XORAZM | Ixtisoslashtirilgan maktablar
1.58K subscribers
19.4K photos
1.28K videos
32 files
5.93K links
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligiga qarashli XORAZM viloyatidagi ixtisoslashtirilgan maktablar telegram sahifasi

facebook.com/ima.xorazm
Download Telegram
#Summativ_baholash

Yangi baholash tizimi bo'yicha Shovot tuman IMIning trener o'qituvchilari

Shovot tuman 49 -IDUM da(29.08.2023) I.Matmuratov va H.Olimov
Shovot tumani 1-son maktabda (30.08.2023) D.Salayev va M.Qurbanovalar tomonidan seminar treninglar tashkil qilindi.

▪️Seminarlar davomida formativ-summativ baholashning afzalliklari aytilib, baholash mezonlari toliq tushuntirildi. Uztozlar tushunmagan, o'zlarini qiziqtirgan barcha savollariga to'liq javob olishdi. Savollarga tezkor savol-javob qilish uchun maktabning mas'ul o'qituvchilari va trenerlarni birlashtirgan telegram guruhi ochildi.

🌐 Telegram | Facebook
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Bugun

​​Bugun, 2 sentabr – O'zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov xotirasi kuni

Islom Abdug'aniyevich Karimov (1938–2016) – o'zbek xalqining ulug' farzandi, mustaqil O'zbekiston davlati asoschisi, mamlakatni 1989-yildan 2016-yilga qadar boshqargan davlat arbobi, kuchli siyosatchi, millat yetakchisi.

Birinchi Prezident I.A. Karimov 2016-yil 2-sentabr kuni og'ir 78 yoshida vafot etdi.

Islom Karimov xotirasini abadiylashtirish maqsadida Toshkent shahrida sobiq Oqsaroy qarorgohi oldida (2017-yil 31-avgust), Samarqandda (2017-yil 2-sentabr), Qarshida (2018-yil 30-yanvar) hamda Moskvada (2018-yil 18-oktabr) uning  haykallari tantanali ochilgan.

🌐 Telegram | Facebook
#Yangiliklar

O‘zbekistonda 1-sentabrdan
muzey va ziyoratgohlarga kirish 18 yoshga to‘lmaganlar uchun bepul


“Yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini amalga oshirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi prezident farmoniga ko‘ra, bunday imkoniyat bolalar va yoshlarda xalqning boy madaniy merosidan faxrlanish, Vatanga bo‘lgan mehr-muhabbat tuyg‘ularini shakllantirishga oid qoidalarni amalga oshirish maqsadida joriy etilmoqda.

Respublika fuqarosi hisoblangan va 18 yoshgacha bo‘lgan bolalar madaniy meros obyektlariga, jumladan, ko‘rgazmalar, tarixiy obidalar va ziyoratgohlar, shuningdek, davlat muzeylariga to‘lovsiz kirishi mumkin bo‘ladi.

🌐 Telegram | Facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🏢Shovot tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internati yangi o'quv yiliga tayyor.


Biz ijtimoiy tarmoqlarda:

💠Veb-sayt|💠Telegram|💠Facebook|💠Instagram
#Bitiruvchilar_natijalari
#Ixtisoslashtirilgan_maktablar
#XORAZM

XORAZM VILOYATI BO'YICHA AGENTLIK TIZIMIDAGI IXTISOSLASHTIRILGAN TA'LIM MUASSASALARI BITIRUVCHILARI NATIJALARI BILAN TANISHTIRISHDA DAVOM ETAMIZ:

🏢 2022-2023 o‘quv yilida Qo'shko'pir tuman ixtisoslashtirilgan maktabini 18 nafar o'quvchi bitirdi.

Quyida bitiruvchilar qabul qilingan OTM lari bilan tanishing:

📊Davlat-grant asosida: 

1.Yusufova Gulsanam Yunus qizi - Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali;                                                  
2.Bozorboyeva Anaxon Shodlik qizi - Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali; 
3.Matniyazov Xusanbay Bazarbayovich -
Buxoro muhandislik-texnologiya instituti; 
4.Abdusharifova Xulkaroy Dilmurod qizi - Qoraqalpoq davlat universiteti;
5.Shavkatova Sarvinoz Sanjarbek qizi - Urganch davlat universiteti

📊 To'lov-kontrakt asosida:

6.Rajabova Aziza Davlatyor qizi -
Guliston davlat universiteti;
7.Ozadova Sarvinoz Usmanjon qizi -
Urganch davlat universiteti;
8.Matniyazov Azizbek Shuxratboy o'g'li -
Toshkent davlat agrar universiteti;
9.Yo'ldoshev Humoyun Asqarbek o'g'li -
Turon Zarmed universiteti (Nodavlat OTM);
10.Qutlimurodov Norbek Umidbek o'g'li - Turon Zarmed universiteti (Nodavlat OTM);
11.Qo'shnazarova Gulibonu Jamoladdin qizi - Urganch RANCH texnologiya universiteti (Nodavlat OTM);
12.Yaqubova Madina Shokir qizi - Urganch RANCH texnologiya universiteti (Nodavlat OTM);
13.Iskandarova Marvarid Muzaffar qizi - Ma'mun Universiteti (Nodavlat OTM)

⭐️ Talabalik muborak bo'lsin, sizlarga ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz, aziz o'quvchilar!


🌐 Telegram | Facebook
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Yangiliklar

Xivada Etnosport festivali bo'lib o'tadi

O'zbekiston Vazirlar Mahkamasi tomonidan Xiva shahrida xalqaro Etnosport festivalini o'tkazish bo‘yicha tegishli farmon qabul qilindi. Farmonga binoan festival har ikki yilda bir marta o'tkaziladi. Birinchi festival joriy yilning 7-10 sentabr kunlari o'tkazilishi rejalashtirilgan.

✔️ Festival maqsadi – etnosport turlarining tarixi, xalq o’yinlarini mukammal o’rganish, yosh avlodda xalq o’yinlariga bo’lgan muhabbat tuyg’ularini kamol toptirish, ularni mardlik, halollik, milliy va umuminsoniy qadriyatlar, ona Vatanga va ajdodlar merosiga yuksak sadoqat ruhida tarbiyalashdan iborat.

Festivalda xalqaro tanlovlar, pazandachilik bo'yicha ikki bosqichli milliy chempionat, shuningdek, o'zbek, fors, arab va rus tillarida nashr etilgan
adabiyot, rasm va kashtachilik san'ati, kulolchilik va ko'rgazmalari o'tkaziladi.


⚡️Yakuniy marosimda xalqaro musobaqalar g'oliblari va ishtirokchilari medal va diplomlar bilan taqdirlanadilar.

🌐 Telegram | Facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#YANGI_NAFAS

#No_somment

🇺🇿 Xiva shahrida "YANGI NAFAS" ommaviy yugurish marafoni bo‘lib o‘tdi

©️ Xorazm viloyati IIB Axborot xizmati
📣 XUSHXABAR

Ilk bor o‘zbekistonlik o‘quvchilar Xalqaro informatika olimpiadasida g‘alaba qozondi - Terma jamoamiz hisobida 2 ta bronza!

📌 To‘rt nafar iqtidorli o‘quvchimiz Vengriyaning Seged shahrida bo‘lib o‘tgan 35-Xalqaro Informatika Olimpiadasida ishtirok etayotgani haqida avvalroq xabar bergandik.

Olimpiada natijalariga ko’ra O‘zbekiston terma jamoasi tarixda ilk bor eng nufuzli xalqaro informatika olimpiadasida ilk medallarni qo‘lga kiritdi.

✔️ G‘olib o‘quvchilarimiz bilan tanishing:

Dilyorbek Valijonov-Andijon shahridagi Prezident maktabi o‘quvchisi;

Dilshodbek Xo‘jayev -Toshkent shahridagi Ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchisi.

Eslatib o‘tamiz,
O‘zbekiston Prezidentining “Iqtidorli yoshlarni aniqlash va yuqori malakali kadrlar tayyorlashning uzluksiz tizimini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq 🥉 bronza medalini qo‘lga kiritgan o‘quvchilar bazaviy hisoblash miqdorining 200 baravari (66 mln so‘m), ustozi 150 baravar (49,5 mln so‘m) pul mukofotlari bilan taqdirlanadi.

Bundan tashqari, Xalqaro olimpiada g‘oliblari OTMlarga grant asosida o‘qishga qabul qilinib, keyinchalik ta’lim muassasalarida o‘qituvchi bo‘lib faoliyat yuritadigan bo‘lsa lavozim maoshiga har oy 100 foizlik ustama oladi.

Ma’lumot o‘rnida joriy yilda
eng nufuzli 5 ta xalqaro olimpiadada o‘quvchilarimiz 13 ta medalni qo‘lga kiritdilar. Bu mamlakatimiz tarixidagi eng yaxshi ko‘rsatkich.

O‘quvchilarimiz, ularning ustozlari hamda terma jamoamizning har bir a’zosini g‘alaba bilan muborakbod etamiz.


Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Yangi o‘quv yili boshlanishi munosabati bilan Xorazm viloyati IIB YHXB murojaati
________________
Янги ўқув йили бошланиши муносабати билан Хоразм вилояти ИИБ ЙҲХБ мурожаати
🔔Yangi o‘quv yilining birinchi kuni muborak!

OTMga, kollejga, texnikumga, maktabga shoshayotganlar!
Hammaga yangi o‘quv yili muborak bo‘lsin.

Bir yillik imkondan unumli foydalanish, kim qayerda bo‘lishni xohlasa, shunga erishish nasib qilsin.

🌐 Telegram | Facebook
#Ochiq_eshiklar_kuni
#Xiva_shahridagi_Prezident_maktabi

🔰Xiva shahridagi Prezident maktabida 5-sinfga qabul qilingan o'quvchilar, ularning ota-onalari hamda yaqinlari ishtirokida ochiq eshiklar kuni o'tkazildi.

Ochiq eshiklar kunida yangi qabul qilingan o'quvchilar hamda ularning yaqinlariga maktab xodimlari tomonidan maktab bo'ylab sayohat tashkil etildi. Unda maktab hayoti, dars jarayonlari va qo'shimcha mashg'ulotlar, shu bilan birga, tashrif buyuruvchilarning maktab haqidagi qiziqtirgan savollariga ma'lumotlar berib o'tildi.

⬇️Xiva shahridagi Prezident maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari:
telegram | instagram | facebook | you tube
Hurmatli xalq ta’limi tizimi xodimlari!
Aziz o‘quvchilar!


Avvalo, barchangizni yangi o‘quv yili boshlanishi munosabati bilan chin dildan tabriklayman.

So‘zim avvalida shuni aytishni istardim: bilim barcha eshiklarning kaliti, muvaffaqiyatning asosidir. Bugungi kunda yurtimizda ta'limga juda katta e'tibor qaratilmoqda va bularning barchasi barkamol avlodni tarbiyalab, yetishtirishga qaratilgan.

Yangi o‘quv yilida bolajonlarimizni ko'plab yangiliklar, xususan boshlang‘ich sinflar uchun ishlab chiqilgan yangi darsliklar kutib turibdi. Bularning bari, umuman sohada qilinayotgan har bir islohot yurtimiz ertasi bo‘lgan farzandlarimizning iqboli uchun amalga oshirilmoqda.

Zamon shiddat bilan rivojlanib bormoqda va ulkan marralarni zabt etishda maktab ta'limining o‘rni beqiyos. Bunda biz fidoyi va o'z ishining ustasi bo‘lgan ustozlarimizga suyanamiz.

Ta'til kunlarida biz pedagog-kadrlar uchun o'quv-seminarlar tashkil etdik va kasbiy rivojlanish darslarida o’zaro sohadagi yangiliklarni bo'lishishlariga zamin hozirladik. Zero, malakali o'qituvchi sifatli ta'limning boshida turadi.

Qadrli ustozlar,
aziz o’quvchilar!


Yangi o‘quv yilida sizga omad va zafar yor bo‘lishini tilayman.

Fanlarni chuqur o'rganib, yurt koriga yaraydigan farzand bo'lib yetishishingizga tilakdoshman!

Barchangizga muvaffaqiyat yor bo‘lsin!

Hilola Umarova,
Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri