XORAZM | Ixtisoslashtirilgan maktablar
1.6K subscribers
19.3K photos
1.27K videos
32 files
5.9K links
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligiga qarashli XORAZM viloyatidagi ixtisoslashtirilgan maktablar telegram sahifasi

facebook.com/ima.xorazm
Download Telegram
#Seminar_trening

KUTUBXONA - NURXONA

🖇 10-iyun kuni Xiva shahridagi Prezident maktabida Trener kutubxonachilar uchun ''Zamonaviy kutubxonachining kasbiy kompetensiyasi'' mavzusida o'quv seminari bo'lib o'tdi.

💠 Ixtisoslashtirilgan maktablarni darsliklar bilan ta'minlash bo'limi boshlig'i S.Nazarov ishtirok qilib yangi o'quv yiliga darslik buyurtmalarini shakllantirish va tarqatish tartibi to'g'risida gapirdi.

📚 Seminarda viloyatimizdagi barcha Ixtisoslashtirilgan maktab kutubxonachilari qatnashib Prezident maktab kutubxonasi faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.

🌐 Telegram | Facebook
#qabul_boshlandi
#qabul_2023
#10_iyun_30_iyun

Agentlik tizimidagi maktablarga ariza.piima.uz sayti orqali arizalar kelib tushmoqda.

📆 Ushbu arizalarning 11-iyun soat 11:00 holatidagi statistikasi bilan yuqoridagi infografikada tanishishingiz mumkin.

😀 Mazkur statistika orqali siz maktablar kesimida qancha arizalar kelib tushganligi haqida ma’lumotga ega bo‘lasiz.

🎞 Maktablarga onlayn ariza topshirish bo‘yicha video-qo‘llanma.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Abu_Rayhon_Beruniy
#Xalqaro_olimpiada

Xiva shahrida o‘tkazilayotgan Abu Rayhon Beruniy nomidagi Xalqaro Kimyo olimpiadasiga qizg‘in tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda.
#qabul_2023
#10_iyun_30_iyun

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimida tashkil etilgan ixtisoslashtirilgan maktablarga olimpiadalarda g‘olib bo‘lgan o‘quvchilar imtihonlarsiz o‘qishga qabul qilinishi aytilgan edi. Ushbu qoidaga muvofiq barcha olimpiadalarda g‘olib bo‘lganlar o‘qishga qabul qilinadimi yoki qandaydir cheklovlar ham mavjudmi?

Ushbu imtiyoz Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlari uchun Agentlik tomonidan tasdiqlangan Xalqaro olimpiadalar, Mintaqaviy olimpiadalar hamda asosiy fan olimpiadalarining matematika, fizika, kimyo, biologiya, hamda informatika va axborot texnologiyalari fanlaridan viloyat bosqichida 1-2-3-o‘rinlarini egallagan o‘quvchilariga tatbiq etiladi.

☎️ Call-markaz: 1206

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Abituriyent
#Foydali

Nodavlat universitetda ham davlat granti asosida o‘qish mumkinmi?

✔️Ha, albatta, mumkin. Faqat sharti: bitirgandan so‘ng ishlab berish kerak bo‘ladi. Talab esa grant olish uchun yuqori ball to'plash kerak.

💲 Davlat har yili xususiy va xorijiy OTMlar va ularning filiallarida o‘qiyotgan talabalar uchun mingta grant o‘rin ajratadi.

Bu o‘rinlar xususiy va xorijiy universitetlar yo‘nalishlari bo‘yicha taqsimlanib, 1-iyulgacha Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi saytida e’lon qilinadi.

📌 Xususiy universitetlar imtihonlari tugagach, eng yuqori ball to‘plab talaba bo‘lganlar orasidan grant olishni istagan shaxslar OTM va vazirlik bilan birgalikda 3 tomonlama shartnoma imzolaydi.

‼️Bu shartnoma asosida ular o‘qishni tugatib o‘z yo‘nalishi bo‘yicha ishlab berish majburiyatini oladi. Ishlash muddati yo‘nalish xususiyatiga qarab turlicha belgilanadi.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
no comment | Abu Rayhon Beruniy nomidagi Xalqaro kimyo olimpiadasi

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
📱Telegram | 📹Youtube | 📒Facebook | 📸Instagram
#qabul_2023
#10_iyun_30_iyun

Ijod maktablari bitiruvchilari uchun qanday imtiyoz beriladi?

Agentlik tizimidagi ijod maktablarining bitiruvchilari ixtisoslik yo‘nalishidan kelib chiqib, davlat oliy ta'lim tashkilotlarining tilshunoslik, adabiyot, pedagogika, tarjimonlik, jurnalistika sohalari uchun kadrlar tayyorlaydigan bakalavriat ta'lim yo'nalishlariga umumiy belgilangan qabul parametrlaridan tashqari bazaviy to‘lov-kontrakt asosida imtiyozli o‘qishga qabul qilinadi.

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarga ariza.piima.uz sayti orqali o‘qishga hujjat topshirilganda talabgordan so‘raladigan identifikatsiya raqami nima?

Identifikatsiya raqami - Agentlik tizimidagi maktablarga o‘qishga hujjat topshirgan shaxslarning telefoniga sms tarzida yuboriladigan raqam bo‘lib, ushbu raqam orqali nomzod platformaga kira oladi va hujjatlar to‘g‘risida ma'lumotga ega bo‘ladi.

Prezident maktablariga hujjat topshirayotgan talabgorlarning qaysi fanlardan baholari 5 bo‘lishi talab etiladi?

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Prezident maktablariga hujjat topshirayotgan talabgor-o‘quvchining matematika va tabiatshunoslik fanlaridan yillik bahosi 5 ("a'lo") bo‘lishi talab etiladi.

☎️ Call-markaz: 1206

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from MTRK ǀ Rasmiy kanal
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Янгиликлар 24 | Абу Райҳон Беруний номидаги халқаро кимё олимпиадаси олдидан
#11june #uzbekiston24

mtrk.uz | Youtube | Facebook | Telegram | uztv.tv | TV-dastur
#Bizning_shunday_oʼquvchilarimiz_bor
#Tabriklaymiz

Yangiariq tuman ixtisoslashtirilgan maktabi 9-sinf o'quvchisi
⭐️ Shonazarova Hulkaroy Bunyodbek qizi "Bobek" umumilliy harakati assotsiatsiya shaklidagi yuridik shaxslar birlashmasi tomonidan Qozogʻistonda Mustaqil davlatlar hamdoʻstligiga aʼzo davlatlar orasida oʻtkazilgan "Eng yaxshi yosh olim-2023" xalqaro tanlovida "HISTORY OF THE STUDY AND SEMANTIC CHARACTERISTICS OF RIDDLES" nomli maqolasi bilan 1-oʻrinni egallab, esdalik nishoni bilan taqdirlandi!

🌐 Telegram | Facebook