XORAZM | Ixtisoslashtirilgan maktablar
2.56K subscribers
24.1K photos
1.64K videos
36 files
7.26K links
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligiga qarashli XORAZM viloyatidagi ixtisoslashtirilgan maktablar telegram sahifasi

facebook.com/ima.xorazm
Download Telegram
Forwarded from XORAZM YOSHLARI
👍Vohadagi xorijiiy til ixlosmandlariga mamnuniyat ila shuni ma’lum qilamizki, “Ibrat Farzandlari” jamoasi respublika miqyosida ilk bor yangi formatda Xorazm viloyatida oʻz faoliyatini boshladi!

🔹Chet tillarini oʻrganishni xohlovchi barchani 8-oktabr kuni  soat 11:00da Urganch shahrida joylashgan Yoshlar markazi binosida boʻlib oʻtadigan MasterClassda kutib qolamiz.

🔹Siz MasterClassimizda chet tillarini oʻrganish hamda xorijda oʻqish boʻyicha koʻplab foydali maʻlumotlarga ega boʻlasiz. Shuningdek oʻzingizni qiziqtirgan savollarga javob olasiz.

🔹Hoziroq ro’yxatdan o’tishga shoshiling! Chunki, joylar soni cheklangan. MasterClassda qatnashish uchun quyidagi havolalarga murojaat qiling! MasterClassga kirish 8-oktabr 10:50 da to’xtatiladi!

🔹Telefonlar: +998995645648; +998937480777; +998337570907
🔹Telegram: @shuxratovs; @shaxzoda_kamalova; @shohruxbek_otabekzoda

🇺🇿 Yoshlar ishlari agentligi Xorazm viloyati boshqarmasi Axborot xizmati
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3
#Yangiliklar

Xivada Koreya film festivali o'tkaziladi

📽6 - oktabr kuni Ichan qal'a davlat muzey-qo'riqxonasining Ko'hna ark amfiteatrida Koreya filmlar festivali o'tkaziladi. Festival doirasida Koreyaning mashhur kinofilmlari namoyishi bo'lib o'tadi. Festival o'z ishini 17:00 da boshlaydi.

Kirish mutlaqo bepul!

Telegram | Instagram | YouTube | Facebook
#Hamkorlik
#Amaliy_mashgʻulot
#Kasbga_yònaltirish
#Tuproqqalʻa_IM

⭕️ Tuproqqal'a tumani ixtisoslashtirilgan maktabning yuqori sinf o‘quvchilarini kasb-hunarga yo‘naltirish va tumandagi mavjud korxona - tashkilotlarning ish faoliyati bilan yaqindan tanishtirish maqsadida quyidagi tashkilotlar:

▪️ Tuproqqal'a tumani Moliya bo‘limi,
▪️ Xalq banki Tuproqqal'a filiali,
▪️ Tuproqqal'a KTMP,
▪️ "MaxDecor" gulqog‘ozlari ishlab chiqarish zavodi
bilan memorandum shartnomalari imzolandi.

🌐 Telegram | Facebook
👍4
🌎 Xiva shahridagi prezident maktabida targʻibot tadbiri oʻtkazildi

Xabar berganimizdek, “Wiki-tur” doirasida loyiha a’zolari Xorazm viloyatiga targʻibot uchun yoʻl olishgan edi.Targʻibot tadbirlarida yoshlarga oylik tanlov hamda yangi loyihalar haqida ma’lumot berildi.

Mazkur WikiTargʻibotda maktab oʻquvchilari oʻzlarini qiziqtirgan barcha savollarga javob olishdi. Shuningdek, yangi loyihalarda ishtirok etish istaklarini maʼlum qilishdi.

🌎 Loyiha tashkilotchilari tomonidan yoshlarga tegishli tavsiyalar berilib, Vikipediyaga doir masalalarda bajonidil yordam koʻrsatishga tayyor ekanliklarini maʼlum qilishdi.

#tilimiz_uchun

Bizning sahifalarimiz:
🕊@yoshlaragentligi 📱Instagram 📱Facebook 📺YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Hamkorlik #uchrashuv
#Prezident_maktabi
#Xiva_2_son_IM
_
📆 5-oktabr kuni Xiva shahar 2-son ixtisoslashtirilgan maktabi o'quvchilarining xorijiy tilni o'rganishda bilim va ko'nikmalarini oshirish, ingliz tilini bilish darajasi sertifikatlarini olishga tayyorgarlik ko'rish jarayonining o'ziga xos jihatlari haqida tavsiyalar berish maqsadida Xiva shahridagi Prezident maktabi direktori Sattorbek Yo'ldashev bilan suhbat tashkil etildi.

🔹Tadbirni Xiva shahar 2-son Ixtisoslashtirilgan maktabi direktori Muborak Kuryazova ochib berdi va olib bordi. Uchrashuv savol-javob tarzida bo'ldi. Tadbir yakunida chet el oliy o'quv yurtlarida o‘qishga kirib, o'qib kelayotgan Prezident maktabi bitiruvchilari bilan tez orada onlayn suhbat tashkillashtirishga kelishildi.

📌 Ma'lumot o‘rnida, yaqinda Sattorbek Yo'ldashev IELTS imtihonida 8.5 ball natijani qo'lga kiritgan, "Xalq ta'limi a'lochisi" unvoni sohibi.

🌐 Telegram | Facebook
👍2
#Zakovat

ZAKOVATDA KUCH!

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarda o‘quvchilar o‘rtasida davom etayotgan “Zakovat” o'yinlaridan  lavhalar!

📍Bog'ot tumani ixtisoslashtirilgan maktabi

📍Yangibozor tumani ixtisoslashtirilgan maktabi

📍Urganch shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati

📍Yangiariq tumani ixtisoslashtirilgan maktabi

📍Xiva shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati

"Zakovot" intellektual o'yinlari o'quvchilar tafakkurlarini yanada boyitish va fikrlash tezligini oshirishga xizmat qiladi.

🌐
Telegram | Facebook
🎉3👍2