XORAZM | Ixtisoslashtirilgan maktablar
1.59K subscribers
19.4K photos
1.27K videos
32 files
5.92K links
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligiga qarashli XORAZM viloyatidagi ixtisoslashtirilgan maktablar telegram sahifasi

facebook.com/ima.xorazm
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Mutaxassis_fikri
#Summativ_baholash

Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi direktori Dilrabo Davidovaning formativ-summativ baholash tizimi haqidagi fikrlari.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
📱Telegram | 📹Youtube | 📒Facebook | 📸Instagram
#prezident_maktablari
#bitiruvchi_2023

⚡️ Xabar berganimizdek, agentlik tomonidan 20-22-iyun kunlari Prezident maktablarining 326 nafar bitiruvchilari uchun alohida bitiruv tadbirlarini o'tkazish belgilangan.

Bugun, bitiruvchilar uchun o‘zining betakror iste'dodi, yuksak matonati va xalqparvarligi bilan o‘zbek adabiyotida o‘chmas iz qoldirgan, otashin shoir, tarjimon va dramaturg Usmon Nosirning 110 yilligiga bag‘ishlangan "Usmon Nosir" nomli sahna asari namoyish etildi.

📌 Ushbu asar Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika universitetining “MEHR” talabalar teatr studiyasi tomonidan sahnalashtirilgan.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Bugun

21-iyun – Yozgi quyosh turishi kuni

🌏 Shimoliy yarimsharda yilning eng uzun kunini, janubiy yarimsharda esa eng qisqa kunini nishonlash uchun bu kun har yili 21-iyun kuni nishonlanadi.

🌞 Quyosh to'xtashi yiliga ikki marta sodir bo'ladigan astronomik hodisa bo'lib, quyosh osmondagi eng baland yoki eng past nuqtasiga yetgan paytni belgilaydi.

☀️Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi 2019-yilda 21-iyunni Xalqaro Quyoshni nishonlash kuni sifatida belgilab, uning ahamiyatini turli madaniyatlar va anʼanalar oʻrtasidagi birlik va hamkorlik ramzi sifatida eʼtirof etdi.

🌐 Telegram | Facebook
#Oltin_kumush_medallar
#Tabriklaymiz

⚡️ 20-iyun kuni Urganch shahar hokimligi majlislar zalida "Hokim va yoshlar" uchrashuvi doirasida shahardagi umumta'lim maktablarini oltin va kumush medallarga tamomlagan o'quvchilarni taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi.

📝 Ushbu tadbirda Urganch shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab internat bitiruvchilari
⚡️Raxmatullayeva Aziza
⚡️Yusupova Lolaxon
lar ham qatnashib, a'lo o'qishi, zukkoligi, bilim va iqtidorga ega bo'lib, maktabni tugatganligi uchun kumush medal bilan taqdirlandilar.

Bitiruvchilarni tabriklab, keyingi o‘qishlarida ham muvaffaqiyatga erishishlarini tilab qolamiz!

🌐 Telegram | Facebook
#Oltin_kumush_medallar
#Tabriklaymiz

⚡️ 20-iyun kuni Shovot tumani hokimligi majlislar zalida umumiy o'rta taʼlim maktablarini aʼlo baholarga tamomlagan bitiruvchilarga oltin va kumush medallarni topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.

⚡️Shovot tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internatining ham 24 nafar bitiruvchisidan 11 nafari  OLTIN va KUMUSH medaliga sazovor bo'lishdi.

▶️ Shulardan:

🥇9 nafari OLTIN
🥈2 nafari KUMUSH medal sohibi bo'lishdi.


Omad hamisha yor bo‘lsin, aziz bitiruvchilar!

🌐 Telegram | Facebook
#Yangiliklar

❗️YANGI QAROR: Maktablarda maxsus ijtimoiy-emotsional o'quv soatlari joriy etiladi

♻️ Birlamchi bo'g'in tibbiyot muassasalarida 2023 yil yakuniga qadar Jahon sog'liqni saqlash tashkilotining ruhiy holat buzilishlarida yordam ko'rsatish bo'yicha harakatlar dasturi amaliyotga joriy qilinadi.

Unga asosan:

ruhiy holat buzilishini tibbiyotning birlamchi bo'g'inining o'zida erta aniqlash va davolash choralari ko'riladi;

birlamchi bo'g'in tibbiyot muassasalari shifokorlari va boshqa tibbiyot xodimlarining ruhiy holati buzilgan shaxslarni klinik baholash, davolash va kuzatib borish bo'yicha ko'nikmalari rivojlantiriladi va bilimlari oshiriladi.

👩🏻‍🏫 Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi Sog'liqni saqlash vazirligi bilan birgalikda o'quvchilarda o'zini o'zi boshqarish, murakkab hayotiy vaziyatlarni yengib o'tish ko'nikmalarini shakllantirish, depressiya, xavotirli holatlar va suitsidlarning oldini olish bo'yicha maxsus ijtimoiy-emotsional o'quv soatlari yo'lga qo'yiladi.

❗️Social Emotional Learning, SEL umumiy o'rta ta'lim muassasalarida maktab dasturidagi mavjud fanlar va darsdan tashqari jarayonlar doirasida tashkillashtiriladi.

🌐 Telegram | Facebook
#qabul_boshlandi
#qabul_2023
#10_iyun_30_iyun

Agentlik tizimidagi maktablarga ariza.piima.uz sayti orqali arizalar kelib tushmoqda.

📆 Ushbu arizalarning 21-iyun soat 11:00 holatidagi statistikasi bilan yuqoridagi infografikada tanishishingiz mumkin.

😀 Mazkur statistika orqali siz maktablar kesimida qancha arizalar kelib tushganligi haqida ma’lumotga ega bo‘lasiz.

🎞 Maktablarga onlayn ariza topshirish bo‘yicha video-qo‘llanma.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM