XORAZM | Ixtisoslashtirilgan maktablar
1.55K subscribers
19.9K photos
1.32K videos
32 files
6.08K links
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligiga qarashli XORAZM viloyatidagi ixtisoslashtirilgan maktablar telegram sahifasi

facebook.com/ima.xorazm
Download Telegram
#imtihon_2023

📣 “YANGI O‘ZBEKISTON” UNIVERSITETIGA KIRISH IMTIHONLARI BO‘LIB O‘TADI

✔️ 5-avgust kuni Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi “Yangi O‘zbekiston” universitetiga 2023/2024-o‘quv yili uchun kirish imtihonlari o'tkaziladi.

Universitetga o‘qishga qabul qilinish uchun ingliz tilidan ham xalqaro til bilish sertifikatga ega bo‘lish talab etiladi. Buning sababi esa universitetda darslar to‘liq ingliz tilida olib boriladi.

📌 Har bir fan bo‘yicha kirish imtihoni test shaklida bo‘lib, 20 ta topshiriqdan iborat. Abituriyentlarga har bir to‘g‘ri javob uchun 5 baldan beriladi. Bunda bir fan kesimida eng ko‘pi bilan 100 ball to‘planishi mumkin.

Har bir fan bo‘yicha belgilangan vazifalarni bajarish uchun 70 daqiqa vaqt ajratiladi.

Ma’lumot uchun,

Universitet qabul nizomiga ko‘ra, o‘qishga hujjat topshirgan talabgorlar xalqaro sertifikatga ega bo‘lgan taqdirda sertifikat baliga ko‘ra tegishli fandan maksimal miqdorgacha ball berilishi va talabgorning xohishiga ko‘ra imtihonlardan ozod etilishi mumkin.

Bu turdagi sertifikatlarga SAT, IB, GCSЕ, IGCSЕ, GCЕ O-Level, GCЕ A-Level va AS-Level dunyoning ko‘plab universitetlari tomonidan tan olinuvchi xalqaro sertifikatlar kiradi.

Shuningdek, xalqaro fan olimpiadalarida oltin, kumush va bronza medaliga ega abituriyentlar ham imtihonlardan ozod etiladi.

📍Ushbu qabul imtihoni yurtimizning jami 14 ta hududida tashkil etilmoqda. Xususan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyat markazlaridagi Prezident maktablarida, Toshkent shahrida esa Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab binosida o‘tkaziladi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
📱Telegram | 📹Youtube | 📒Facebook | 📸Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📣📣 DIQQAT DIQQAT📣📣

“Design award” (Dizayn mukofoti) respublika onlayn ko‘rik-tanlovi o‘tkazilmoqda!

▪️Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika “Barkamol avlod” bolalar maktabi tomonidan “Design award” (Dizayn mukofoti) respublika onlayn ko‘rik-tanlovi tashkil etilmoqda!

Ko‘rik-tanlov quyidagi yo‘nalishlarda o‘tkaziladi:
🔹Yosh dasturchi (python);
🔹Kompyuter dizayn va grafikasi.

🎥Koʻrik-tanlov 31-avgustgacha davom etadi.

📌Ko'rik-tanlov nizomi bilan batafsil quyidagi havola tanishing!

🎗Ko‘rik-tanlov g‘oliblari Respublika “Barkamol avlod” bolalar maktabi tomonidan maxsus diplom va esdalik sovgʻalar bilan taqdirlanadi.

➡️Ko‘rik-tanlovda 10 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan respublikamizning barcha o‘quvchi-yoshlari ishtirok etishlari mumkin.

Ko‘rik-tanlovning asosiy maqsadi ta’til mobaynida o‘quvchilarni bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish hamda ularning to‘garaklarga bo‘lgan qiziqishlarini oshirishdan iborat.

🔉Aziz o‘quvchi-yoshlar!
Ko‘rik-tanlovda faol ishtirok eting hamda mahoratingizni namoyon qiling!


Barchangizga omad yor bo'lsin!

Bizni kuzatishda davom eting va yaqinlaringizga ulashing!

© Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi Axborot xizmati

Web-site 📱Telegram 📒Facebook 📸Instagram 📹YouTUBEe
#Seminar
#Ixtisoslashtirilgan_maktab

 Bugun Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Yangibozor tumani ixtisoslashtirilgan maktabida "Yangi baholash tizimi" mavzusida o‘quv seminari o‘tkazildi.

💠  O‘quv seminarida tumandagi 33 ta ta'lim muassasasi direktorlari, O‘IBDOlari va uslubiy birlashma (aniq fanlar, tabiiy fanlar, ijtimoiy-gumanitar fanlar, xorijiy tillar) rahbarlari qatnashdilar. 

📌 Ushbu seminarni o‘tkazishdan ko‘zlangan maqsad ta'lim muassasalarida 2023-2024-o‘quv yilidan yangi baholash tizimini joriy qilish hamda uni amaliyotga qo‘llash bilan tanishtirish.

🌐 Telegram | Facebook
Forwarded from Xiva shahridagi Prezident maktabi (𝑫𝒊𝒍𝒓𝒂𝒃𝒐 𝑹𝒂𝒙𝒊𝒎𝒐𝒗𝒂 Xiva PM)
#tanlov
#ishga_taklif_etamiz

📣📣📣Xiva shahridagi Prezident maktabi quyidagi mutaxassislarni ishga taklif etadi:

1. Musiqa to‘garagi rahbari;

2. San’at, dizayn va tasviriy san’at to'garagi rahbari
;

3.  Informatika va dasturlash to'garagi rahbari;

4. Robototexnika to'garak rahbari.

📌Tanlovda ishtirok etadigan nomzodlar
oliy ma'lumotli,
3 yillik ish tajribasi,
chet tillarini bilishi,
IT savodxonligi yuqori bo'lishi
zarur.

☎️Qo'shimcha ma'lumotlar uchun
+998997130870
raqamiga murojaat qilishingiz mumkin.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda
Telegram | Instagram
Facebook | You tube
#Bugun

5-avgust - O‘tkir Hoshimov tug‘ilgan kun

✔️Oʻtkir Hoshimov - Oʻzbekiston xalq yozuvchisi

KUN HIKMATI:

Sodda va buyuk

Qadimgi musavvirlar farishtani g’odak qiyofasida tasvirlagani bejiz emas. Bola shu qadar soddaki, biz uning darajasiga tusha olmaymiz. Bola shu qadar buyukki, biz uning darajasiga yetolmaymiz!

© "Daftar hoshiyasidagi bitiklar" O’tkir Hoshimov (1941-2013)
#imtihon_2023

📣YANGI O‘ZBEKISTON” UNIVERSITETIGA KIRISH IMTIHONLARI BOSHLANDI

📍Yangi O‘zbekiston” universitetiga 2023/2024-o‘quv yili uchun kirish imtihonlarida Xorazm viloyatidan ishtirok etuvchi abiturientlar uchun Xiva shahridagi Prezident maktabida imtihon jarayonlari boshlandi.

Ma’lumot uchun,

Universitet qabul nizomiga ko‘ra, o‘qishga hujjat topshirgan talabgorlar xalqaro sertifikatga ega bo‘lgan taqdirda sertifikat baliga ko‘ra tegishli fandan maksimal miqdorgacha ball berilishi va talabgorning xohishiga ko‘ra imtihonlardan ozod etilishi mumkin.

Bu turdagi sertifikatlarga SAT, IB, GCSЕ, IGCSЕ, GCЕ O-Level, GCЕ A-Level va AS-Level dunyoning ko‘plab universitetlari tomonidan tan olinuvchi xalqaro sertifikatlar kiradi.

Shuningdek, xalqaro fan olimpiadalarida oltin, kumush va bronza medaliga ega abituriyentlar ham imtihonlardan ozod etiladi.

🔴 O'n to'rtta hududda o'tkazilayotgan imtihonlarni jonli tarzda kuzatish:https://live.newuu.uz
Forwarded from Xushnudbek.uz
⚡️ Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida “Yosh diplomatlar” yozgi lageriga qabul boshlandi!

Tashrif buyuruvchilar 14-avgustdan 20-avgustgacha universitet talabalar turar joyida istiqomat qilib, talabalar uchun yaratilgan barcha imkoniyatlardan foydalanadilar.

Lager quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
- 7 kunlik yashash va 5 mahal ovqat;
- Intensiv ingliz tili kursi;
- Toshkent shahri bo‘ylab ekskursiya;
- Maxsus darslar;
- Suzish va sport musobaqalari;
- Universitetdan sovg‘alar to‘plami.

Ishtirokchilar yoshi: 12 dan 18 gacha.
Yozgi lager narxi: 2 840 000 so‘m.

🕊 Telegram: @uwed_camp
☎️ Call-markaz:
+998 (93) 505 45 05
+998 (93) 288 09 36
+998 (91) 335 23 75

📎 Batafsil ma’lumot

Sayt | Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Reklama
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Chet tillarini o’rganish uchun yana bir muhim qadam. Endi “Ibrat Academy” ham bor. Video taqdimotni ko’rishingiz va yoshlarga ushbu ma’lumotni tarqatishda yordam bersangiz 👉 https://youtu.be/SgudttNC2bk
#Bizning_shunday_oʼquvchilarimiz_bor
#Ixtisoslashtirilgan_maktablar
#Tabriklaymiz

⚡️Ixtisoslashtirilgan  ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Bog'ot tuman ixtisoslashtirilgan maktabining 11-sinf o'quvchilari ingliz tilini bilish darajasi bo'yicha xalqaro sertifikatlarni qo'lga kiritishdi.

⚡️Shokirov Diyorbek- IELTS - 7 ball
⚡️
Komiljonov Yusufboy - IELTS - 7 ball
⚡️
Fayzullayev Asadbek - IELTS - 6.5 ball
⚡️
Yo'ldoshev  Nodirbek - IELTS - 6.5 ball
⚡️
Yo'ldosheva  Sevinchoy - IELTS - 6 ball
⚡️
Otabekova Zuhra - IELTS - 6 ball
⚡️
Xudoyorova Dilnoza - IELTS - 6 ball
⚡️
Xudaynazarova Dilnura - IELTS - 5.5 ball

Bu sertifikatlar o'quvchilarga nufuzli xalqaro oliygohlar talabasi bo'lish imkoniyatini beradi.

⚡️O'quvchilarimizga ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!

🌐
Telegram | Facebook