XORAZM | Ixtisoslashtirilgan maktablar
1.6K subscribers
19.3K photos
1.27K videos
32 files
5.91K links
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligiga qarashli XORAZM viloyatidagi ixtisoslashtirilgan maktablar telegram sahifasi

facebook.com/ima.xorazm
Download Telegram
#Oromgoh
#Zakovat

"TONG" BOLALAR OROMGOHIDA "ZAKOVAT" O'YINLARI BO'LIB O'TMOQDA

💢 Shovot tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internatida tashkil qilingan oromgohda o'quvchilarning bilimlarini mustahkamlash maqsadida "ZAKOVAT" o'yinlari o'tkazilib kelinmoqda.

Ushbu o'yinda jami 6 ta jamoa "Zakovat","Galaktikos", "Tafakkur", "Everest", "Urfon", "Yuksalish" jamoalari ishtirok etishdi.
Musobaqa natijalariga ko'ra:

🥇1-òrin "Tafakkur" jamoasi
🥈2-òrin "Urfon" jamoasi
🥉3-òrin "Everest" jamoalari g'oliblikni qo'lga kiritdi.

🌐
Telegram | Facebook
#Davlat_imtihoni

🧾 Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligining 2023-yil 7-apreldagi 30-AF-son buyrug'i bilan Agentlik tizimidagi Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarida yakuniy nazorat imtihonlari o‘tkazilmoqda.

Bugun 9-iyun kuni:

▫️ Qo'shko'pir tuman ixtisoslashtirilgan maktabida 9-sinf tabiiy fan yo'nalishi bitiruvchilariga O'zbekiston tarixi fanidan;

▫️ Yangiariq tuman ixtisoslashtirilgan maktabida 9-sinf o'quvchilari uchun rus tili fanidan 11-sinf o'quvchilari uchun Ingliz tili va fizika fanlaridan;

▫️ Xonqa tumani ixtisoslashtirilgan maktabida 11-sinf bitiruvchilariga O'zbekiston tarixi fanidan;

▫️ Yangibozor tumani ixtisoslashtirilgan maktabining 9-sinf o'quvchilari ona tili va adabiyot, O'zbekiston tarixi fanlaridan

bo'lib o'tgan yakuniy davlat attestatsiyasi jarayonlaridan fotosuratlar.

🌐
Telegram | Facebook
#Davlat_imtihoni

◻️ Bog'ot tuman  ixtisoslashtirilgan maktabining 9 "d" sinf  o'quvchilariga ona tili va adabiyoti, 11 -sinf bitiruvchilariga O'zbekiston tarixi fanlaridan;

◻️ Tuproqqal'a  tuman  ixtisoslashtirilgan maktabida 9-A sinf o'quvchilari uchun O'zbekiston tarixi fanidan;

◻️ Hazorasp tuman  ixtisoslashtirilgan maktabida 9-11 -sinf o'quvchilari uchun O'zbekiston tarixi, ona tili va adabiyot fanlaridan;

bo'lib o'tgan yakuniy davlat attestatsiyasi jarayonlaridan lavhalar.

📚O'quvchilarga omad tilaymiz!

🌐
Telegram | Facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_BIZ_HAQIMIZDA

Xorazm teleradiokanali tomonidan namoyish qilinib kelinadigan "Adabiy muhit" ko'rsatuvining navbatdagi soni efirga uzatildi.

🔻Ko‘rsatuvda Ogahiy nomidagi ijod maktabining pedagog-ustozlari, iqtidorli o‘quvchilari ishtirok etgan. Ular tomonidan hozirgi adabiy muhit haqida atroflicha fikr yuritilgan.

Dasturni to‘liq shaklda tomosha qilishingiz mumkin.


🌐 Telegram | Facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Shunchaki

Ta'limdagi muammolar va ularga yechim.
8-sinf o'quvchisi nigohida.
Eshitib ko'ring.

🌐 Telegram | Facebook
#qabul_boshlandi
#qabul_2023
#10_iyun_30_iyun

📢 DIQQAT, E'LON!

❗️ Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi
Prezident maktablariga;
Ijod maktablariga;
Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlariga;
O‘quvchilar bo‘sh o‘rinlariga
hujjatlar qabuli boshlandi.

🎞
Maktablarga onlayn ariza topshirish bo‘yicha video-qo‘llanma.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
10-iyun - O'zbekiston xalq yozuvchisi, O'zbekiston Qahramoni Said Ahmad tug'ilgan kun (1920-2007)

🔹 Said Ahmad (Husanxoʻjayev Saidahmad) 1920-yil 10-iyunda tug‘ilgan.
🔹 “Tortiq”, “Er yurak”, “Fargʻona hikoyalari”, “Choʻl burguti”, “Choʻl oqshomlari”, “Odam va boʻron” kabi hikoyalar toʻplamlari
🔹 “Ufq” trilogiyasi, “Jimjitlik” romani, “Kelinlar qoʻzgʻoloni”, “Kuyov” komediyalari
🔹 “Xandon pista”, “Bir oʻpich bahosi” hajviy toʻplamlari, “Yoʻqotganlarim va topganlarim”, “Qorakoʻz majnun”, “Kiprikda qolgan tong” kitoblari oʻquvchilar mehrini qozongan.
🔹 2007-yil 5-dekabrda 85 yoshida vafot etgan.
🔹 2013-yil 10-iyunda Toshkent shahrida Said Ahmad va rafiqasi shoira Saida Zunnunova xotirasiga bagʻishlangan haykal-kompozitsiya ochildi.

📚Bolalarni kitobga o'rgatish kerak. Toki ular ishchi kuchi bo'lib emas, ongli, katta jamiyatning bilag'on a'zolari bo'lib yetishsinlar. Ularning hozirgi turish-turmushi faqat jismoniy mehnatdan boshqaga yaramaydigan qilib qo'yadi. "Jimjitlik" © Said Ahmad

🌐 Telegram | Facebook
#Yangiliklar

“KELAJAK EGALARI” IQTIDORLI BOLALAR OROMGOHINING OCHILISH MAROSIMI BO‘LIB O‘TDI

✔️Bugun Xorazm viloyati hokimi tashabbusi bilan iqtidorli bolalarni qo‘llab-quvvatlash hamda sog‘lomlashtirish maqsadida Yangibozor tumanida tashkil qilingan “Kelajak egalari” oromgohining ochilish tadbiri o‘tkazildi.

Tadbirda viloyat hokimi o‘rinbosari San’at Salayev, Yangibozor tumani hokimi Ruslan Jumaniyozov, Ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashining Xorazm viloyati bo‘yicha mas’ul tashkilotchisi Muyassar Raximova, viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Xamro Bektemirov va mas'ul vakillar ishtirok qildilar.

▪️Tadbir davomida ishtirokchilar oromgohda bolalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdilar.Mazkur oromgoh 4 navbatda faoliyat yuritishi rejalashtirilgan bo‘lib, 280 nafar bolani qamrab olish rejalashtirilgan.

🌐 Telegram | Facebook