XORAZM | Ixtisoslashtirilgan maktablar
1.55K subscribers
20K photos
1.35K videos
32 files
6.12K links
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligiga qarashli XORAZM viloyatidagi ixtisoslashtirilgan maktablar telegram sahifasi

facebook.com/ima.xorazm
Download Telegram
#yangi_ixtisoslashtirilgan_maktab

📣 NAVOIY VILOYATIDA YANGI VA ZAMONAVIY TARZDAGI TOMDI IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTAB-INTERNATI BINOSI FOYDALANISHGA TOPSHIRILDI

Tadbirda Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi direktori A.Ubbiyev, Navoiy viloyati hokimi N.Tursunov, “NKMK” AJ Boshqaruvi raisi – Bosh direktori Q.Sanaqulov, nuroniylar, keng jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Tomdi tumanida Navoiy kon-metallurgiya kombinati tomonidan barpo etilgan zamonaviy 504 o‘rinli ixtisoslashtirilgan maktab-internati yettita blok va uch qavatdan iborat bo‘lib, o‘quvchilar taʼlim olishi uchun barcha sharoitlar yaratilgan.

Taʼlim muassasasi zamonaviy o‘quv xonalari va kompyuter jihozlari bilan taʼminlangan. Maktabda har bir fan uchun maxsus o‘quv sharoitlari yaratilgan bo‘lib, sinfxonalari eng zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlangan.

Bu taʼlim dargohiga Zarafshon shahri, Tomdi, Uchquduq tumanlari va Navoiy shahridan 5-11 sinflarga eng bilimli, yuqori intellektual salohiyatga ega o‘g‘il-qizlar test sinovlardan muvaffaqiyatli o‘tib, o‘qishga qabul qilindi. Yangi taʼlim muassasasida ishlash uchun 30 nafar malakali o‘qituvchilar uch bosqichli tanlov asosida ishga qabul qilindi.

Ayni paytda mazkur maktab-internatda 301 nafar oʻquvchi taʼlim-tarbiya olishmoqda.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Direktor lavozimiga ochiq tanlov o‘tkazish tog‘risida tartib talablari quyidagi umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari direktori lavozimlariga tatbiq etilmaydi:

☑️Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablari;

☑️jismoniy, aqliy, sensor yoki ruhiy nuqsonlari bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari;

☑️sanatoriy turidagi ixtisoslashtirilgan davlat ta’lim muassasalari;

☑️ixtisoslashtirilgan maktab-internatlar va ixtisoslashtirilgan maktablar;

☑️alohida sharoitlarda ta’minlash, tarbiyalash va ta’lim berishga muhtoj bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktablar.

TelegramIYoutubeIFacebookInstagramI Web-sayt
Shayxontohur tuman ixtisoslashtirilgan maktabi yangi o‘quv binosiga ega bo‘ldi

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligiga qarashli Shayxontohur tuman ixtisoslashtirilgan maktabi 2023-2024-o‘quv yilini yangi o‘quv binosida boshladi.

✔️Aniq va tabiiy fanlarga ixtisoslashtirilgan hamda 672 o‘ringa mo‘ljallangan ushbu maktabda o‘quvchilarga 65 nafar pedagog tahsil berib kelishmoqda. Yangi binoda 55 ta sinf xonasi mavjud bo‘lib, fizika, kimyo, biologiya fanlariga mo‘ljallangan laboratoriyalar zamonaviy tarzda jihozlangan.

📍O‘quv maskanidagi mavjud 28 ta sinfning 22 tasi aniq (matematika, fizika, ingliz tili) va 6 tasi tabiiy ( kimyo, biologiya va ingliz tili) fanlarga ixtisoslashgan.

⚡️Poytaxtimizning Shayxontohur tumanida joylashgan ushbu ta’lim dargohida xitoy tili ikkinchi xorijiy til sifatida o‘qitiladi.

Maktabning iqtidorli bitiruvchi-o‘quvchilari joriy yilda qator xorijiy va mahalliy oliy o‘quv yurtlariga talabalikka qabul qilindi.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#yangi_ixtisoslashtirilgan_maktab
#Xorazm

🖥 Ixtisoslashririlgan ta'lim muassasalari agentligi tizimida tashkil qilingan Xiva shahar 1-sonli ixtisoslashtirilgan maktab-internatining ochilish marosimi hamda "Birinchi qo'ng'iroq" tadbiridan videolavha

MAKTAB-INTERNAT FAOLIYATIGA OMAD YOR BO‘LSIN!

🌐 Telegram | Facebook