XORAZM | Ixtisoslashtirilgan maktablar
1.6K subscribers
19.3K photos
1.27K videos
32 files
5.91K links
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligiga qarashli XORAZM viloyatidagi ixtisoslashtirilgan maktablar telegram sahifasi

facebook.com/ima.xorazm
Download Telegram
#qabul_2023
#matbuot_anjumani

⚡️Bugun, 9-iyun kuni Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida “Prezident, Ijod, Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlariga qabul, hujjatlar topshirish jarayonlari” yuzasidan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Matbuot anjumanida Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktori Alisher Ubbiyev, Maktablar faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i Sevara Shakirova, Maktablarga o‘quvchilar qabulini tashkil etish va ular bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i Inom Xujamov hamda yo'nalishlar bo'yicha mutaxassislar ishtirok etdi.

Mazkur matbuot anjumanida:
🔹 Prezident, ijod hamda ixtisoslashtirilgan maktab va maktab internatlariga 2023-2024-o'quv yiliga hujjatlar qabuli;
🔹 Yangi o'quv yiliga tayyorgarliklar;
🔹 Talabgorlarning hujjatlaridagi o'zgarishlar;
🔹 Call-markaz faoliyati;
🔹 Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan maktab va maktab internatlarining bo‘sh o‘rinlarini o‘quvchilar bilan to‘ldirish kabi savollarga batafsil javob berildi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Oromgoh
#Zakovat

"TONG" BOLALAR OROMGOHIDA "ZAKOVAT" O'YINLARI BO'LIB O'TMOQDA

💢 Shovot tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internatida tashkil qilingan oromgohda o'quvchilarning bilimlarini mustahkamlash maqsadida "ZAKOVAT" o'yinlari o'tkazilib kelinmoqda.

Ushbu o'yinda jami 6 ta jamoa "Zakovat","Galaktikos", "Tafakkur", "Everest", "Urfon", "Yuksalish" jamoalari ishtirok etishdi.
Musobaqa natijalariga ko'ra:

🥇1-òrin "Tafakkur" jamoasi
🥈2-òrin "Urfon" jamoasi
🥉3-òrin "Everest" jamoalari g'oliblikni qo'lga kiritdi.

🌐
Telegram | Facebook
#Davlat_imtihoni

🧾 Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligining 2023-yil 7-apreldagi 30-AF-son buyrug'i bilan Agentlik tizimidagi Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarida yakuniy nazorat imtihonlari o‘tkazilmoqda.

Bugun 9-iyun kuni:

▫️ Qo'shko'pir tuman ixtisoslashtirilgan maktabida 9-sinf tabiiy fan yo'nalishi bitiruvchilariga O'zbekiston tarixi fanidan;

▫️ Yangiariq tuman ixtisoslashtirilgan maktabida 9-sinf o'quvchilari uchun rus tili fanidan 11-sinf o'quvchilari uchun Ingliz tili va fizika fanlaridan;

▫️ Xonqa tumani ixtisoslashtirilgan maktabida 11-sinf bitiruvchilariga O'zbekiston tarixi fanidan;

▫️ Yangibozor tumani ixtisoslashtirilgan maktabining 9-sinf o'quvchilari ona tili va adabiyot, O'zbekiston tarixi fanlaridan

bo'lib o'tgan yakuniy davlat attestatsiyasi jarayonlaridan fotosuratlar.

🌐
Telegram | Facebook
#Davlat_imtihoni

◻️ Bog'ot tuman  ixtisoslashtirilgan maktabining 9 "d" sinf  o'quvchilariga ona tili va adabiyoti, 11 -sinf bitiruvchilariga O'zbekiston tarixi fanlaridan;

◻️ Tuproqqal'a  tuman  ixtisoslashtirilgan maktabida 9-A sinf o'quvchilari uchun O'zbekiston tarixi fanidan;

◻️ Hazorasp tuman  ixtisoslashtirilgan maktabida 9-11 -sinf o'quvchilari uchun O'zbekiston tarixi, ona tili va adabiyot fanlaridan;

bo'lib o'tgan yakuniy davlat attestatsiyasi jarayonlaridan lavhalar.

📚O'quvchilarga omad tilaymiz!

🌐
Telegram | Facebook