishtirokchi, Yuldasheva Sarvinoz - Yangibozor tuman ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchisi


👏 G‘oliblarni chin dildan qutlaymiz. Barcha g‘oliblar joriy yilning 13-oktabr soat 15:00 da Ogahiy nomidagi ijod maktabida bo‘lib o‘tadigan taqdirlash marosimiga kelishlari so‘raladi. Maktab ma'muriyati tomonidan g‘oliblarga diplom va esdalik sovg‘alari topshiriladi.

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

👉Telegram|👉 Facebook|
👉YouTube| 👉 Instagram|
O‘quvchilar o‘rtasidagi “Zakovat” turnirlarining respublika bosqichi 15-, 22- va 29-oktabr kunlari o‘tkaziladi!

Oktabr oyida “Zakovat intellektual klubi” NNT tomonidan o‘tkazib kelinayotgan bir qator nufuzli turnirlarning respublika bosqichi o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Jumladan:

15-oktabr kuni - Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablar o‘quvchilari o‘rtasida “Zakovat” turnirining;

22-oktabr kuni - Umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasidagi “Zakovat” turnirining;

29-oktabr kuni - O‘rta maxsus va professional ta’lim muassasalari o‘quvchilari o‘rtasidagi “Zakovat” turnirining respublika bosqichi bo‘lib o‘tadi.

Yuqoridagi barcha o‘yinlar Toshkent shahridagi “Zakovat arena” binosida, soat 10:00da boshlanadi.

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok
#Yangi_loyiha
#Ogahiy_nomidagi_ijod_maktabi

OGAHIY NOMIDAGI IJOD MAKTABIDA ''MENING FIKRIM'' NOMLI YANGI LOYIHA YO'LGA QO'YILDI

Joriy yilning 10-oktabr sanasida Ogahiy nomidagi ijod maktabi o‘quvchilarini bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida tarbiyachi-pedagoglar tomonidan 7-sinf o‘quvchilari o‘rtasida "Mening fikrim" loyihasi bo‘lib o‘tdi.

❇️ Loyihada asosan o‘quvchilar sahna madaniyati, o‘z fikrini ommaga yetkaza olish, nutq uslublari bo‘yicha ko‘nikmalarini sinovdan o‘tkazdilar. Belgilangan shartga ko‘ra o‘quvchilar maktab haqida taassurotlarini o‘rtoqlashdilar.

📸 Jarayondan foto lavhalar.

🌐
Telegram | Facebook
#Hamkorlik #uchrashuv
#Prezident_maktabi
#Urganch_shahar_1_son_IMI
#Bogʻot_IM

  Xiva shahridagi Prezident maktabi direktori ixtisoslashtirilgan maktablarning o'quvchilari bilan uchrashuvlar olib bormoqda!

Urganch shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati
da, shuningdek,

Bog'ot tuman ixtisoslashtirilgan maktabi oʻquvchilari bilan o'tkazilgan muloqot va savol javob tarzida o'tgan uchrashuvlarda o'quvchilar o'zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.

📌Qizg'in davom etgan jatayonlarda o'quvchilar  IELTS, CEFR sertfikatlarni olishda aynan nimalarga ko'proq e'tibor qaratish lozimligi haqida ma'lumotga ega  bo'lishdi.

🌐
Telegram | Facebook