XORAZM | Ixtisoslashtirilgan maktablar
1.55K subscribers
20K photos
1.33K videos
32 files
6.09K links
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligiga qarashli XORAZM viloyatidagi ixtisoslashtirilgan maktablar telegram sahifasi

facebook.com/ima.xorazm
Download Telegram
#Yangiliklar

"Qovun sayli" festivali ko'tarinki kayfiyatda o'tmoqda

✔️ Festivalning birinchi kunida ochilish marosimi bo'lib o'tdi. Festival doirasida xorijlik hamda mahalliy sayyohlar madaniy chiqishlar, agroturizm namoyishilaridan bahramand bo'lishmoqda.

⚡️ Festival bugun ham davom etadi.
#Faxrimiz
#Tabriklaymiz

YOZGI TA'TIL MAZMUNLI O'TMOQDA

🏢 Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Urganch shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatining o'quvchilari

Arabboyev Boburbek ingliz tili  fanidan respublika bo'yicha o'tkazilgan  WWC 2022 - 5th National Writing World Cup tanlovida qatnashib faxrli 3-o'rinni egallab, Elpcolympiad  sertifikati bilan taqdirlandi.

Gulmirzayev Fazliddin -  Masha'l futbol akademiyasining Xorazmdagi fililali a'zosi - futbol musobaqasining respublika turnirida akademiya  tarbiyalanuvchilari bilan jamoaviy faxrli 2 -o'rinni egallashdi.

O'quvchilarimizni yutuqlar bilan tabriklab,  keyingi o'qishlarida zafarlar tilaymiz.

🌐 Telegram | Facebook
#infografika
#ijod_maktablari

📣 IXTISOSLASHTIRILGAN TA’LIM MUASSASALARI AGENTLIGI TIZIMIDAGI 9 TA IJOD MAKTABIGA 2023-2024-O‘QUV YILI UCHUN KELIB TUSHGAN ARIZALAR TO‘G‘RISIDA INFOGRAFIKA

Ijod maktablariga kirish imtihonlari uch bosqichda o‘tkazildi:

ijodiy matn yaratish;
ijodiy suhbat;
test.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Statistika

Xorazm viloyatida
543 ta umumiy o‘rta ta’lim maktablari,
10 ta ixtisoslashtirilgan maktab-internatlar,
363 ta maktabgacha ta’lim tashkilotlari,
14 ta “Barkamol avlod” bolalar maktablari,
jami 930 ta ta’lim muassasalari faoliyat yuritmoqda.
 
543 ta umumta’lim maktablaridan 343 tasi markazlashgan ichimlik suvi tarmog‘iga ulangan, 169 tasiga 2018-2021-yillar davomida Orolbo‘yi mintaqasini rivojlantirish jamg‘armasi hisobidan suv tozalovchi uskunalar o‘rnatilgan.
36 ta maktabni ulash uchun tegishli tashkilotlarga murojaat qilingan.

✔️10 ta ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlar markazlashgan ichimlik suvi tarmog‘iga ulangan.

363 ta maktabgacha ta’lim tashkilotidan 326 tasi markazlashgan ichimlik suvi tarmog‘iga ulangan, 24 tasiga suv tozalovchi uskunalar o‘rnatilgan, 13 tasini ulash uchun tashkilotlarga murojaat qilingan.

14 ta “Barkamol avlod” bolalar maktabining 13 tasi markazlashgan ichimlik suvi tarmog‘iga ulangan, 1 ta maktabni ulash uchun tashkilotlarga murojaat qilingan.
#Yangiliklar
#melonfestival2023

XORAZMDA ANʼANAVIY QOVUN SAYLI RESPUBLIKA FESTIVALI YAKUNLANDI

🍈 13-avgust kuni Xiva shahrida Anʼanaviy Qovun Sayli Respublika Festivalining taqdirlash va yopilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

💥 Barcha g‘oliblarni taqdirlash marosimidan so‘ng mehmonlar hamda tashrif buyuruvchilarga sahnalashtirilgan chiqishlar va Ozarbayjonlik sanatkorlar hamda O‘zbek estradasining yulduzlari tomonidan gala konsert dasturi namoyish qilindi, bayram salyuti otildi.

🌐 Telegram | Facebook