XORAZM | Ixtisoslashtirilgan maktablar
1.56K subscribers
20.2K photos
1.36K videos
32 files
6.17K links
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligiga qarashli XORAZM viloyatidagi ixtisoslashtirilgan maktablar telegram sahifasi

facebook.com/ima.xorazm
Download Telegram
Qorabog‘da Mirzo Ulug‘bek nomidagi maktab ochildi.

Mirzo Ulug‘bek nomidagi 1-sonli maktabda 40 ta sinfxona, 6 ta laboratoriya, 2 ta informatika xonasi, 5 ta funksional o‘quv xonasi, majlislar va sport zallari, oshxona, kutubxona mavjud. Futbol maydoni, dam olish va tadbirlar o‘tkazish uchun joylar, yugurish yo‘laklari tashkil qilingan.

#Mirziyoyev #tashrif #Ozarbayjon #maktab

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#prezident_maktablari
#seminar

⚡️Prezident maktablarining rahbar xodimlari uchun o‘quv-seminari bo’lib o’tmoqda

📆 24-26-avgust kunlari Toshkent shahridagi Prezident maktabida Agentlik tizimidagi barcha Prezident maktablarining ijrochi va akademik direktorlari, maxsus fanlar hamda ma’naviyat ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari uchun o‘quv-seminari o’z ishini boshladi.

Ushbu seminardan ko’zlangan maqsad, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 25-iyundagi 526-son qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash, Prezident maktablari faoliyatini yanada takomillashtirish,  yangi o‘quv yilida o‘quv jarayonlarini sifatli tashkil etish, tayanch o‘quv reja va dasturlar bilan yaqindan tanishtirish, xalqaro CIS (Council of International Schools) akkreditatsiyasidan o‘tkazish jarayonlariga tayyorgarlik ishlarini jadallashtirishdir.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Shavkat Mirziyoyev: Maqsadimiz - har bir yoshga munosib sharoit yaratish

Davlatimiz rahbari Samarqand viloyati Oqdaryo tumanidagi 32-umumta’lim maktabini kirib ko‘rdi.

#Mirziyoyev #safar #Samarqand #maktab

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#qabul_2023

🔔 APELLATSIYA ARIZALARINI KO’RIB CHIQISH KUNLARI TASDIQLANDI

⚡️Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlariga apellatsiya arizalarini qabul qilish 23-avgust kuni soat 19:00 da yakunlandi.

📊 Respublika boʻyicha jami 3 141 ta ariza kelib tushdi va arizalarni koʻrib chiqish kunlari tasdiqlandi.

🗣 Jumladan:
Toshkent shahar – 239 ta, (26-30-avgust);
Qashqadaryo viloyati – 259 ta, (26-30-avgust);
Farg‘ona viloyati – 303 ta, (26-30-avgust);
Surxondaryo viloyati – 209 ta, (26-29-avgust);
Toshkent viloyati – 217 ta, (26-29-avgust);
Navoiy viloyati – 121 ta, (26-28-avgust);
Samarqand viloyati – 309 ta, (26-30-avgust);
Namangan viloyati – 220 ta, (26-29-avgust);
Buxoro viloyati – 139 ta, (26-28-avgust);
Andijon viloyati – 394 ta, (26-30-avgust);
Xorazm viloyati – 246 ta, (26-30-avgust);
Sirdaryo viloyati – 101 ta, (26-27-avgust);
Jizzax viloyati – 133 ta, (26-28-avgust);
Qoraqalpog‘iston Respublikasi – 251 ta, (26-30-avgust).

📞 Agentlik tomonidan murojaatchilarning har biriga telefon orqali apellatsiyaga kelish kunlari maʼlum qilinadi.

❗️Diqqat! Har bir arizachining murojaati belgilangan kunda Apellatsiya komissiyasi tomonidan oʻz hududidagi Prezident maktablarida koʻrib chiqiladi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📣📣 DIQQAT DIQQAT📣📣

“Vatan madhi yangrar tilimda” challenge o‘tkazilmoqda!

▪️Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika “Barkamol avlod” bolalar maktabi tomonidan "YANGI HAYOT UCHUN, YANGI O‘ZBEKISTON UCHUN!" shiori ostida “Vatan madhi yangrar tilimda” challenge tashkil etilmoqda!

💠Challenge "Madaniyat va san'at" yo‘nalishda o‘tkaziladi.

📌Challenge nizomi bilan batafsil quyidagi havola tanishing!

❗️Challenge 29-avgust kuniga qadar o‘tkaziladi.

➡️Challengeda 6 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan respublikamizning barcha o‘quvchi-yoshlari ishtirok etishlari mumkin.

🔉Aziz o‘quvchi-yoshlar challengeda faol ishtirok eting hamda mahoratingizni namoyon qiling!

Barchangizga omad yor bo'lsin!

Bizni kuzatishda davom eting va yaqinlaringizga ulashing!

© Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi Axborot xizmati

Web-site 📱Telegram 📒Facebook 📸Instagram 📹YouTUBE
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM