XORAZM | Ixtisoslashtirilgan maktablar
2.59K subscribers
24.1K photos
1.64K videos
36 files
7.26K links
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligiga qarashli XORAZM viloyatidagi ixtisoslashtirilgan maktablar telegram sahifasi

facebook.com/ima.xorazm
Download Telegram
#Ixtisoslashtirilgan_maktablar
#qabul_2023
#10_iyun_30_iyun

❗️Yangi tashkil etilgan 166 ta Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlariga kvota doirasida aniq fanlar yo'nalishi bo'yicha 5-sinfga, tabiiy fanlar yo'nalishi bo'yicha 7-sinfga qabul qilinadi.

🗂
Quyidagi hujjatlar topshiriladi:

🔹Hujjatlar ONLAYN shaklda ariza.piima.uz sayti orqali qabul qilinadi.

tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomasi;
fotosurati (oxirgi 2 oyda olingan);
baholar tabeli nusxasi (direktor tomonidan tasdiqlangan);
ota-onasi yoki uning o‘rnini bosuvchi shaxsning pasport ma’lumotlari va telefon raqamlari (doimiy ishlab turgan telefon raqamlari) aniq va bexato kiritilishi lozim.

🔹 Imtihon bosqichlari.

Aniq fanlar yo'nalishi uchun:
-matematika fanidan (30 ta topshiriq)
-ingliz tili fanidan (15 ta topshiriq)

Tabiiy fanlar yo'nalishi uchun:
-tabiiy (sceince) fanlaridan 30 ta topshiriq (test shaklida)
-ingliz tili fanidan 15 ta topshiriq (test shaklida)

🔹 Imtihon natijalari Agentlikning rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
👍2
Forwarded from UMID OLLAMOV
🟥🟥🟥

🇺🇿 Viloyat hokimi olimpiadasining navbatdagi bosqichi 9️⃣-iyun kuni Xonqa tumanida o‘tkaziladi.

Olimpiada quyidagi fanlardan bo'lib o'tadi:
-matematika fanidan (5-6-sinf va 7-8-sinflar uchun)
⚙️ -fizika fanidan (7-8 sinflar uchun).

📢 Olimpiadada jami 300 nafarga yaqin o‘quvchilar bilimlar jangida kurash olib borishadi.

G‘olib o‘quvchilar diplom hamda mos ravishda bir martalik
🥇1-o'rin 5 million,
🥈2-o'rin 4 million,
🥉3-o'rin 3 million so‘m pul mablag‘lari bilan taqdirlanadi.

🏫 Olimpiada Xonqa tumanidagi 35-sonli umumiy o'rta ta'lim maktabida bo‘lib o‘tadi.

📍 ➡️ MAKTAB LOKATSIYASI

Olimpiada 2023-yil yil davomida viloyatning barcha tuman va shahar hokimliklari homiyligida har oyda muntazam ravishda viloyat miqiyosida o‘tkazilib boriladi.

✔️ Yil yakunida esa "Viloyat hokimi kubogi" o‘tkaziladi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍7
#eslatma

📣 Agentligimiz tizimidagi Prezident maktablariga kirish uchun tayyorlaydigan rasmiy o‘quv kurslari mavjud emas!

❗️Ijtimoiy tarmoqlarda “Prezident maktablariga tayyorlaymiz”, “Prezident maktablariga kirish uchun oraliq “repetitsion” test sinovlari” qabilidagi e’lonlar asosida “Prezident maktablari” brendi ostida mo‘maygina daromad orttirayotgan tayyorlov kurslarining e’lonlari juda ko‘p uchramoqda. Bunday yolg‘on xabarlarga ishonmasligingizni so‘raymiz.

Eslatib o‘tamiz, Prezident maktablariga o‘quvchilar Cambridge Assessment International Education tashkiloti tomonidan taqdim etiladigan testlar asosida shaffof tarzdagi imtihonlar orqali tanlab olinadi. Yuqorida ta’kidlangan tayyorlov kurslarida aniq qo‘llanmalar mavjud emas.

Shuningdek, ijtimoiy tarmoqlarda Prezident maktablari nomidan faoliyat yuritib kelayotgan turli kanal va sahifalar ko‘p uchramoqda. Bu kabi telegram kanallarining Prezident maktablariga hech qanday aloqasi yo‘q.

📌 Prezident maktablariga qabul bo‘yicha barcha tasdiqlangan ma’lumotlar Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligining rasmiy kanallari orqali berib boriladi.

🔹 Siz qabul jarayonlari, kvotalar, imtihonlar va boshqa ma’lumotlarni aynan shu sahifalar orqali kuzatib borishingiz mumkin.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Davlat_imtihoni

IMTIHONLAR DAVOM ETMOQDA

Bugun, 5-uyun kuni:

Yangiariq tuman ixtisoslashtirilgan maktabi 9-sinflarda ona tili va adabiyot hamda O'zbekiston tarixi fanidan, 11-sinf o'quvchilari uchun kimyo fanidan;

Qo'shko'pir tuman ixtisoslashtirilgan maktabi 9-sinflarda ona tili va adabiyot fanidan;

Hazorasp tuman  ixtisoslashtirilgan maktabida 9-11 -sinf o'quvchilari uchun ingliz tili, ona tili va adabiyot fanlaridan;

Xiva shahar 2-son ixtisoslashtirilgan maktabida 9-sinf o'quvchilari uchun tarix fanidan yakuniy davlat attestatsiyasi imtihonlari bo'lib o'tdi.

🌐
Telegram | Facebook
#Davlat_imtihoni

IMTIHONLAR DAVOM ETMOQDA

Bugun:

Yangibozor ixtisoslashtirilgan maktabining 9-sinflariga ona tili va adabiyot, ingliz tili fanlaridan;

Bog'ot tuman  ixtisoslashtirilgan maktabining aniq fanlarga ixtisoslashtirilgan  9-sinf o'quvchilariga tarix fanidan;

Tuproqqal'a tumani ixtisoslashtirilgan maktabida 11-sinf o‘quvchilari ingliz tili fanidan;

Shovot tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internatida 9-sinf o'quvchilari fizika fanidan, 11-sinf o'quvchilari O'zbekiston tarix fanidan yakuniy davlat attestatsiyasi topshirdilar.

🔍 Jarayonlar maktab rahbariyati tomonidan nazorat qilib borildi.

🌐
Telegram | Facebook
XORAZM | Ixtisoslashtirilgan maktablar
Photo
#Foydali

✔️ Bugungi kunda Xorazm viloyatida Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligiga qarashli Prezident maktabi, Ogahiy nomidagi ijod maktabi va 10 ta ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlari mavjud bo'lib, ushbu muassasalar faoliyati bilan tanishtiramiz.

1. Xiva shahridagi Prezident maktabi - 2019-yilda tashkil topgan.
Telegram -
https://t.iss.one/PSinKhiva

🔺2023/2024-o'quv yiliga Prezident maktablariga qabul bo'yicha batafsil


2.
Ogahiy nomidagi ijod maktab-internati - 2019-yilda tashkil topgan.
Telegram -
https://t.iss.one/Ogahiy_ijod_Maktabi

🔺
2022/2023-o'quv yiliga Ijod maktablariga qabul jarayonlari bo'yicha batafsil


10
ta Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari esa 2022-yil sentabrdan o'z faoliyatlarini boshladilar:

1. Shovot tumani ixtisoslashtirilgan maktab-internati (aniq fanlar yo‘nalishi mavjud)
Telegram - https://t.iss.one/shovotPIIMAschool

2. Yangibozor tumani ixtisoslashtirilgan maktabi - (aniq fanlar va tabiiy fanlar yo‘nalishlari mavjud)
Telegram - https://t.iss.one/yangib_ixtisosl

3. Yangiariq tumani ixtisoslashtirilgan maktabi - (aniq fanlar yo‘nalishi mavjud)
Telegram - https://t.iss.one/SpecializedschoolinYangiarik

4. Hazorasp tumani ixtisoslashtirilgan maktabi - (aniq fanlar va tabiiy fanlar yo‘nalishlari mavjud)
Telegram - https://t.iss.one/HazoraspIMA

5. Xiva shahar 2-son ixtisoslashtirilgan maktab - (aniq fanlar yo‘nalishi mavjud)
Telegram - https://t.iss.one/Xiva_shahar_2_IM_matbuot_xizmati

6. Tuproqqal'a tumani ixtisoslashtirilgan maktabi - (aniq fanlar va tabiiy fanlar yo‘nalishlari mavjud)
Telegram - https://t.iss.one/T2022PIMA

7. Xonqa tumani ixtisoslashtirilgan maktabi - (aniq fanlar va tabiiy fanlar yo‘nalishlari mavjud)
Telegram - https://t.iss.one/SSinKhanka

8. Qo'shko'pir tumani ixtisoslashtirilgan maktabi - (aniq fanlar va tabiiy fanlar yo‘nalishlari mavjud)
Telegram - https://t.iss.one/qushkupirPIIMAschool

9. Bog'ot tumani ixtisoslashtirilgan maktabi - (aniq fanlar va tabiiy fanlar yo‘nalishlari mavjud)
Telegram - https://t.iss.one/BagatPSchool

10. Urganch shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati - (aniq fanlar va tabiiy fanlar yo‘nalishlari mavjud)
Telegram - https://t.iss.one/Urganch_IMI

🔺 2023/2024-o'quv yiliga Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlariga qabul bo'yicha batafsil


🔜 Ma'lumot uchun, 2023-2024-o'quv yilidan Agentlik tasarrufida yana bir ta'lim muassasasi -
Xiva shahridagi 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati (aniq va tabiiy fanlar) ham o'z faoliyatini boshlashi kutilmoqda, ushbu maktab-internat sobiq Xiva shahar Bolalar shaharchasi o'rnida tashkil qilinishi rejalashtirilgan.

⚡️⚡️⚡️⚡️
👍5