XORAZM | Ixtisoslashtirilgan maktablar
1.55K subscribers
20K photos
1.32K videos
32 files
6.08K links
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligiga qarashli XORAZM viloyatidagi ixtisoslashtirilgan maktablar telegram sahifasi

facebook.com/ima.xorazm
Download Telegram
#Infografika
#ixtisoslashtirgan_maktablar
#boʻsh_ish_oʻrinlari

❗️Agentlik tizimidagi maktablardagi vakant o‘rinlarga job.piima.uz sayti orqali arizalar kelib tushmoqda.

📆 Ushbu arizalarning 26-iyun holatidagi statistikasi bilan yuqoridagi infografikada tanishishingiz mumkin.

😀 Mazkur statistika orqali siz hududlar kesimida qancha arizalar kelib tushganligi haqida ma’lumotga ega bo‘lasiz.

📈 Ayni damda job.piima.uz sayti orqali arizalar qabuli davom etmoqda.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Veb-sayt | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#qabul_boshlandi
#qabul_2023
#10_iyun_30_iyun

Agentlik tizimidagi maktablarga ariza.piima.uz sayti orqali arizalar kelib tushmoqda.

📆 Ushbu arizalarning 26-iyun soat 11:00 holatidagi statistikasi bilan yuqoridagi infografikada tanishishingiz mumkin.

😀 Mazkur statistika orqali siz maktablar kesimida qancha arizalar kelib tushganligi haqida ma’lumotga ega bo‘lasiz.

🎞 Maktablarga onlayn ariza topshirish bo‘yicha video-qo‘llanma.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Oltin_kumush_medallar
#Tabriklaymiz

⚡️ Hazorasp tuman hokimligi majlislar zalida "Hokim va yoshlar" uchrashuvi doirasida tumandagi umumta'lim maktablarini oltin va kumush medallarga tamomlagan o'quvchilarni taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi.

📝 Ushbu tadbirda Hazorasp tuman ixtisoslashtirilgan maktabi bitiruvchisi

⚡️Sobirova Habiba Nodirbek qizi ham qatnashib, a'lo o'qishi, zukkoligi, bilim va iqtidorga ega bo'lib, maktabni tugatganligi uchun kumush medal bilan taqdirlandi.

🌐 Telegram | Facebook
#Bilasizmi

✔️ Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarda summativ-formativ baholash tizimi yo‘lga qo‘yilgan.

🔍Summativ baholash - ma'lum davrda yoki ma'lum bob yuzasidan berilgan bilimlarning darajasini aniqlashga qaratiladi. Bunda o‘qituvchi muayyan mavzularni qamrab olgan bobni o‘quvchiga yetkazib bergach, o‘quvchilarning ushbu bob yuzasidan olgan bilimlari aniqlanadi.

🔎Formativ baholash -
o‘quvchi dars jarayonida baholanib borilaveradi. Ushbu baholash tizimining asl mohiyati, u o‘quvchi bilimini emas, o‘qituvchi o‘zining darsini baholashi va unga o‘zgartirish, qo‘shimchalar kiritishi maqsadida joriy qilingan.
Xalqaro tajribalardan ma'lumki, formativ baholash rasmiy maqomga ega emas. Unda o‘qituvchi tomonidan o‘quvchiga turli maqtov so‘zlari orqali ruhlantirish beriladi, biroq shu bilan bir qatorda o‘qituvchi o‘quvchining ishtiroki orqali darsni qay darajada yetkazib bera olganini tahlil qiladi. Yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklar e'tiborga olinadi.

🌐 Telegram | Facebook
#Tabrik

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi jamoasi 27-iyun – Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni bilan barcha jurnalistlarni chin qalbdan tabriklaydi.

Sizlarga mustahkam sog‘lik va xonadonlaringizga qut-baraka tilaymiz.

Xalqimizni xolis va haqqoniy axborot bilan ta'minlashdek mas’uliyatli vazifangizda kuch-quvvat yor bo‘lsin!

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Bugun

27-iyun – Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni!

Televideniye, radio, bosma va elektron nashrlar, ijtimoiy tarmoqlarda faoliyat yuritayotgan barcha jurnalistlarni bugungi kasb bayramlari bilan tabriklaymiz, oilaviy farovonlik va ijodiy yutuqlar tilaymiz!

🌐 Telegram | Facebook
#qabul_boshlandi
#qabul_2023
#10_iyun_30_iyun

Agentlik tizimidagi maktablarga ariza.piima.uz sayti orqali arizalar kelib tushmoqda.

📆 Ushbu arizalarning 27-iyun soat 11:00 holatidagi statistikasi bilan yuqoridagi infografikada tanishishingiz mumkin.

😀 Mazkur statistika orqali siz maktablar kesimida qancha arizalar kelib tushganligi haqida ma’lumotga ega bo‘lasiz.

🎞 Maktablarga onlayn ariza topshirish bo‘yicha video-qo‘llanma.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Tabriklaymiz
#tavallud_kun

⚡️Bugun Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassassalari agentligi tizimidagi Bog'ot tuman ixtisoslashtirilgan maktabi direktori Ro'zmetov Dilmurod Adilbekovichning tavallud topgan kuni.

💥Dilmurod Ro'zmetov - masʼuliyati hamda tajribasi bilan o‘rnak bo‘layotgangan yosh va bilimli rahbarlardan biri. Jamoasida chiroyli muhit va o'ziga yarasha yangi yondashuv yaratib, "Kuch-birlikda" ekanligini bardavom yutuqlari bilan isbotlab kelmoqda.

Ustozni bugungi tug'ilgan kuni bilan samimiy muborakbod etamiz! Metinday sog‘lik, oilaviy baxt-saodat va farovon turmush hech qachon tark etmasin! Yoshlar ta'lim-tarbiyasi yo‘lida olib borayotgan sermazmun hamda fidokorona faoliyatida omad va zafarlar doimo yor bo‘lsin!

🌐 Telegram | Facebook
Xorazmda gala konsert o'tkaziladi

Bugun Amir Temur nomidagi istirohat bog'ida "Yoshlar oyligi" hamda Madaniyat va san'at haftaligi doirasida gala konsert dasturi bo'lib o'tadi.

Barchani konsertga taklif etamiz!
Kirish mutlaqo bepul.

Telegram | Instagram | YouTube | Facebook
26-IYUN___ Музыка
<unknown>
#Xorazm_radiosi

"NAJOT BILIMDA"

26. 06. 2023-y

📻 Eshittirishda Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimida Xorazm viloyatida faoliyati yo'lga qo'yilgan va yangi tashkil etiladigan maktablarga 2023-2024-o'quv yili uchun qabul jarayonlari haqida so'z yuritiladi.

🎙 Suhbatdosh maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig'i o'rinbosari S.Abdullayev.
O‘zbekiston xalqiga Qurbon hayiti tabrigi

Поздравление народу Узбекистана с праздником Курбан хайит

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Forwarded from Hilola Umarova
#Tabriknoma

Hurmatli yurtdoshlar, qadrli ta’lim sohasi fidoyilari!

Avvalo, barchangizni shukronalik, mehr-muruvvat, shodlik va xursandchilik ayyomi – muborak Qurbon hayiti bilan chin qalbimdan muborakbod etaman va sizlarga o‘zimning eng ezgu tilaklarimni bildiraman.

Barchamizga yaxshi ma’lumki, ushbu shukuhli kunlarda har bir vatandoshimiz oila a’zolari va yaqinlariga o‘zining eng ezgu tilaklarini bildirib o‘tadi. Qalbida ezgulik hissi mujassam har bir inson o‘zgalarga yaxshilik ulashishga oshiqadi.

Shu ma’noda Qurbon hayiti bugungi tinch va totuv kunlarimiz qadri, oilalarimiz totuvligi, dasturxonimiz to‘kinligi, turmushimiz farovonligini ko‘proq his qilishga undaydigan fayzli va barakotli ayyomdir.

Aziz vatandoshlar,

Barchangizni yana bir bor Qurbon Hayiti bayrami bilan chin qalbimdan qutlagan holda, sizlarga sihat-salomatlik, oilalaringizga tinchlik-xotirjamlik, baxt-saodat tilayman.

Hilola Umarova,
Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#tabrik

Hurmatli yurtdoshlar!

Siz azizlarni, butun xalqimizni shukronalik, saxovat va mehr-oqibat ayyomi – muborak Qurbon hayiti bilan chin qalbimizdan samimiy tabriklaymiz.

Oilangizga tinchlik va xotirjamlik, baraka hamda farovonlik tilaymiz.

Duogo‘y nuroniylarimizning mana shunday fazilatli damlarda yurtimiz haqqiga qilgan ezgu niyat va tilaklari ijobat bo‘lsin!

Hurmat bilan,
Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi jamoasi

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#yangi_loyiha
#tengdosh_tengdoshga
#geografiya_fani

⚡️ Agentligimiz tizimidagi Mirzo Ulug‘bek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab tomonidan "Tengdosh-tengdoshga" nomli yangi loyiha yo‘lga qo‘yildi.

❗️Mazkur loyiha doirasida maktab o‘quvchilari turli fanlar yuzasidan o‘z tengdoshlariga ma'lumot berib boradilar.

Loyiha maqsadi esa, yozgi ta'tilda o‘quvchilarning mantiqiy, aqliy, ijodiy-tanqidiy, mustaqil fikrlashini shakllantirish bilan birga ularning qobiliyatlarini rivojlantirishdan iboratdir.

📌 Loyihaning ilk sonida Mirzo Ulug‘bek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi o‘quvchisi Abdurahmon Abdurayimov tomonidan Geografiya fanidan qiziqarli ma'lumotlar tayyorlandi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Bugun

29-iyun – Xalqaro baliqchilar kuni

🐟 Baliqchilik insoniyat tarixi davomida oziq-ovqat va savdo uchun muhim faoliyat bo'lib kelgan. Baliqchilar og'ir ob-havo sharoitlarida jasur bo'lib, iste'mol yoki tijorat maqsadlarida baliq ovlash uchun dengizga chiqishadi. Ularning ishi mahalliy iqtisodiyotni qo'llab-quvvatlagan holda global oziq-ovqat ishlab chiqarishga sezilarli hissa qo'shadi.

Xalqaro baliqchilar kuni butun dunyo bo'ylab baliqchilarning mashaqqatli mehnati va qurbonliklarini qadrlash vaqtidir. Bu ularning jamiyatga qo'shgan hissasini ta'kidlaydi va dengiz bo'yidagi jamoalar va butun sayyora farovonligi uchun barqaror baliq ovlash amaliyotining muhimligini ta'kidlaydi.

🌐 Telegram | Facebook
#qabul_2023
#10_iyun_30_iyun

Ijod maktablari bitiruvchilari uchun qanday imtiyoz beriladi?

Agentlik tizimidagi ijod maktablarining bitiruvchilari ixtisoslik yo‘nalishidan kelib chiqib, davlat oliy ta'lim tashkilotlarining tilshunoslik, adabiyot, pedagogika, tarjimonlik, jurnalistika sohalari uchun kadrlar tayyorlaydigan bakalavriat ta'lim yo'nalishlariga umumiy belgilangan qabul parametrlaridan tashqari bazaviy to‘lov-kontrakt asosida imtiyozli o‘qishga qabul qilinadi.

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarga ariza.piima.uz sayti orqali o‘qishga hujjat topshirilganda talabgordan so‘raladigan identifikatsiya raqami nima?

Identifikatsiya raqami - Agentlik tizimidagi maktablarga o‘qishga hujjat topshirgan shaxslarning telefoniga sms tarzida yuboriladigan raqam bo‘lib, ushbu raqam orqali nomzod platformaga kira oladi va hujjatlar to‘g‘risida ma'lumotga ega bo‘ladi.

Prezident maktablariga hujjat topshirayotgan talabgorlarning qaysi fanlardan baholari 5 bo‘lishi talab etiladi?

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Prezident maktablariga hujjat topshirayotgan talabgor-o‘quvchining matematika va tabiatshunoslik fanlaridan yillik bahosi 5 ("a'lo") bo‘lishi talab etiladi.

☎️ Call-markaz: 1206

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Forwarded from KHISO| Rasmiy kanal
Bugun marafonning toʻrtinchi kuni!

Bugun
29-iyun kuni soat 10:00 dan 22:00 gacha fizika va informatika fanlaridan khiso.uz onlayn olimpiadalar platformasida bo‘lib o‘tadi.

Marafonning o‘tkazilish va g‘oliblarning aniqlanish tartibi: ➡️ BATAFSIL

🎁 G‘oliblar Respublika ta'lim markazi va KHISO olimpiada maktabi hamkorligida nashr etilgan "Mantiqiy matematika" (1 va 2) kitoblari bilan taqdirlanadi!

Ro‘yxatdan o‘tish: ➡️ @khiso_uz_bot

❗️Olimpiadada ishtirok etish mutlaqo bepul!

❗️Eslatib oʻtamiz, ertaga marafonning soʻnggi kunida matematika fanidan olimpiadalar oʻtkaziladi.

💡Platformadan foydalanish bo‘yicha yo‘riqnoma bilan tanishib chiqishni unutmang.

Telegram kanalga a'zo bo‘ling va olimpiadalardan eng birinchi xabardor bo‘ling: 👉 @khiso
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM