XORAZM | Ixtisoslashtirilgan maktablar
1.58K subscribers
19.4K photos
1.28K videos
32 files
5.94K links
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligiga qarashli XORAZM viloyatidagi ixtisoslashtirilgan maktablar telegram sahifasi

facebook.com/ima.xorazm
Download Telegram
#imtihon_natijalari
#birinchi_bosqich
#prezident_maktablari

📢 PREZIDENT MAKTABLARIGA 1-BOSQICH KIRISH IMTIHONLARI NATIJALARINI ANIQLASH BO'YICHA YO'RIQNOMA

🔹Saralash imtihon natijalarini qidirish tartibi
:

Talabgor topshirgan hududi bo‘yicha belgilangan *.pdf faylni oching.
Nomzodning natijasini bilish uchun qidirish tugmasini bosib (Ctrl+F), sizga taqdim etilgan maxsus ID raqamini tering va Enter tugmasini bosing.
Saralash bosqich imtihonlariga o‘tgan nomzodlar – jadvalning yuqori qismida ko‘k rangda belgilangan bo‘ladi.
Saralash bosqich imtihonlariga o‘ta olmagan nomzodlar esa – oq rang bilan belgilangan bo‘ladi.

📌 Shuningdek, imtihon natijalarini quyidagi havola orqali ham bilib olishingiz mumkin: https://www.cambridgeinternational.org/presidential-schools-pre-selection-results-July-2023/

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Tanlov
#Suhbat

 IXTISOSLASHTIRILGAN TA'LIM MUASSASALARI AGENTLIGI tomonidan rahbar xodimlar tanlovining ikkinchi (suhbat) bosqichi ZOOM platformasi orqali (lavozimlar kesimida) o'tkazilmoqda.

◾️ Bugun Xorazm viloyatidagi Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlaridagi bo‘sh (vakant) - Maktab maslahatchisi lavozimiga suhbat jarayonlari bo'lib o'tdi.

🔘 Nomzodlar quyidagi mezonlar asosida baholanmoqda:
Nomzodning boshqaruv sohasiga oid bilim ko‘nikmalari;
Faoliyati davomida ta’limni rivojlantirish yo‘lida amalga oshirgan ishlari;
Xorijiy til bilish darajasi.

✔️ Xorazm viloyati bo'yicha Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlardagi vakant rahbar lavozimlariga suhbat jarayonlari Urganch shahridagi 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatida bo'lib o'tmoqda.

🌐
Telegram | Facebook
#Sirdaryo

Bugun Guliston shahrida Maktablarni isloh qilish bo‘yicha viloyat kengashi yig‘ilishi bo’lib o’tdi.

📍
Unda Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova, Sirdaryo viloyati hokimi Akmaljon Mahmudaliyev, tuman (shahar) hokimlari, vazirlikning viloyat boshqarma va tuman bo‘limi boshliqlari hamda ularning o‘rinbosarlari, maktabgacha ta’lim tashkiloti va maktablar direktorlari ishtirok etishdi.

❗️ Vazir Hilola Umarova tomonidan viloyatdagi ta'lim jarayonlari tahlil qilinib, quyidagi taklif va tashabbuslar ilgari surildi:

✔️Sirdaryo viloyatidagi maktablarda Prezident maktablari tajribasi joriy etiladi.

Bunda Sirdaryodagi 10 ta maktabda o‘quvchilarning qobiliyati va tanlovi asosida (10-sinfda ixtisoslashuv asosida o‘qitish) va yana 11 ta maktabda tajriba-sinov tariqasida Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarning yangicha o‘qitish hamda baholash tizimi asosida darslar yo'lga qo'yiladi.

✔️ Viloyat bo'ylab jami 11 ta maktabda kasb o‘rgatish va ikkinchi xorijiy tillarni o‘qitish jarayonlari joriy etiladi.

Shuningdek, yig‘ilish doirasida:

✔️Sirdaryo tumanidagi “Furqat” va “Farovon” mahallalarida xususiy sektorni jalb qilgan holda maktabgacha ta'lim tashkilotini tashkil etish hamda

✔️maktablarning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va maktabdan tashqari ta’limni sifatli tashkil etish bo'yicha takliflar ilgari surildi.
___________
📈 Ma'lumot o‘rnida, so‘nggi 5 yilda viloyatda 13 ta yangi maktablar barpo etilib, qo‘shimcha 7 ming o‘quvchi o‘rni yaratilgan.

Maktab bitiruvchilarini oliy ta’limga kirish ko‘rsatkichi ham yaxshilanib, 39 foizga yetdi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
📱Telegram | 📹Youtube | 📒Facebook | 📸Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#imtihon_natijalari
#birinchi_bosqich
#prezident_maktablari

❗️ESLATMA

Birinchi bosqich natijasiga ko‘ra, bir xil ball to‘plagan talabgorlar soni belgilangan qabul kvotasidan ortib ketgan taqdirda talabgorga quyidagicha tartibda ustunlik beriladi, ya'ni:

C toifadagi
savollar bo‘yicha yuqori ball to‘plaganlar;
B toifadagi savollar bo‘yicha yuqori ball to‘plaganlar;
A toifadagi savollar bo‘yicha yuqori ball to‘plaganlar;
Tug‘ilgan sanasi bo‘yicha (yoshroq nomzod tanlanadi).

Nomzodlar barcha toifadagi savollar bo‘yicha teng ball to‘plagan taqdirda, nomzodlar tug‘ilgan sanasi bo‘yicha saralanadi, bunda yoshroq nomzodga ustunlik beriladi.

📌 Agarda bu holatda ham tenglik saqlanib qolsa, qabul komissiyasi va ta’lim sohasida xizmat ko‘rsatuvchi ixtisoslashgan xorijiy tashkilot tomonidan qo‘shimcha topshiriqlar beriladi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Hujjatlar qabuli yakunlanishiga uch kun qoldi!

💥 “Yangi O‘zbekiston” universitetiga 2023/2024 o‘quv yili uchun o‘qishga hujjatlar qabuli joriy yilning 28-iyul soat 17:00 ga qadar davom etadi.

O‘zingizning qiziqishingizdan kelib chiqib, quyidagi yo‘nalishlarga hujjat topshirishingiz mumkin:

🔹Kimyo va materialshunoslik muhandisligi
🔹Mexanika muhandisligi
🔹Elektrotexnika va kompyuter muhandisligi
🔹Dasturiy ta’minot muhandisligi
🔹Kiber xavfsizlik
🔹Sun’iy intellekt va robototexnika
🔹Amaliy matematika
🔹Iqtisodiyot va ma’lumotlar tahlili
🔹Pedagogika
🔹Sanoat boshqaruvi

🗓 Imtihon 5- avgust kuni bo'lib o'tadi.

☑️ O‘qishga ariza topshirish uchun siz:

🔗 Mazkur havolaga kirishingiz: https://newuu.uz/uz/admission/form
📝 O‘zingiz haqingizdagi so‘ralgan barcha ma’lumotlarni to‘ldirishingiz kerak bo‘ladi.

📞 Call-markaz: +998712024111
👍 Telegram bot: @newuucontact_bot

🔁 English

#qabul_2023 #admission_2023

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM

#Munosabat

Avval xabar qilganimizdek, “Umumta’lim maktablarida tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirish, tizimli muammolar va ularni bartaraf etish, istiqboldagi rejalarni belgilab olish” mavzusidagi respublika o‘quv-seminari bo‘lib o‘tdi.

Unda viloyatimizdagi barcha tuman va shahar maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limlari boshliqlari ishtirok etib, tajribalarini oshirishdi.

Seminar davomida qanday masalalar muhokama etildi, vazifalar qo‘yildi?

❗️Xorazm viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Sarvar Abdullayev bu haqida ma’lum qildi.

Xorazm viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi matbuot xizmati

Telegram/ Youtube/ Facebook/Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda

Yangiliklar 24 | Xalqaro kimyo olimpiadasi g‘oliblari munosib kutib olindi
#26july #uzbekiston24

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
⚡️Расман: Абитуриент рухсатномасига буюртма қабул қилиш бошланди!

Ўқишга хужжат топширган барча яқинларингизга бу хабарни тарқатиб қўйинг!

🇺🇿 Эндиликда ДТМ (Билим ва малакаларни баҳолаш агентлиги) томонидан тест синовларига рухсатнома бериш бошланмаган бўлсада телеграм-бот орқали олдиндан буюртма беришингиз мумкин. Рухсатнома бериш бошланиши билан бот автоматик равишда рухсатномангизни сизга юборади.

Эслатма: Жорий йилда 1 млн нафарга яқин абитуриентлар рўйхатдан ўтганини ҳисобга олсак, рухсатнома бериш бошланса расмий сайт қотиб қолиши мумкин. Олдиндан берилган буюртма асосида сиз бу муаммони четлаб ўтишингиз мумкин.

Рухсатномага буюртма бериш ва юклаб олиш учун қуйидаги ботлардан фойдаланинг:

👉 @ruxsatnoma2023bot
👉 @ruxsatnoma_2023bot
👉 @ruxsatnoma2023_bot
Forwarded from Xushnudbek.uz
Prezident maktablarida joriy yilda bitta to‘g‘ri javobga necha ball berildi?

Cambridge Assessment kompaniyasi Prizident maktablari uchun imtihonlarni olishidan xabaringiz bor. Kecha 1-bosqich test savollari javobi eʼlon qilindi.

Eng avvalo bir narsani tushunish kerakki, test javoblarini Cambridge Assessment o‘zi hisoblaydi, o‘zi tekshiradi, bu jarayonga O‘zbekistondan hech kim aralasha olmaydi. Bunda sizu biz o‘rganib qolgan DTM testidagi kabi 3,1 yoki 2,1 ball bilan osongina javoblar chiqmaydi.

Bu yerda eng avvalo har bir savolning qiyinlik darajasi aniqlab olinadi. Yaʼni bitta savol 10 mingta o‘quvchiga berilsa, shundan nechta o‘quvchi to‘g‘ri va nechta o‘quvchi noto‘g‘ri javob berganiga qarab savolning qiyinlik darajasi aniqlanadi. Foiz chiqarilayotganda ham shunga qarab ball beriladi.

Jadvalga eʼtiborga bersangiz, ochiq maʼlumotlar asosida 2023-yilgi Prezident maktablari 1-bosqich testida nechta to‘g‘ri javobga necha ball berilganini hisoblab chiqdim.

Bunda muhim joyi smenalarda ballar bir-biridan biroz farq qiladi, chunki har bir smenada bir-birini takrorlamaydigan (!) savollar tushgan. Shuning uchun ham bitta smenadagi o‘quvchi boshqa smenadagi o‘quvchining natijasini aynan takrorlay olmaydi.

Masalan, 1-smenadagi 1-savolga 7 ming o‘quvchi to‘g‘ri javob bergan, 2-smena 1-savolga esa 6 ming 500 o‘quvchi to‘g‘ri javob bergan va h.k.

Xullas, yuqoridagi jadvalga qarab farzandingiz qaysi blokdagi savollarning nechtasiga to‘g‘ri javob berganini bilib olishingiz mumkin.


👉 @xushnudbek 👈