XORAZM | Ixtisoslashtirilgan maktablar
1.6K subscribers
19.3K photos
1.27K videos
32 files
5.91K links
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligiga qarashli XORAZM viloyatidagi ixtisoslashtirilgan maktablar telegram sahifasi

facebook.com/ima.xorazm
Download Telegram
📖 Koʻp kitob oʻqisa nima boʻladi?

😊Ko‘p kitob o‘qigan kishi o‘zining boy so‘z zahirasi tufayli hamisha yaxshi suhbatdosh bo‘ladi.

🧑‍🎓 Mutolaa bizga kimdir yillab o‘rgangan narsasini qisqa muddatda bilib olishimizga yordam beradi.

🌐 Telegram | Facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_VA_BIZ
#ASSALOM_XORAZM

📆 1-oktabr - O'qituvchilar va murabbiylar kuni munosabati bilan joriy yilning 18-sentabr kuni Xorazm telekanalining "Assalom, Xorazm" dasturida Ogahiy nomidagi ijod maktabining ona tili va adabiyot fani oliy toifali o'qituvchisi, shoira Saida Safoyeva (Saida Safo) faoliyati haqida lavha namoyish etildi.

📺 Marhamat, siz ham tomosha qiling.

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

https://t.iss.one/Ogahiy_ijod_Maktabi
#Bugun

21-sentabr – Xalqaro tinchlik kuni

Xalqaro tinchlik kuni har yili 21-sentyabrda nishonlanadi. Bu kun 1981-yilda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi tomonidan butun dunyoda tinchlik va zo‘ravonlikdan voz kechishni targ‘ib qilish maqsadida ta’sis etilgan.

🕊 Bu kunning mavzusi “Tinchlikni birgalikda shakllantiramiz”.

Bu kun, shuningdek, mahalliy vaqt bilan peshin vaqtida bir daqiqa sukut saqlash bilan nishonlanadi, bu yerda butun dunyo bo'ylab odamlar tinchlikning ahamiyati haqida fikr yuritish uchun bir daqiqa pauza qilishadi.

🌐 Telegram | Facebook
#Tinchlik_kuni
#Sport

SPORT - TINCHLIK ELCHISI

21-sentabr "Xalqaro tinchlik kuni"
munosabati bilan Xiva shahridagi Prezident maktabida sport musobaqasi tashkillashtirildi.

⭐️Qizg'in bellashuvlarga boy tarzda o'tgan musobaqa so'ngida 4 jamoa orasida "Al-Farobiy" jamoasi g'alabani qo'lga kiritdi.

❗️Bu kabi o'yinlar akademik soatlarda sarflangan energiyani qayta tiklab olishning eng samarali usullaridan biridir.

🌐Biz  ijtimoiy tarmoqlarda:
telegram | instagram
facebook | you tube
#Summativ_baholash

🔰 Joriy yilning 19-sentabr sanasida yangi baholash tizimi bo'yicha Ogahiy nomidagi ijod maktabining trener o'qituvchisi M. Masharipov tomonidan

✔️Xiva shahar 11-son maktabda faoliyat yuritayotgan oʻqituvchilarga "Umumtaʼlim maktablarida oʻquvchilar bilimini baholashning yangi tartibini joriy etish" mavzusida mahorat darsi oʻtildi. O'qituvchilar o'zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar olishdi.

📸 Ushbu jarayondan foto lavhalar.

🌐 Telegram | Facebook
#Hamkorlik  
#Urganch_shahar_1_son_IMI

  ⚡️O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 16-maydagi PQ-158-son O‘zbekiston Respublikasi aholisi va hududining seysmik xavfsizligini ta’minlash tizimini yanada takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida

🔥 Urganch shahar FVB xodimi mayor E.Atajanov va maktab -internatining o‘rinbosari - CHQBT rahbari A.Rajabov Urganch shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati o‘quvchilar va xodimlar, shuningdek ishchi-xizmatchilarini jalb qilgan holda “Тabiiy ofat, yong‘in sodir bo‘lganda” mavzusida o‘zini-o‘zi muhofaza qilish yuzasidan amaliy mashg'ulot o'tkazdi.

🌐
Telegram | Facebook
#Summativ_baholash

Xonqa tumanidagi 1-sonli umumta‘lim maktabida "Mezonlarga asoslangan yangi baholash tizimi" bo‘yicha trening mashg‘uloti o‘tkazildi.

✔️Xonqa tumani ixtisoslashtirilgan maktabi trener-o‘qituvchilari B.Tajibayev va O.Egamberdiyevlar tomonidan tashkil qilingan trening davomida maktab direktori, O‘IBDO‘, fan o‘qituvchilari va o‘quvchilarning belgilangan vazifalar bilan tanishtirildi.

▪️ O‘qituvchilar yangi baholash tizimi bo‘yicha o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.

🌐 Telegram | Facebook
#Psixologik_faoliyat

✔️ Agentlik tizimidagi maktablar amaliyotchi psixologlari tomonidan o'quvchilarni bir-birlari bilan  yaqindan tanishtirsh, ularni yangi maktab, yangi muhitga  moslashishlariga ko'maklashish, qolaversa o'zaro jamoviy ahillikni yanada oshirishga xizmat qiluvchi, shuningdek, o'quvchilar tafakkur darajasini yaxshilash, muomala madaniyatini shakllantirish, shaxslararo munosabatlarni rivojlantirishga qaratilgan turli mashqlar, treninglar o'tkazilmoqda, so'rovnomalar olinmoqda.

📸 Fotosuratlarda:
Yangiariq tumani IM
Shovot tumani IMI
Urganch shahar 1-son IMI
Ogahiy ijod maktabi psixologlari faoliyatidan lavhalar.

🌐 Telegram | Facebook