XORAZM | Ixtisoslashtirilgan maktablar
2.54K subscribers
24K photos
1.63K videos
33 files
7.2K links
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligiga qarashli XORAZM viloyatidagi ixtisoslashtirilgan maktablar telegram sahifasi

facebook.com/ima.xorazm
Download Telegram
#Kutubxona_faoliyati
#seminar

📚 Bugun Xiva shahridagi Ogahiy nomidagi ijod maktabida viloyatdagi Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligiga qarashli maktab va maktab-internatlarning kutubxona mudirlari ishtirokida seminar o'tkazildi.

✔️ Seminarni Agentlikning o‘quv jarayonini metodik ta'minlash va darsliklarni ishlab chiqish bo‘limi boshlig‘i Sulaymon Nazarov olib bordi.

Yig‘ilish davomida:
maktab kutubxonasida qo‘llaniladigan hujjatlarni yuritish,
o‘quvchilar o‘rtasida badiiy adabiyotlarning targ‘iboti,
darslik va o‘quv qo‘llanmalarni xatlovdan o‘tkazish, 
o‘quvchilarga darsliklarni tarqatish,
elektron adabiyotlardan foydalanish tartibi kabi masalalar muhokama qilindi.


🌐 Telegram | Facebook
👍1
#Bogʼot_IM
#Yangi_baholash_tizimi
#seminar

Bugun Bog'ot tuman ixtisoslashtirilgan maktabi tashabbusi bilan tumandagi yangi baholash tizimiga o'tayotgan umumta'lim maktablari uchun "Mezonlarga asoslangan baholash tizimi" mavzusida seminar-trening tashkillashtirildi. Seminarda maktablar rahbariyati, metod birlashmalar va pedagoglar jamoasi ishtirok etdi.

🎯 Ushbu seminardan ko'zlangan asosiy maqsad yangi baholash tizimiga o'tayotgan maktablarga amaliy ko'mak berishdan iborat.

Ma'lumot uchun, 2024-2025-o'quv yilidan tumandagi 8 ta umumta'lim maktabida yangi baholash tizimi joriy etilmoqda.


🌐
Telegram | Facebook
👍6
#Bogʻot_IM
#Seminar
#2_kun

3-avgust kuni Bog'ot tuman ixtisoslashtirilgan maktabida yangi baholash tizimiga o‘tayotgan 8 ta umumta'lim maktablar uchun seminar treninglarning ikkinchi kuni bo‘lib o‘tdi.

"Mezonlarga asoslangan baholash tizimi" mavzusidagi seminardan ko'zlangan asosiy maqsad yangi baholash tizimiga o'tayotgan maktablarga amaliy ko'mak berishdan iborat.

Seminarda maktablar rahbariyati, metod birlashmalar va pedagoglar jamoasi ishtirok etdi.


🌐 Telegram | Facebook
👍3
#Qoʼshkoʼpir_IM
#Yangi_baholash_tizimi
#seminar

⚡️Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Qo'shko'pir tuman ixtisoslashtirilgan maktabida yangi baholash tizimiga o‘tayotgan 12 ta umumta'lim maktablari uchun seminar trening tashkil qilindi.

"Mezonlarga asoslangan baholash tizimi" mavzusidagi seminardan ko'zlangan asosiy maqsad yangi baholash tizimiga o'tayotgan maktablarga amaliy ko'mak berishdan iborat.

💥Seminarda maktablar o'quv ishlari bo'yicha direktor o'rinbosarlari va ona tili va adabiyot fani o'qituvchilari ishtirok qilishdi.

🌐 Telegram | Facebook
👍4
#Yangiariq_IM_
#Yangi_baholash_tizimi
#seminar

▫️13-avgust kuni Yangiariq tuman ixtisoslashtirilgan maktabi tashabbusi bilan tumandagi yangi baholash tizimiga o'tayotgan umumta'lim maktablari uchun "Mezonlarga asoslangan baholash tizimi" mavzusida
seminar trening  tashkillashtirildi.

Seminarda tumandagi 2023-2024-o'quv yilida yangi baholash tizimiga o'tgan 4- va 29-son maktablari hamda 2024-2025-o'quv yilida yangi baholash tizimiga o'tadigan 6-,11-,12-,16-, 22-, 23-, 28-, 37- va 38-son maktablar rahbariyati va metod birlashma rahbarlari ishtirok etishdi.

🌐 Telegram | Facebook
👍2
#Direktorlar_kengashi
#Seminar_trening

15-avgust kuni Urganch shahridagi 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatida Xorazm viloyati "Direktorlar kengashi" tashabbusi bilan Maktabgacha va maktab ta'lim vazirligi ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimini muvofiqlashtirish bo'limi boshlig'i, respublika "Direktorlar kengashi" koordinatori Xusanov Xasanxon Xusanovich boshchiligida o'quv seminar o'tkazildi.

🔘 Menejerlik sertifikatiga ega, amalda umumiy o'rta ta'lim muassasalarida direktor lavozimida ishlayotgan kadrlar va shu maktablarning ma’naviy-ma’rifiy ishlari bo'yicha direktor o'rinbosarlari hamda o'quv ishlari bo'yicha direktor o'rinbosarlari bilan "Zamonaviy ta'limda zamonaviy direktorlar" mavzusida o'tkazilgan ushbu treningda shaxsiy tartib va intizom, professionallik, vatanparvarlik, milliy zehniyat, ta'lim va tarbiya, xalqaro baholash dasturlari hamda kadrlar salohiyatini rivojlantrish va tizimli ish tashkil qilish mavzulari yuzasidan fikrlar almashildi.

🌐 Telegram | Facebook
👍2👏1
#Urganch_shahar_1_son_IMI
#Yangi_baholash_tizimi
#seminar

Bugun Urganch shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati tashabbusi bilan Urganch shahar va Urganch tumanid
agi yangi baholash tizimiga o'tayotgan umumta'lim maktablari rahbariyati, metod birlashmalar mas'ullari uchun "Mezonlarga asoslangan baholash tizimi" mavzusida seminar trening  tashkillashtirildi.

📍Ma'lumot uchun, 2023-2024-o'quv yilida Urganch shahar va Urganch tumanidan 4 ta umumta'lim maktabida yangi baholash tizimi joriy etilgan edi. Joriy oʻquv yilidan boshlab esa, Urganch shahar va tumanidan yana 18 ta umumta'lim maktabida yangi baholash tizimi joriy qilinadi.


✔️Ushbu maktablarga amaliy yordam berish maqsadida Urganch shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati jamosidan masʼullar biriktirilib, ishchi guruh tuzildi.


🌐 Telegram | Facebook
👍3
#Bogʻot_IM
#Seminar

Singapur xalqaro ta'lim tashkiloti dasturi asosidagi treninglar davom etmoqda

"Maktab ta’limini rivojlantirish umumxalq harakatiga aylanishi zarur"
-Sh.Mirziyoyev

🏛Joriy yilning 21-avgust sanasida Ixtisoslashtirilgan  ta'lim muassasalari agentlik tizimidagi Bog‘ot tuman ixtisoslashtirilgan maktabi da Singapurning xalqaro  ta'lim tashkiloti dasturi  asosida  3-bosqich treninglariga start berildi.

Trening jarayonlariga tumandagi

🔹 48 nafar maktab direktorlari,

🔹49 nafar matematika fani o‘qituvchilari,

🔹149 nafar tabiiy (Science) fan o‘qituvchilari qatnashishmoqda.


🌐 Telegram | Facebook
👍5
#Xonqa_IM
#seminar

Bugun Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Xonqa tuman ixtisoslashtirilgan maktabida ham Singapurning xalqaro ta'lim tashkiloti dasturi asosida 3-bosqich treninglarga start berildi.

▫️Trening jarayonida tumandagi umumta'lim maktablari direktorlari,  matematika hamda tabiiy (sciense) fanlar o‘qituvchilari qatnashmoqdalar.

🌐 Telegram | Facebook
👍3
#seminar
#2_kun

“MUVAFAQQIYATLI ISLOHOTLAR - YUQORI NATIJALAR” MAVZUSIDA
SEMINAR-TRENING

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi
Bog'ot tuman ixtisoslashtirilgan maktabida Singapur davlatining MARSHALL CAVENDISH EDUCATION xalqaro ta'lim tashkiloti bilan hamkorlikda "Muvaffaqiyatli islohotlar - yuqori natijalar" shiori ostida amaliy o‘quv-seminarning tuman bosqichi davom qilmoqda.

▪️ Mazkur o‘quv-seminar 4 kun davom etadi va uning davomida qatnashchilar ta’lim tizimini rivojlantirish, o‘qitish metodologiyalari va boshqaruv jarayonlarini takomillashtirish bo‘yicha xalqaro tajribalar bilan tanishishadi. Ushbu seminarning asosiy maqsadi – tuman darajasidagi ta'lim muassasalarida yuqori natijalarga erishish uchun zarur bo‘lgan bilim va ko‘nikmalarni shakllantirishdir.

🌐 Telegram | Facebook
👍3