XORAZM | Ixtisoslashtirilgan maktablar
1.6K subscribers
19.3K photos
1.27K videos
32 files
5.9K links
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligiga qarashli XORAZM viloyatidagi ixtisoslashtirilgan maktablar telegram sahifasi

facebook.com/ima.xorazm
Download Telegram
#Summativ_baholash

⚡️Yangibozor tumani ixtisoslashtirilgan maktabi rahbariyati tashabbusi bilan tumanda mavjud 33 ta umumiy o'rta ta'lim muassasalari o'quv ishlari bo'yicha direktor o'rinbosarlari va metod birlashma rahbarlari uchun "Yangi baholash tizimi" bo'yicha seminar-trening bo'lib o'tdi.

📊 Seminar yakunida qatnashuvchilardan baholash tizimi bo'yicha test olindi.

🌐
Telegram | Facebook
#Yangiliklar

“Oʻzbekiston – 2030” strategiyasi qabul qilindi

Prezident Farmoni (PF–158-son, 11.09.2023-y.) bilan “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasi tasdiqlandi hamda uni 2023-yilda oʻzi vaqtida va sifatli amalga oshirish boʻyicha Prezident qarori (PQ–300-son, 11.09.2023-y.) qabul qilindi.

✔️ Farmonga koʻra, “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasi quyidagi 5 ta ustuvor yoʻnalish hamda 100 ta maqsaddan iborat:

har bir insonga oʻz salohiyatini roʻyobga chiqarish uchun munosib sharoitlar yaratish;
barqaror iqtisodiy oʻsish orqali aholi farovonligini taʼminlash;
suv resurslarini tejash va atrof-muhitni muhofaza qilish;
qonun ustuvorligini taʼminlash, xalq xizmatidagi davlat boshqaruvini tashkil etish;
“xavfsiz va tinchliksevar davlat” tamoyiliga asoslangan siyosatni izchil davom ettirish.
"Zamin" fondi tomonidan Ekologik ta’lim fondi (FEE) bilan birgalikda amalga oshirilayotgan "Eco-Schools" xalqaro dasturi "Eco-schools Uzbekistan" a’zoligiga qabul e’lon qiladi.

Ariza berish muddati — 2023 yil 25 sentyabr kunigacha.

Eko-maktab maqomini olish uchun saytdagi hujjatlarni to‘ldirish zarur.

Loyiha hamkorlari — Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi hamda Yoshlar ishlari agentligi.
__

Международная программа Eco-Schools, осуществляемая Фондом Zamin совместно с Фондом экологического образования (FEE), объявляет о наборе в члены-участники Eco-schools Uzbekistan.

Срок подачи заявки до 25 сентября 2023 года.

Для получения статуса эко-школы необходимо заполнить документы на сайте.

Партнёрами проекта выступают МДШО, Министерство молодёжной политики и спорта, Министерство экологии, охраны окружающей среды и изменения климата и Агентство по делам молодёжи.

Zamin | Facebook | Instagram
“O‘ZBEKISTON – 2030” STRATEGIYASIDA MAKTABGACHA VA MAKTAB TA’LIMINI RIVOJLANTIRISHGA DOIR QATOR VAZIFALAR BELGILANDI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi to‘g‘risida“gi Farmoni hamda “O‘zbekiston – 2030” strategiyasini 2023-yilda sifatli va o‘z vaqtida amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori e’lon qilindi.

Mazkur qarorga asosan, 2024-yil 1-yanvardan boshlab:

davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilariga oqsil, vitamin va minerallar bilan boyitilgan sut, yod bilan to‘yintirilgan non mahsulotlari beriladi;

Xorazm viloyatining Qo‘shko‘pir va Xonqa tumanlaridagi barcha boshlang‘ich sinf o‘quvchilari eksperiment tariqasida ta’lim planshetlari bilan ta’minlanadi hamda kelgusida mazkur tajriba respublikamizning barcha hududlarida bosqichma-bosqich joriy etiladi;

banklarning nodavlat umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari faoliyatini yo‘lga qo‘yish uchun milliy valyutada ajratiladigan, qiymati 20 milliard so‘mgacha bo‘lgan kreditlar bo‘yicha, foiz stavkasining Markaziy bank asosiy stavkasidan oshadigan, lekin uning 1,5 baravaridan ko‘p bo‘lmagan qismini qoplash uchun Davlat byudjeti hisobidan kompensatsiya taqdim etish amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi.

⚡️2023/2024-o‘quv yilidan boshlab:

umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining kasb-hunar egasi bo‘lish istagidagi 10-sinf o‘quvchilari uchun tegishli hududlarda talab yuqori bo‘lgan kasb-hunarlarga o‘rgatish kurslari joriy etiladi;

❗️Bunda, dastlabki bosqichda ushbu tartib zarur kadrlar salohiyati va moddiy-texnika bazasiga ega bo‘lgan hamda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan belgilangan umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida joriy etiladi.

Prezident maktablari va ixtisoslashtirilgan maktablar umumiy o‘rta ta’lim muassasalari uchun “tayanch maktab” etib belgilanadi.

👉 Batafsil: https://uzedu.uz/y3/news/1250
#SAT
#Urganch_shahar_1_son_IMI

▪️Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Urganch shahar 1-son ixtisoslashtirilgan  maktab-internatining 11-02 sinf o'quvchilari matematika va ingliz tili fanlari bo'yicha SAT sertifikatini qo'lga kiritdilar va xalqaro oliy ta'lim muassasalariga kirish imkoniyatiga ega bo'lishdi. Ular bilan tanishing 👇

Atadjanov Jasurbek - 1300 ball

Abdaxatov Zafarbek - 1280 ball

Sobirov Sanjarbek - 1280 ball

💫 O'quvchilarimizni yutuq bilan tabriklab, keyingi o'qishlarida muvafaqiyatlar tilaymiz!

🌐
Telegram | Facebook
#Zakovat
#Maktab_bosqichi
#Urganch_shahar_1_son_IMI

ZAKOVATDA KUCH!

📌11-sentabr kuni Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarda o'quvchilar o'rtasida "Zakovat" intellektual o‘yinlariga start berildi.

Fotolavhalarda:
💤 Ogahiy nomidagi ijod maktabi
💤 Urganch shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati
💤 Bog'ot tumani ixtisoslashtirilgan maktab-internati da bo'lib o'tgan o'yinlardan lavhalar.

⚡️G'olib jamoalarga keyingi bosqichlarda omad tilab qolamiz!

🌐
Telegram | Facebook
📲BILIB QO‘YGAN YAXSHI

❗️Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Xorazm viloyatida joylashgan Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarning telegram sahifalari quyidagilar:

1. Xiva shahridagi Prezident maktabi:
https://t.iss.one/PSinKhiva

2. Xiva shahridagi Ogahiy ijod maktabi:
https://t.iss.one/Ogahiy_ijod_Maktabi

3. Urganch shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati:
https://t.iss.one/Urganch_IMI

4. Bog‘ot tumani ixtisoslashtirilgan maktabi:
https://t.iss.one/BagatPSchool

5. Hazorasp tumani ixtisoslashtirilgan maktabi:
https://t.iss.one/HazoraspPIIMA

6. Qo‘shko‘pir tumani ixtisoslashtirilgan maktabi:
https://t.iss.one/qushkupirPIIMAschool

7. Xonqa tumani ixtisoslashtirilgan maktabi:
https://t.iss.one/SSinKhanka

8. Yangibozor tumani ixtisoslashtirilgan maktabi:
https://t.iss.one/yangib_ixtisosl

9. Yangiariq tumani ixtisoslashtirilgan maktabi:
https://t.iss.one/SpecializedschoolinYangiarik

10. Xiva shahar 2-son ixtisoslashtirilgan maktabi:
https://t.iss.one/Xiva_shahar_2_IM_matbuot_xizmati

11. Tuproqqal'a tumani ixtisoslashtirilgan maktabi:
https://t.iss.one/T2022PIMA

12. Shovot tumani ixtisoslashtirilgan maktab-internati:
https://t.iss.one/shovotPIIMAschool

13. Xiva shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati:
https://t.iss.one/khiva1son_imi

Xorazm viloyati bo‘yicha: ➡️ https://t.iss.one/piima_xorazm

🚀Telegram 🔵 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Tabriklaymiz

SHOGIRDLARGA O'RNAK USTOZ!

⚡️ Xiva shahridagi Prezident maktabi ijrochi direktori Sattorbek Yo'ldashev IELTS imtihonida 8.5 ball natijani qo'lga kiritdi.

🎉Ajoyib natija bilan Xiva shahridagi Prezident maktabi jamoasi nomidan tabriklaymiz!

🌐Maktabimiz ijtimoiy tarmoqda:
telegram | instagram
facebook | you tube
#Dars_jarayoni

📸 Bog'ot tumani ixtisoslashtirilgan maktabining 8-A sinfida fizika fanidan dars mashg'ulotlaridan lavhalar.

🔬O'quvchilar elektr yoritgichli mikroskop yordamida Broun harakatini kuzatishmoqda.

🌐
Telegram | Facebook