XORAZM | Ixtisoslashtirilgan maktablar
1.58K subscribers
19.6K photos
1.3K videos
32 files
5.98K links
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligiga qarashli XORAZM viloyatidagi ixtisoslashtirilgan maktablar telegram sahifasi

facebook.com/ima.xorazm
Download Telegram
#Tinchlik_kuni
#Sport

SPORT - TINCHLIK ELCHISI

21-sentabr "Xalqaro tinchlik kuni"
munosabati bilan Xiva shahridagi Prezident maktabida sport musobaqasi tashkillashtirildi.

⭐️Qizg'in bellashuvlarga boy tarzda o'tgan musobaqa so'ngida 4 jamoa orasida "Al-Farobiy" jamoasi g'alabani qo'lga kiritdi.

❗️Bu kabi o'yinlar akademik soatlarda sarflangan energiyani qayta tiklab olishning eng samarali usullaridan biridir.

🌐Biz  ijtimoiy tarmoqlarda:
telegram | instagram
facebook | you tube
#Summativ_baholash

🔰 Joriy yilning 19-sentabr sanasida yangi baholash tizimi bo'yicha Ogahiy nomidagi ijod maktabining trener o'qituvchisi M. Masharipov tomonidan

✔️Xiva shahar 11-son maktabda faoliyat yuritayotgan oʻqituvchilarga "Umumtaʼlim maktablarida oʻquvchilar bilimini baholashning yangi tartibini joriy etish" mavzusida mahorat darsi oʻtildi. O'qituvchilar o'zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar olishdi.

📸 Ushbu jarayondan foto lavhalar.

🌐 Telegram | Facebook
#Hamkorlik  
#Urganch_shahar_1_son_IMI

  ⚡️O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 16-maydagi PQ-158-son O‘zbekiston Respublikasi aholisi va hududining seysmik xavfsizligini ta’minlash tizimini yanada takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida

🔥 Urganch shahar FVB xodimi mayor E.Atajanov va maktab -internatining o‘rinbosari - CHQBT rahbari A.Rajabov Urganch shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati o‘quvchilar va xodimlar, shuningdek ishchi-xizmatchilarini jalb qilgan holda “Тabiiy ofat, yong‘in sodir bo‘lganda” mavzusida o‘zini-o‘zi muhofaza qilish yuzasidan amaliy mashg'ulot o'tkazdi.

🌐
Telegram | Facebook
#Summativ_baholash

Xonqa tumanidagi 1-sonli umumta‘lim maktabida "Mezonlarga asoslangan yangi baholash tizimi" bo‘yicha trening mashg‘uloti o‘tkazildi.

✔️Xonqa tumani ixtisoslashtirilgan maktabi trener-o‘qituvchilari B.Tajibayev va O.Egamberdiyevlar tomonidan tashkil qilingan trening davomida maktab direktori, O‘IBDO‘, fan o‘qituvchilari va o‘quvchilarning belgilangan vazifalar bilan tanishtirildi.

▪️ O‘qituvchilar yangi baholash tizimi bo‘yicha o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.

🌐 Telegram | Facebook
#Psixologik_faoliyat

✔️ Agentlik tizimidagi maktablar amaliyotchi psixologlari tomonidan o'quvchilarni bir-birlari bilan  yaqindan tanishtirsh, ularni yangi maktab, yangi muhitga  moslashishlariga ko'maklashish, qolaversa o'zaro jamoviy ahillikni yanada oshirishga xizmat qiluvchi, shuningdek, o'quvchilar tafakkur darajasini yaxshilash, muomala madaniyatini shakllantirish, shaxslararo munosabatlarni rivojlantirishga qaratilgan turli mashqlar, treninglar o'tkazilmoqda, so'rovnomalar olinmoqda.

📸 Fotosuratlarda:
Yangiariq tumani IM
Shovot tumani IMI
Urganch shahar 1-son IMI
Ogahiy ijod maktabi psixologlari faoliyatidan lavhalar.

🌐 Telegram | Facebook
#Fan_olimpiadasi

🇺🇿 Fan olimpiadasi maktab bosqichi

◼️O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Iqtidorli yoshlarni aniqlash va yuqori malakali kadrlar tayyorlashning uzliksiz tizimini tashkil etish chora tadbirlari to‘g‘risidagi” 2019-yil 3-maydagi PQ-4306 sonli qarorida belgilangan ustuvor vazifalar ijrosini ta’minlash, Vazirlar Mahkamasining “Iqtidorli o‘quvchilar o‘rtasida fan olimpiadalarini o‘tkazish tizimini takomillashtirish hamda xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktabni aniqlash tizimini joriy etish to‘g‘risida"gi 2021-yil 9-sentabrdagi 562-sonli qarori hamda Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligining 2023-yil 13-sentabrdagi 02-12-1604-sonli xati ijrosini ta’minlash maqsadida Agentlik tizimidagi maktablarda olimpiadaning maktab bosqichlari o'tkazilmoqda.

▪️Ogahiy ijod maktabi,
▪️Yangibozor tumani ixtisoslashtirilgan maktabi,
▪️Xonqa tumani ixtisoslashtirilgan maktabi,
▪️Xiva shahar 2-son ixtisoslashtirilgan maktablaridagi jarayonlardan fotolavhalar.

🌐 Telegram | Facebook