XORAZM | Ixtisoslashtirilgan maktablar
2.59K subscribers
24.1K photos
1.64K videos
35 files
7.25K links
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligiga qarashli XORAZM viloyatidagi ixtisoslashtirilgan maktablar telegram sahifasi

facebook.com/ima.xorazm
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Bugun

27-iyun – Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni!

Televideniye, radio, bosma va elektron nashrlar, ijtimoiy tarmoqlarda faoliyat yuritayotgan barcha jurnalistlarni bugungi kasb bayramlari bilan tabriklaymiz, oilaviy farovonlik va ijodiy yutuqlar tilaymiz!

🌐 Telegram | Facebook
👏3
#qabul_boshlandi
#qabul_2023
#10_iyun_30_iyun

Agentlik tizimidagi maktablarga ariza.piima.uz sayti orqali arizalar kelib tushmoqda.

📆 Ushbu arizalarning 27-iyun soat 11:00 holatidagi statistikasi bilan yuqoridagi infografikada tanishishingiz mumkin.

😀 Mazkur statistika orqali siz maktablar kesimida qancha arizalar kelib tushganligi haqida ma’lumotga ega bo‘lasiz.

🎞 Maktablarga onlayn ariza topshirish bo‘yicha video-qo‘llanma.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍6
#Tabriklaymiz
#tavallud_kun

⚡️Bugun Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassassalari agentligi tizimidagi Bog'ot tuman ixtisoslashtirilgan maktabi direktori Ro'zmetov Dilmurod Adilbekovichning tavallud topgan kuni.

💥Dilmurod Ro'zmetov - masʼuliyati hamda tajribasi bilan o‘rnak bo‘layotgangan yosh va bilimli rahbarlardan biri. Jamoasida chiroyli muhit va o'ziga yarasha yangi yondashuv yaratib, "Kuch-birlikda" ekanligini bardavom yutuqlari bilan isbotlab kelmoqda.

Ustozni bugungi tug'ilgan kuni bilan samimiy muborakbod etamiz! Metinday sog‘lik, oilaviy baxt-saodat va farovon turmush hech qachon tark etmasin! Yoshlar ta'lim-tarbiyasi yo‘lida olib borayotgan sermazmun hamda fidokorona faoliyatida omad va zafarlar doimo yor bo‘lsin!

🌐 Telegram | Facebook
👍13🔥3
Xorazmda gala konsert o'tkaziladi

Bugun Amir Temur nomidagi istirohat bog'ida "Yoshlar oyligi" hamda Madaniyat va san'at haftaligi doirasida gala konsert dasturi bo'lib o'tadi.

Barchani konsertga taklif etamiz!
Kirish mutlaqo bepul.

Telegram | Instagram | YouTube | Facebook
3👍2
26-IYUN___ Музыка
<unknown>
#Xorazm_radiosi

"NAJOT BILIMDA"

26. 06. 2023-y

📻 Eshittirishda Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimida Xorazm viloyatida faoliyati yo'lga qo'yilgan va yangi tashkil etiladigan maktablarga 2023-2024-o'quv yili uchun qabul jarayonlari haqida so'z yuritiladi.

🎙 Suhbatdosh maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig'i o'rinbosari S.Abdullayev.
👍5
O‘zbekiston xalqiga Qurbon hayiti tabrigi

Поздравление народу Узбекистана с праздником Курбан хайит

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
👍1
Forwarded from Hilola Umarova
#Tabriknoma

Hurmatli yurtdoshlar, qadrli ta’lim sohasi fidoyilari!

Avvalo, barchangizni shukronalik, mehr-muruvvat, shodlik va xursandchilik ayyomi – muborak Qurbon hayiti bilan chin qalbimdan muborakbod etaman va sizlarga o‘zimning eng ezgu tilaklarimni bildiraman.

Barchamizga yaxshi ma’lumki, ushbu shukuhli kunlarda har bir vatandoshimiz oila a’zolari va yaqinlariga o‘zining eng ezgu tilaklarini bildirib o‘tadi. Qalbida ezgulik hissi mujassam har bir inson o‘zgalarga yaxshilik ulashishga oshiqadi.

Shu ma’noda Qurbon hayiti bugungi tinch va totuv kunlarimiz qadri, oilalarimiz totuvligi, dasturxonimiz to‘kinligi, turmushimiz farovonligini ko‘proq his qilishga undaydigan fayzli va barakotli ayyomdir.

Aziz vatandoshlar,

Barchangizni yana bir bor Qurbon Hayiti bayrami bilan chin qalbimdan qutlagan holda, sizlarga sihat-salomatlik, oilalaringizga tinchlik-xotirjamlik, baxt-saodat tilayman.

Hilola Umarova,
Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri
👍4
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#tabrik

Hurmatli yurtdoshlar!

Siz azizlarni, butun xalqimizni shukronalik, saxovat va mehr-oqibat ayyomi – muborak Qurbon hayiti bilan chin qalbimizdan samimiy tabriklaymiz.

Oilangizga tinchlik va xotirjamlik, baraka hamda farovonlik tilaymiz.

Duogo‘y nuroniylarimizning mana shunday fazilatli damlarda yurtimiz haqqiga qilgan ezgu niyat va tilaklari ijobat bo‘lsin!

Hurmat bilan,
Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi jamoasi

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
👍2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#yangi_loyiha
#tengdosh_tengdoshga
#geografiya_fani

⚡️ Agentligimiz tizimidagi Mirzo Ulug‘bek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab tomonidan "Tengdosh-tengdoshga" nomli yangi loyiha yo‘lga qo‘yildi.

❗️Mazkur loyiha doirasida maktab o‘quvchilari turli fanlar yuzasidan o‘z tengdoshlariga ma'lumot berib boradilar.

Loyiha maqsadi esa, yozgi ta'tilda o‘quvchilarning mantiqiy, aqliy, ijodiy-tanqidiy, mustaqil fikrlashini shakllantirish bilan birga ularning qobiliyatlarini rivojlantirishdan iboratdir.

📌 Loyihaning ilk sonida Mirzo Ulug‘bek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi o‘quvchisi Abdurahmon Abdurayimov tomonidan Geografiya fanidan qiziqarli ma'lumotlar tayyorlandi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
👍3
#Bugun

29-iyun – Xalqaro baliqchilar kuni

🐟 Baliqchilik insoniyat tarixi davomida oziq-ovqat va savdo uchun muhim faoliyat bo'lib kelgan. Baliqchilar og'ir ob-havo sharoitlarida jasur bo'lib, iste'mol yoki tijorat maqsadlarida baliq ovlash uchun dengizga chiqishadi. Ularning ishi mahalliy iqtisodiyotni qo'llab-quvvatlagan holda global oziq-ovqat ishlab chiqarishga sezilarli hissa qo'shadi.

Xalqaro baliqchilar kuni butun dunyo bo'ylab baliqchilarning mashaqqatli mehnati va qurbonliklarini qadrlash vaqtidir. Bu ularning jamiyatga qo'shgan hissasini ta'kidlaydi va dengiz bo'yidagi jamoalar va butun sayyora farovonligi uchun barqaror baliq ovlash amaliyotining muhimligini ta'kidlaydi.

🌐 Telegram | Facebook
🔥4
#qabul_2023
#10_iyun_30_iyun

Ijod maktablari bitiruvchilari uchun qanday imtiyoz beriladi?

Agentlik tizimidagi ijod maktablarining bitiruvchilari ixtisoslik yo‘nalishidan kelib chiqib, davlat oliy ta'lim tashkilotlarining tilshunoslik, adabiyot, pedagogika, tarjimonlik, jurnalistika sohalari uchun kadrlar tayyorlaydigan bakalavriat ta'lim yo'nalishlariga umumiy belgilangan qabul parametrlaridan tashqari bazaviy to‘lov-kontrakt asosida imtiyozli o‘qishga qabul qilinadi.

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarga ariza.piima.uz sayti orqali o‘qishga hujjat topshirilganda talabgordan so‘raladigan identifikatsiya raqami nima?

Identifikatsiya raqami - Agentlik tizimidagi maktablarga o‘qishga hujjat topshirgan shaxslarning telefoniga sms tarzida yuboriladigan raqam bo‘lib, ushbu raqam orqali nomzod platformaga kira oladi va hujjatlar to‘g‘risida ma'lumotga ega bo‘ladi.

Prezident maktablariga hujjat topshirayotgan talabgorlarning qaysi fanlardan baholari 5 bo‘lishi talab etiladi?

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Prezident maktablariga hujjat topshirayotgan talabgor-o‘quvchining matematika va tabiatshunoslik fanlaridan yillik bahosi 5 ("a'lo") bo‘lishi talab etiladi.

☎️ Call-markaz: 1206

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
👍3
Forwarded from KHISO olimpiada
Bugun marafonning toʻrtinchi kuni!

Bugun
29-iyun kuni soat 10:00 dan 22:00 gacha fizika va informatika fanlaridan khiso.uz onlayn olimpiadalar platformasida bo‘lib o‘tadi.

Marafonning o‘tkazilish va g‘oliblarning aniqlanish tartibi: ➡️ BATAFSIL

🎁 G‘oliblar Respublika ta'lim markazi va KHISO olimpiada maktabi hamkorligida nashr etilgan "Mantiqiy matematika" (1 va 2) kitoblari bilan taqdirlanadi!

Ro‘yxatdan o‘tish: ➡️ @khiso_uz_bot

❗️Olimpiadada ishtirok etish mutlaqo bepul!

❗️Eslatib oʻtamiz, ertaga marafonning soʻnggi kunida matematika fanidan olimpiadalar oʻtkaziladi.

💡Platformadan foydalanish bo‘yicha yo‘riqnoma bilan tanishib chiqishni unutmang.

Telegram kanalga a'zo bo‘ling va olimpiadalardan eng birinchi xabardor bo‘ling: 👉 @khiso
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4
#qabul_boshlandi
#qabul_2023
#10_iyun_30_iyun

⚡️Agentlik tizimidagi maktablarga
ariza.piima.uz sayti orqali arizalar kelib tushmoqda.

📌 Ushbu arizalarning 29-iyun soat 11:00 holatidagi statistikasi bilan yuqoridagi infografikada tanishishingiz mumkin.

🖇 Mazkur statistika orqali siz maktablar kesimida qancha arizalar kelib tushganligi haqida ma’lumotga ega bo‘lasiz.

🎞 Maktablarga onlayn ariza topshirish bo‘yicha video-qo‘llanma.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Abituriyent

Qaysi xalqaro olimpiada g‘oliblari OTMga imtihonsiz qabul qilinadi?

2019-yil 3-maydagi PQ-4306-sonli Prezident qaroriga binoan, quyidagi 5 ta xalqaro olimpiada g‘oliblariga davlat OTMlariga test sinovisiz va qo‘shimcha imtihonsiz qabul qilish imtiyozi beriladi:

1️⃣ Xalqaro matematika olimpiadasi – International Mathematical Olympiad (IMO)
2️⃣ Xalqaro fizika olimpiadasi - International Physics Olympiad (IPhO)
3️⃣ Xalqaro kimyo olimpiadasi - International Chemistry Olympiad (IChO)
4️⃣ Xalqaro biologiya olimpiadasi - International Biology Olympiad (IBO)
5️⃣ Xalqaro informatika olimpiadasi - International Olympiad in Informatics (IOI)

Boshqa olimpiadalar-chi?

Yuqorida sanalgan 5 ta xalqaro olimpiadadan boshqa barchasida g‘olib bo‘lgan o‘quvchilarga test sinovisiz o‘qishga kirish huquqi berilmaydi.

Masalan, asosiy fan olimpiadalarining respublika bosqichida 1, 2 va 3-o‘rinlarni egallagan ishtirokchilarga davlat OTMlariga kirish imtihonlarida mutaxassislik fani bo‘yicha maksimal ball olish huquqini beruvchi va uch yil muddat davomida amal qiluvchi sertifikat taqdim qilinadi.

Boshqacha aytganda, respublika fan olimpiadasida sovrindor bo’lganlarga o’sha fandan maksimal ball beriladi xolos. Masalan, kimyo fanidan respublikada kuchli uchlikka kirsa, kimyo fanidan maksimal beriladi. Agar kimyo 1-mutaxassislik fani bo’lsa, unda 93 ball, agar 2-mutaxassislik fani bo’lsa, unda 63 ball beriladi. Boshqa fanlarini o’zi ishlashi kerak bo’ladi.

Informatika va axborot texnologiyalari fanidan respublika fan olimpiadasida sovrindor bo’lgan o’quvchilarga mutaxassislik fani sifatida matematikadan maksimall ball beriladi.

🌐 Telegram | Facebook
Forwarded from ITSM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🗣So'zning sehrli kuchi, muvaffaqiyatingizni belgilaydi

🎤 Sizning nutqingiz
noqis va zaif bo‘lsa, bilimingiz qanchalik chuqur bo‘lmasin, atrofingizdagilarni ishontirish uchun yetarli bo'lmaydi.

🔖 Aniq va lo'nda hamda yoqimli nutq tuza olish tajribasi va mahorati har bir inson uchun birday zaruriy ehtiyojdir.

📍Siz, 🇺🇿Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligining Maktab.uz saytida taqdim etilayotgan "Notiqlik san'ati" onlayn darslarini o'zlashtirish orqali ravon va go‘zal ifodalarga boy nutqingiz bilan barchani mahliyo etishingiz hamda oson ishontirish mahoratini o'rganishingiz mumkin.

📞 71 2020909
🌐
itsm.uz I 📒Facebook I ✈️Telegram I 📹Instagram I 📹YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#E_lon

🔥 Bugun 20:00da Urganch shahridagi Al-Xorazmiy koʻchasi, Milliy bank oldidagi sayilgohda Qahramon Roʻzmetov ishtirokida konsert dasturi bo'lib o'tadi.

@yoshlaragentligixorazm
👍7
❗️Prezident maktablarida amaliyot o‘tab, dunyo miqyosidagi pedagog bo‘lish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang!

💥 Agentligimiz tizimidagi “Yangi O‘zbekiston” universitetida 2023/2024 o‘quv yili uchun Pedagogika yo‘nalishiga o‘qishga hujjatlar qabuli davom etmoqda!

Ushbu yo‘nalish talabalari Prezident maktablarida faoliyat olib borayotgan salohiyatli xorijiy pedagoglarga biriktirilib, ilg‘or tajribaga ega bo‘lishadi.

🎗Bitiruvchilar STEM fanlaridan pedagog-o‘qituvchi va turli ta'lim beruvchi tashkilotlarda mutaxassis va rahbarlik lavozimlarida ishlashlari mumkin.

☑️ Kvota soni: 50 ta
Grantlar soni:
🔹Eng yuqori bal to‘plagan 5 nafar talabaga 100%;
🔹undan keyingi 5 nafar talabaga 70%;
🔹keyingi 8 nafar talabaga 50% bir yillik grant ajratiladi.

📌 Bundan tashqari, xalqaro matematika olimpiadasi, Prezident maktabi bitiruvchilari, Ixtisoslashtirilgan maktablardan qabul qilingan 5% talabalar hamda Ijtimoiy himoya yagona reestriga kirgan oila a’zolariga 4 yillik 100% grant ajratiladi.

📩 O‘qishga ariza topshirish

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
👍7
#Bugun

30-iyun – Yurtimizda yoshlar kuni

⚡️O‘zbekistonda Yoshlar kuni har yili 30-iyun kuni nishonlanadi. Bu kun mamlakatimizda yoshlarning qo‘shgan hissasi va yutuqlarini e’tirof etishga bag‘ishlangan. Bu O‘zbekiston kelajagini shakllantirishda yoshlar muhim rol o‘ynashini eslatib turadi.

Yoshlar kunida mamlakatimiz bo‘ylab yoshlarni keng jalb etish va ularning imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida turli tadbirlar tashkil etilmoqda. Sport musobaqalari, madaniy chiqishlar, ko‘rgazmalar, seminarlar, amaliy mashg‘ulotlar va konferensiyalar shular jumlasidandir. Maqsad - yoshlarga o'z iste'dodi, mahorati va ijodini namoyish etish uchun platforma yaratishdir.

🎉 Yoshlar kuni bilan barcha yosh avlodni qutlab, ularga mustahkam sog‘lik tilaymiz, bilim olish, kasb-hunar o‘rganish va izlanishdan to‘xtamasliklariga tilakdoshmiz!

Аziz oʼgʼil-qizlar,
Ilm oʼrganishdan, orzular va koʼzlagan maqsadlaringiz sari dadil qadam tashlashdan hech qachon charchamang
.

🌐 Telegram | Facebook
👍2🎉1
#Tabriknoma

Aziz yoshlar!
Qadrli ertamiz egalari!

Sizni 30-iyun Yoshlar kuni bilan samimiy tabriklaymiz.

Siz bizning ertamiz va ishonchimizsiz. Zero, mamlakatimizning porloq kelajagi sizning qo’llaringiz bilan bunyod etiladi.

Oldingizga qo’ygan maqsadlaringizda zafar hamisha hamrohingiz bo’lishini tilaymiz.

Yo'lingiz doimo ochiq, iqbolingiz porloq bo'lsin, aziz yoshlar!

Hurmat bilan,
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi jamoasi

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
📱Telegram | 📹Youtube | 📒Facebook | 📸Instagram
👍3