XORAZM | Ixtisoslashtirilgan maktablar
1.6K subscribers
19.3K photos
1.27K videos
32 files
5.91K links
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligiga qarashli XORAZM viloyatidagi ixtisoslashtirilgan maktablar telegram sahifasi

facebook.com/ima.xorazm
Download Telegram
#New_Uzbekistan_university

⚡️ Agentligimiz tizimidagi Yangi O‘zbekiston” universiteti talabalari “Seeds for the future” loyihasida g'olib bo'lishdi!

📍Qatar poytaxti Doha shahrida 2–9-sentabr kunlari bo‘lib o‘tgan “Seeds for the future” loyihasida O‘zbekistondan 15 nafar talaba muvaffaqiyatli ishtirok etib, 8 nafari keyingi bosqichga o'tdi.

“Yangi O‘zbekiston” universiteti talabalari Zulfiya Usmonova hamda Otabek Atabayev loyihada g'oliblikni qo'lga kiritib, Tech4Good akseleratsiya dasturidan o‘tish uchun Dubayga jo‘nab ketmoqda.

💫 Talabalarimizga mazkur bosqichda ham omad tilab qolamiz!

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Veb-sayt | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Summativ_baholash

Yangi baholash tizimi bo'yicha Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Urganch shahar 1-sonli ixtisoslashtirilgan maktab-internatining trener o'qituvchilari J.Atamuratov Jaloliddin va G.Rahimovalar tomonidan

Urganch shahri 1-son maktabda tashkil qilingan seminarlardan lavhalar. (07.09.2023)

📎 Bahs -munozara, savol-javoblarga boy bo'lgan treningda yangi baholash tizimi, ana'naviy baholashning imkoniyat va kamchiliklari, formativ va summativ baholash mezonlari oʻqituvchilarga  batafsil tushuntirildi.

🌐 Telegram | Facebook
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🖐Maktab o‘quvchilari va mahalla yoshlari o‘rtasida “Besh tashabbus” olimpiadasining 2-mavsumiga start berilmoqda!

11-sentabrdan (bugundan) boshlab, maktab o‘quvchilari mini futbol, voleybol, shaxmat, shashka, stol tennisi, yengil atletika, quvnoq startlar, “Zakovat” intellektual o‘yini va “Quvnoqlar va zukkolar” tanlov va musobaqalarining ishtirokchilariga aylanadilar.

15-sentabr sanasidan mahalladagi yoshlar shaxmat, milliy kurash, voleybol, gimnastrada sport musobaqalari, “Zakovat” intellektual o‘yini, “Milliy va Zamonaviy cholg‘u ijrochiligi” va “Yosh kitobxon” tanlovlari g‘olib va sovrindorlari bo‘lish imkoniyatini qo‘lga kiritadilar.

Mamlakatimiz yoshlari o‘rtasida o‘tkaziladigan tanlovda siz ham ishtirok etib, tengdoshlaringiz bilan bir safda bo‘ling!

Maʼlumot uchun, bugungi kunga qadar, 5tashabbus.uz sayti orqali Olimpiadaning ikkinchi mavsumidagi tanlov va sport musobaqalarida ishtirok etish uchun jami 6 mlndan ziyod yosh elektron ro‘yxatdan o‘tgan.

#beshtashabbusolimpiadasi #mahallabosqichi

Bizning sahifalarimiz:
🕊@yoshlaragentligi 📱Instagram 📱Facebook 📺YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Ogahiy ijod maktabi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Ogahiy_tavalludining_214_yilligi_oldidan

📆  Buyuk shoir, mohir tarjimon va tarixchi, davlat arbobi, yurtdoshimiz Muhammad Rizo Erniyozbek o'g'li Ogahiy  tavalludining 214 yilligi oldidan bugun, 2023-yilning 11-sentabr kuni Xorazm telekanalining "Assalom, Xorazm" dasturida Ogahiy ijod maktab-internati o'qituvchisi, ogahiyshunos olima Madina Matyoqubova o'zining yaqinda nashrdan chiqqan yangi "Ajab ohangu navolar" kitobi va u orqali yana bir bora Ogahiyning buyuk dahosi haqida so'z yuritadi.

Yangi nashrdan chiqqan kitob taqdimoti kuni kecha Ogahiy nomidagi ijod maktabida ko'tarinki kayfiyatda bo'lib o'tgan edi.

🖥 Marhamat, tomosha qiling.

Kanalga ulanish uchun 👉
https://t.iss.one/Ogahiy_ijod_Maktabi
❗️Давлат органларининг телеграмдаги расмий саҳифаларини кузатиб боринг!

Давлат органлари ва ташкилотларининг Телеграмдаги каналлари рўйхати янгиланди.

🔵 Ушбу Телеграм каналларда давлат органлари фоалиятига оид сўнгги янгиликлар, янги ҳужжатлар, аҳамиятли мавзулар юзасидан экспертлар фикри, муҳокамаларга сабаб бўлаётган мавзуларга оид расмий идоралар позициясидан хабардор бўлиш имконияти мавжуд.

📌 Давлат органларининг расмий каналларининг янгиланган рўйхати билан танишиб, аъзо бўлишни тавсия қиламиз.
#Bizning_shunday_oʻquvchilarimiz_bor
#IELTS_sertifikati

🔰Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi

Ogahiy nomidagi ijod maktabi 11-"A" sinf o'quvchisi Yo'ldoshboyeva Xoljanoy va
Xonqa tuman ixtisoslashtirilgan maktabi 11-sinf o'quvchisi Otaxonov Yahyobek

Ingliz tilini bilish darajasini baholashning IELTS xalqaro sertifikatga ega bo'ldilar.

O'quvchilarimiznig kelgusi o'qish va ishlarida muvaffaqiyatlar tilaymiz!

🌐 Telegram | Facebook
#Summativ_baholash

⚡️Yangibozor tumani ixtisoslashtirilgan maktabi rahbariyati tashabbusi bilan tumanda mavjud 33 ta umumiy o'rta ta'lim muassasalari o'quv ishlari bo'yicha direktor o'rinbosarlari va metod birlashma rahbarlari uchun "Yangi baholash tizimi" bo'yicha seminar-trening bo'lib o'tdi.

📊 Seminar yakunida qatnashuvchilardan baholash tizimi bo'yicha test olindi.

🌐
Telegram | Facebook
#Yangiliklar

“Oʻzbekiston – 2030” strategiyasi qabul qilindi

Prezident Farmoni (PF–158-son, 11.09.2023-y.) bilan “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasi tasdiqlandi hamda uni 2023-yilda oʻzi vaqtida va sifatli amalga oshirish boʻyicha Prezident qarori (PQ–300-son, 11.09.2023-y.) qabul qilindi.

✔️ Farmonga koʻra, “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasi quyidagi 5 ta ustuvor yoʻnalish hamda 100 ta maqsaddan iborat:

har bir insonga oʻz salohiyatini roʻyobga chiqarish uchun munosib sharoitlar yaratish;
barqaror iqtisodiy oʻsish orqali aholi farovonligini taʼminlash;
suv resurslarini tejash va atrof-muhitni muhofaza qilish;
qonun ustuvorligini taʼminlash, xalq xizmatidagi davlat boshqaruvini tashkil etish;
“xavfsiz va tinchliksevar davlat” tamoyiliga asoslangan siyosatni izchil davom ettirish.
"Zamin" fondi tomonidan Ekologik ta’lim fondi (FEE) bilan birgalikda amalga oshirilayotgan "Eco-Schools" xalqaro dasturi "Eco-schools Uzbekistan" a’zoligiga qabul e’lon qiladi.

Ariza berish muddati — 2023 yil 25 sentyabr kunigacha.

Eko-maktab maqomini olish uchun saytdagi hujjatlarni to‘ldirish zarur.

Loyiha hamkorlari — Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi hamda Yoshlar ishlari agentligi.
__

Международная программа Eco-Schools, осуществляемая Фондом Zamin совместно с Фондом экологического образования (FEE), объявляет о наборе в члены-участники Eco-schools Uzbekistan.

Срок подачи заявки до 25 сентября 2023 года.

Для получения статуса эко-школы необходимо заполнить документы на сайте.

Партнёрами проекта выступают МДШО, Министерство молодёжной политики и спорта, Министерство экологии, охраны окружающей среды и изменения климата и Агентство по делам молодёжи.

Zamin | Facebook | Instagram
“O‘ZBEKISTON – 2030” STRATEGIYASIDA MAKTABGACHA VA MAKTAB TA’LIMINI RIVOJLANTIRISHGA DOIR QATOR VAZIFALAR BELGILANDI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi to‘g‘risida“gi Farmoni hamda “O‘zbekiston – 2030” strategiyasini 2023-yilda sifatli va o‘z vaqtida amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori e’lon qilindi.

Mazkur qarorga asosan, 2024-yil 1-yanvardan boshlab:

davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilariga oqsil, vitamin va minerallar bilan boyitilgan sut, yod bilan to‘yintirilgan non mahsulotlari beriladi;

Xorazm viloyatining Qo‘shko‘pir va Xonqa tumanlaridagi barcha boshlang‘ich sinf o‘quvchilari eksperiment tariqasida ta’lim planshetlari bilan ta’minlanadi hamda kelgusida mazkur tajriba respublikamizning barcha hududlarida bosqichma-bosqich joriy etiladi;

banklarning nodavlat umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari faoliyatini yo‘lga qo‘yish uchun milliy valyutada ajratiladigan, qiymati 20 milliard so‘mgacha bo‘lgan kreditlar bo‘yicha, foiz stavkasining Markaziy bank asosiy stavkasidan oshadigan, lekin uning 1,5 baravaridan ko‘p bo‘lmagan qismini qoplash uchun Davlat byudjeti hisobidan kompensatsiya taqdim etish amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi.

⚡️2023/2024-o‘quv yilidan boshlab:

umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining kasb-hunar egasi bo‘lish istagidagi 10-sinf o‘quvchilari uchun tegishli hududlarda talab yuqori bo‘lgan kasb-hunarlarga o‘rgatish kurslari joriy etiladi;

❗️Bunda, dastlabki bosqichda ushbu tartib zarur kadrlar salohiyati va moddiy-texnika bazasiga ega bo‘lgan hamda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan belgilangan umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida joriy etiladi.

Prezident maktablari va ixtisoslashtirilgan maktablar umumiy o‘rta ta’lim muassasalari uchun “tayanch maktab” etib belgilanadi.

👉 Batafsil: https://uzedu.uz/y3/news/1250
#SAT
#Urganch_shahar_1_son_IMI

▪️Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Urganch shahar 1-son ixtisoslashtirilgan  maktab-internatining 11-02 sinf o'quvchilari matematika va ingliz tili fanlari bo'yicha SAT sertifikatini qo'lga kiritdilar va xalqaro oliy ta'lim muassasalariga kirish imkoniyatiga ega bo'lishdi. Ular bilan tanishing 👇

Atadjanov Jasurbek - 1300 ball

Abdaxatov Zafarbek - 1280 ball

Sobirov Sanjarbek - 1280 ball

💫 O'quvchilarimizni yutuq bilan tabriklab, keyingi o'qishlarida muvafaqiyatlar tilaymiz!

🌐
Telegram | Facebook