XORAZM | Ixtisoslashtirilgan maktablar
1.58K subscribers
19.5K photos
1.29K videos
32 files
5.97K links
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligiga qarashli XORAZM viloyatidagi ixtisoslashtirilgan maktablar telegram sahifasi

facebook.com/ima.xorazm
Download Telegram
Forwarded from Hilola Umarova
Bugun barchamiz uzoq kutgan "Pedagogning maqomi to‘g‘risida"gi qonun Oliy Majlis Senati tomonidan ma'qullandi.

Mazkur Qonun ta’lim sohasida faoliyat yuritayotgan 640 mingdan ziyod pedagog — tarbiyachi, o‘qituvchi va murabbiylarining haq-huquqlarini, jamiyatdagi obro‘-e’tiborini yuksaltirishga, ular orqali farzandlarimiz tahsil olayotgan ta’lim dargohlaridagi muhitni yaxshilashga xizmat qilishi shubhasiz.

Davlatimiz rahbarining pedagoglarimiz faoliyatini himoya qilishga qaratilgan bir qator Qaror va Farmonlari mavjud bo‘lib, ular orqali pedagoglarni moddiy qo‘llab-quvvatlash, ularning haq-huquqlarini himoya qilish uchun shart-sharoit va huquqiy asoslar yaratilgan. Shunga qaramay, pedagoglarimizning nufuzini oshirish uchun ushbu Qonun juda muhim edi.

Qonun eng avvalo bugungi kunda juda ko‘p muhokamalarga sabab bo‘ladigan masala, pedagog xodimlarga o‘z kasbiy faoliyati bilan shug‘ullanishiga g‘ayriqonuniy ravishda aralashuvlardan himoyalanish huquqi berilayotganligi bilan ham ahamiyatga molik. Mana shu birgina jihat, ya’ni pedagog o‘z kasbiy faoliyatini amalga oshirish chog‘ida o‘z sha’ni, qadr-qimmati va ishchanlik obro‘sini himoya qilishi, pedagogning nufuzini yangi bosqichga ko‘taradi, deb o‘ylayman.

Fursatdan foydalanib yaqinlashib kelayotgan qutlug‘ sana bilan tabriklayman, bugungi qabul qilingan Qonun barchamizga muborak bo‘lsin!
#Faxrimiz
#IELTS

⚡️𝑿𝒊𝒗𝒂 𝒔𝒉𝒂𝒉𝒓𝒊𝒅𝒂𝒈𝒊 𝑷𝒓𝒆𝒛𝒊𝒅𝒆𝒏𝒕 𝒎𝒂𝒌𝒕𝒂𝒃𝒊𝒏𝒊𝒏𝒈 10-𝒔𝒊𝒏𝒇 𝒐'𝒒𝒖𝒗𝒄𝒉𝒊𝒔𝒊

Zarnigor Yusupova - 𝑰𝑬𝑳𝑻𝑺 𝒊𝒎𝒕𝒊𝒉𝒐𝒏𝒊𝒅𝒂 𝒐'𝒛 𝒃𝒊𝒍𝒊𝒎𝒊𝒏𝒊 𝒔𝒊𝒏𝒂𝒃 8 ball 𝒏𝒂𝒕𝒊𝒋𝒂𝒏𝒊 𝒒𝒐'𝒍𝒈𝒂 𝒌𝒊𝒓𝒊𝒕𝒅𝒊.

🎉 𝒁𝒂𝒓𝒏𝒊𝒈𝒐𝒓𝒏𝒊𝒏𝒈 𝒌𝒆𝒚𝒊𝒏𝒈𝒊 𝒇𝒂𝒐𝒍𝒊𝒚𝒂𝒕𝒊𝒅𝒂 𝒉𝒂𝒎 𝒚𝒖𝒌𝒔𝒂𝒌 𝒎𝒂𝒓𝒓𝒂𝒍𝒂𝒓𝒏𝒊 𝒆𝒈𝒂𝒍𝒍𝒂𝒔𝒉𝒊𝒏𝒊 𝒕𝒊𝒍𝒂𝒚𝒎𝒊𝒛.

🌐 Telegram | Facebook
“Barqaror rivojlanish madaniyatini targ‘ib qilish va O‘zbekiston bolalari va yoshlarini iqlim masalalariga jalb qilish bo‘yicha” Milliy strategiya qabul qilindi

Bugun Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligida yoshlar tashabbuslari asosida ishlab chiqilgan Milliy strategiyani imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi.

❗️Unda Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri Hilola Umarova, Yoshlar siyosati va sport vaziri Adham Ikramov, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o'zgarishi vaziri Aziz Abduhakimov, UNICEF tashkilotining O'zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Munir Mamadzade, UNESCOning Ta'lim bo'yicha mutaxassisi Mariko Fujisawa qatnashishdi.

⚡️Uchrashuvda, shuningdek Toshkent shahridagi 81-maktab va Muhammad al Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchilari ishtirok etishdi.

Ma’lumot uchun, mazkur ikki maktab ”Eco-schools Uzbekistan" loyihasi doirasida Ekologik ta’lim fondi (FEE) 7 qadam dasturining oliy mukofoti — Yashil bayroqqa sazovor bo’lishgan.

Tadbir davomida mas'ullar ekologik muammolarning naqadar dolzarbligi va ushbu qabul qilinayotgan Milliy strategiyaning ahamiyati haqida so'z yuritishdi.

✔️ Shuningdek, xalqaro tashkilotlar, mas'ul vazirlik va yoshlar ishtirokida ishlab chiqilgan mazkur hujjatda:

bolalarda ekologik muammolar bo‘yicha ko‘nikmalarni rivojlantirish;
mamlakatda iqlimbardosh va muqobil energetika manbalaridan keng foydalanish;
oziq-ovqatni isrof qilmaslik va chiqindilarni qayta ishlash;
ekologiyani asrashga o‘z hissasini qo‘shganlarni munosib rag‘batlantirish kabi yo‘nalishlar bo‘yicha chora-tadbirlar belgilanayotganligi
ta'kidlandi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bitiruvchi_2023_2024
#Bogʼot_IMI

🏢 Bog'ot tumani ixtisoslashtirilgan maktabida  11-sinf o‘quvchilaridan oliy taʼlim muassasalariga kirishi uchun o'zlarining tanlagan yo'nalishi bo'yicha namunaviy test sinovlari olindi.

⚡️Tashkil etilgan ushbu bloklar bo'yicha test sinovi orqali o'quvchilarning bilim natijalari tahlil qilindi.

📌
Bundan ko'zlangan asosiy maqsad:
👉 O'quvchilarimizni olayotgan bilim va ko'nikmalarini sinovdan o'tkazish;
👉 Imtihon jarayonlariga tayyorlash va ko'nikma hosil qilish.

🌐 Telegram | Facebook
#Dars_jarayoni
#Yangibozor_IM

⚡️
Yangibozor tumani ixtisoslashtirilgan maktabida mahoratli o'qituvchilar tomonidan yangi pedtexnologiyalar asosida darslar o'tilmoqda.

📸 Kimyo, fizika, ingliz tili, adabiyot, rus tili dars jarayonidan lavhalar
.

🌐 Telegram | Facebook